42
beradigan pedagogik topshiriqlarni bajarish maqsadga muvofiq bо‗ladi.
Tinglovchilarni muloqot bо‗yicha sheriklari sifatida qabul qilish zarur. Matnni esa
о‗qib bermasdan, sо‗zlab bergan ma‘qul.
Ma‘ruzalar mavzusi ota-onalarning pedagogik bilimlarga bо‗lgan ehtiyojlari
asosida, ota-onalar majlislarida, suhbatlarda va maslahatlarda
yuzaga keladigan
masalalar bо‗yicha aniqlashtiriladi, qо‗shimchalar kiritiladi.
Materialni bayon qilishda amaliyotdan, pedagogik vaziyatlardan turli-tuman
misollar keltirish, nazariy materialni amaliy materiallar bilan bog‗lashga e‘tibor
beriladi.
Psixologik-pedagogik praktikum ma‘ruzadan sо‗ng qо‗llanilishi mumkin.
Pedgogik ta‘lim jarayonida barcha ota-onalarning ehtiyojlari qondirilmasligi
mumkin. Shu sababli ota-onalarni tashvishlantirayotgan masalalar bо‗yicha
individual ish olib borish, ularga malakali maslahatlar berish kerak.
Ota-onalar bilan individual ish olib borishning asosiy shakli- pedagogik
maslahatdir.
Uning qimmati shundan iboratki, maslahatga ota-onalar о‗zlarining
istaklari, tashabbuslari bilan keladilar, ularni tashvishlantirayotgan masalalarni
muhokama qilishga tayyor bо‗ladilar. Maslahatlar
vaqtidagi tabiiy vaziyat
pedagog va ota-onalar о‗rtasidagi psixologik tо‗siqni bо‗lmasligiga olib keladi.
Og‗zaki maslahatlarni maxsus belgilangan kunda о‗tkazish mumkin.
Maslahatlar kunini belgilashda albatta ota-onalar bilan kelishilishi lozim, chunki
kо‗p ota-onalarning vaqti tо‗g‗ri kelmasligi mumkin.
Ota-onalar bilan ndividual ish jamoali mashg‗ulotlarni tо‗ldiradi,
oilaning
pedagogik madaniyatini oshishiga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan ish shakllari ota-onalaga farzandlarini tarbiyalashdagi
tipik xatolarni oldini olishga yordam beradi, ularni tarbiyaning tо‗g‗ri
metodlari
bilan qurollantiradi.
Yuqorida kо‗rib chiqilgan metodlar, ularni kompleks ravishda har bir
mashg‗ulotda qо‗llash
ota-onalarning faollashuviga, ularda о‗zining tarbiyaviy
faoliyatiga tanqidiy qarashga, olingan nazariy bilimlarini amalda qо‗llashlariga
43
imkon yaratadi. Shunday qilib, egallangan pedagogik bilimlar ota-onalarning bola
bilan uy sharoitida shug‗ullanishlarida yordam beradi.
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, maxsus ta‘lim muassasasi sharoitida
ota-onalar va pedagoglarning ishi yorqin ifodalangan hmkorlik xarakteriga egadir,
bunga sabab ota-onalar va maktabning о‗zaro munosabatlarining mazmuni va
shakllari о‗zgaradi.
Dostları ilə paylaş: