44
Xulosa
Bizning tadqiqotimiz rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalashda
va rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligining samarali shakl va
metodlarini tadqiq etishga bag‗ishlangan edi.
Tadqiqot
jarayonida
biz
mavzuga
doir
adabiyotlarni
о‗rgandik.
Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolaning shakllanishi maktab va oilaning о‗zaro
hamkorligining samarali shakl va metodlari qо‗llanilganda
muvaffaqiyatli
kechishini adabiyotlarda keng yoritilganligini kо‗rib chiqdik.
Ota-onalarning farzandlariga bо‗lgan munosabatlari turlicha bо‗lib
maxsus muassasalar mutaxassislari ular bilan hamkorlik qilishlarida ana shu
holatni ham e‘tiborga olishlari zarur. Biz mavzuga oid adabiyetlarni о‗rganish
orqali maxsus muassasaning ota-onalar bilan ishlash yо‗nalishlari, metodlarini
aniqladik.
Ota – onalar bilan ishlash maxsus muassasa
defektologining ish
faoliyatida alohida bо‗lim hisoblanib, uning muvaffaqiyatli bо‗lishi defektolog
mutaxassisning ishlash yо‗lini tо‗g‗ri tanlishi va ota-onalarning faolligiga bog‗liq
bо‗ladi.
Maxsus muassasaning mutaxassislarini ota-onalar
bilan hamkorligini
yо‗lga qо‗yilishi rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalar bilan olib boriladigan
korreksion-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ishlarning samarali bо‗lishiga yaqindan
yordam beradi. Ota –otalarning rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan
farzandlarini
tarbiyalashlarida ularning ma‘lumotlarini kengaytiradi. Ana shularni e‘tiborga
olgan holda imkoniyati cheklangan bolalar ta‘limida oila va maxsus muassasaning
hamkorlik ishlarini faollashtirish, ota –onalarni ta‘lim jarayenini kuzatuvchisi
emas, balki faol ishtirokchisiga aylantirish
muhim ahamiyat kasb etadi, bolalarni
tarbiyalashda, о‗qitishda yagona talabni yuzaga keltirish imkonini beradi.