4
О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonuni
2
talablari asosida
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim —tarbiya berishning asosiy maqsadi - yosh
avlodni milliy mafkurasi asosida sog‗lom har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida
tarbiyalash va maktab ta‘limiga tayyorlashdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish
uchun maktabgacha yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan xam turli ishlar
amalga oshirilmoqda. Ularning bilish faoliyatidagi nuqsonlarini bartaraf etish
ishlari korreksion ishlar tizimi asosida amalga oshirilishi lozimligi barcha maxsus
adabiyotlarda ta‘kidlab о‗tilgan. Bu о‗rinda maktabgacha ma‘lim
muassasasining
rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani, xususan aqli zaif bolani tarbiyalashda
uning oilasi bilan hamkorligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Defektolog
rivojlanishida
nuqsoni
bо‗lgan bolani faqatgina maxsus muassasada
tarbiyalashnigina amalga oshirmasdan, balki uning oilasi bilan ham ish olib borishi
zarur. Defektolog bolaning oilasiga psixologik, bolani tarbiyalashning tashkil etish
yо‗llari, usullarini kо‗rsatib borishi lozim. Aqli zaif bola bilan ishlashga jalb
etilgan mutaxassis bolaga yaqindan yordam berish uchun uning oilaviy sharoiti
xususiyatlarini tushunishi muhim.
Sо‗nggi yillarda imkoniyati cheklangan
bolalarning ijtimoiylashuvi
masalalari respublikamiz va chet elda pedagogika, psixologiya va sotsialogiyaning
dolzarb muammolariban biri safiga kirgan. Oiladagi shaxslararo munosabatlarning
tuzilishida bolaning о‗rni uning psixik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus muassasalar amaliyotida shunday yondoshish mavjudki, bunda
rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bola tarbiyalayotgan oilaning muammosi bolaning
о‗zidagi muammolar prizmasidan qaraladi. Ammo, keyingi paytlarda u yoki bu
nuqsonga ega bо‗lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammosigina emas, balki
ular tarbiyalanayotgan oilalar muammolariga ham e‘tibor qaratilmoqda. Maxsus
ta‘lim muassasalari pedagoglari kо‗pincha ota-onalarga farzandlarining psixik va
jismonyi rivojlanishi xususiyatlari hamda oila sharoitida korreksion ish yuzasidan
2
О‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim tо‗g‗risida"gi Qonuni. T.: "Sharq‖ , 1997.
5
ba‘zi bir tavsiyalar berish yetarli deb hisoblaydilar. Ammo,
bu tavsiyalar va
tushuntirishlar yetarlicha bо‗lmaydi, chunki ular rivojlanishida muammolari
bо‗lgan farzandga ega ota-onalarning turli yо‗nalishdagi mutaxassislardan
malakali yordamga bо‗lgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Bundan tashqari, kо‗p
ota-onalar bu tavsiyalarga rioya qilmaydilar. Buning sababi ota-onalar shaxsidagi
о‗ziga xos о‗zgarishlar bо‗lib, bu о‗zgarishlar ularga rivojlanishida nuqsoni
bо‗lgan bola bilan bog‗liq vaziyatni tо‗g‗ri baholash, bola va uni о‗qitayotgan
pedagog bilan zarur bо‗lgan munosabatlarni о‗rnatishga imkon bermaydi.
Kundalik hayotda rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan ota-onalar juda kо‗p
muammolarga duch keladilar. Bir tomondan ular о‗zlarining
farzandlari tarbiyasi
va ta‘limi bilan bog‗liq vositalarni tanlashda qiynalsalar, ikkinchi tomondan, oilada
nuqsonli bola dunyoga kelishi bilan bog‗liq bо‗lgan chuqur psixologik muammolar
yuzaga keladi.
Nuqsonli bola oilasining alohida muammolari Bogdanova, T.A. ,
Shoumarov G‗.B., Dobrovolskaya, A.I., Zaxarova, I.Y. Levchenko, Mamaychuk
I.I., Martinova V.L., Pyatakova G.V., Mastyukova YE.M., Mishina G.A., Raku
A.I., Semago M.M., Skvorsova I.A., Osipenko T.N., Spivakovskaya A.S., N.B.
Shabalina, A.R.
Sharipova, N.N. Shkolnikova, V.V., Yurtaykina boshqalar
tadqiqotlarida yoritilgan.
Bizning respublikamizda Nurmuxamedova L.SH. ―Oilada nogiron farzandni
tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari‖
3
mavzusida tadqiqot ishini olib borgan
bо‗lib, uning tadqiqoti ota-ona va nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik
holatlarini о‗rganish va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‗ishlangan.
Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bola, agarda u ma‘sus ta‘lim muassasasiga
qatnayotgan bо‗lsa
shaxsini rivojlanishi, ijtimoiy yetukligining muhim
shartlaridan biri uning atrorfdidagi kattalarning: ota-onalar va о‗qituvchilarning
hamkorlikdagi ishidir. Bu ishning samarali bо‗lishi va bolaning ijtimoiy
3
Nurmuxamedova L.SH. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari.
Ped.fan.nomz.dis....avtoref. – T.:Nizomiy nomidagi TDPU.2005. -26 b.
6
rivojlanishiga tо‗laqonli yordam berishi uchun nima qilish lozim, maktab va
bolaning oilasini hamkorligini qanday tashkil etish kerak va bundan faqatgina
pedagoglar emas, balki kо‗p jihatdan ota-onalarning qoniqishi –
bu masalalar
maxsus pedagogika, korreksion pedagogikaning dolzarb masalalaridan biridir.
Shu sababli oiladagi muammolarni bilishi va ota-onalarni aqli zaif bolani
tо‗g‗ri tarbiyalash tamoyillari va metodlariga о‗rgatish kerak. Bularni amalga
oshirish uchun maktabgacha tar‘lim muassasasi doimo ota-onalar bilan
hamkorlikda ish olib borishi zaruriyati kelib chiqadi. Ana shu hamkorlikning
muvaffaqiyatli bо‗lishi uchun uning tashkil etishning,
olib borishning samarali
usullarni, yо‗llarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunga bog‗liq
ravishda
tadqiqotimizning
bitiruv
malakaviy
ishimizning
mavzusini
―Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalashda oila va maktab
hamkorligining shakl va metodlari‖ deb belgiladik
Dostları ilə paylaş: