Дефектология факультети бакалавр даражасини олиш учун



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix18.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99619
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2 bob bо‘yicha xulosa 
Aqli zaif о‗quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi о‗rganish natijasida 
biz sо‗rovnoma о‗tkazgan ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda maktab va ota- 
onalarning hamkorlik ishlari birmuncha darajada yо‗lga qо‗yilganligini kо‗rdik. 
Sо‗rovnoma natijalarining taxlili bizga hamkorlik ishidagi ba‘zi kamchiliklarni 
kо‗rsatdi. Xususan, sо‗rovnomada ishtirok etgan ota –onalarning barchasi ham 
maktab hayotiga faol jalb etilmagan. Ular ochiq mashg‗ulotlarda ishtirok 
etmaydilar, maktabda ota-onalar va bolalar uchun eslatma-tavsiyalar, 
taklifnomalar, kitoblar kо‗rgazmasi, о‗yinlar, bolalar chizgan yoki birgalikda 
chizilgan rasmlar, fotokо‗rgazmalar, gazetalar tashkil etilmaydi, ota-onalarning 
barchasi 
ham 
muassasa 
mutaxassislarining 
(vrach, 
psixolog, 
logoped) 
rivojlantiruvchi ishlari haqida ma‘lumotga ega emas.
Maktabda tashkil etilgan tо‗garaklar haqida ham ota-onalarga yetarlicha 
ma‘lumot berilmagan. Maktabda ota-onalarni jalb etish uchun vasiylik kengashi 
tuzilmagan. Ota-onalar uchun amaliy konferensiyalar о‗tkazilmaydi. О‗qituvchilar 
bilan suhbatning natijasida ota-onalar majlisiga ham kо‗pchilik ota-onalar faol 
qatnashmaydilar. Bularning barchasi 
rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining


26 
tashkil etish va uning doimiy faoliyat kо‗rsatishi uchun samarali shakl va metodlari 
bilish hamda ularni amaliyotda qо‗llash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
3 bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab 
va oilaning о‘zaro hamkorligi bо‘yicha metodik tavsiyalar 
3.1. Hozirgi vaqtdagi ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash 
О‗zbekiston respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonunida ta‘lim 
muassasalari oldida turgan asosiy masalalardan biri ―bola shaxsining tо‗laqonli 
rivojlanishida oila bilan о‗zaro hamkorlik qilish‖ deb kо‗rsatilgan. Bu ustuvor 
yо‗nalish ta‘lim sohasida olib borilayotgan ishlarning barcha jabhalarini qamrab 
oladi. 
Bolalarni tarbiyalash ota-onalarni pedagogik bilimlarini oshirish bilan 
chambarchas bog‗liq. Ota-onalar tomonidan bolaning xarakteriga asos solinadi, 
uning atrofdagilar bilan о‗zaro munosabatlari shakllanadi. Har bir oila farzandini 
о‗zicha tarbiyalaydi, ammo har bir oila turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda turli 
darajada malakali pedagogik yordamga muhtoj bо‗ladi. Lekin, hamma ota-onalar 
ham bu yordamni qabul qilmaydilar. Bolani kuzatayotgan, uning muammolarini 
biladigan pedagogning vazifasi ota-onalarni hamkorlikka jalb qilish yoki ularni 
pedagogik tamoyillarni tushunish va bilishga yо‗naltirishdir. 


27 
Rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan farzand yashayotgan va tarbiyalanayotgan
maktabda о‗qiyotgan oilalar turli bо‗lib, bular oilaning ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarida, ota-onalarning ma‘lumoti, ularning tarbiya muammolari bо‗yicha 
xabardorligida namoyon bо‗ladi. Bolalar-va ota-onalar о‗rtasidagi munosabatlarda 
muammolar, qiyinchiliklar kelib chiqadi.
A.S. Spivakovskayaning ma‘lumotlariga kо‗ra ota-onalar о‗tkasida 
о‗tkazilgan sо‗rovnomalar ularning korreksiyalash masalalari bо‗yicha 
pedagoglarga murojaat etmasliklarinig sabablarini kо‗rsatgan. Bularga: 
- ota-onalar qiyinchiliklarga e‘tibor bermasliklari; 
-noqulay deb hioblashlari, chunki bu turdagi maslahatlar pedagogning 
vazifasiga kirmaydi;
- pedagog bilan muloqot qilishda qiynaladilar; 
-muammolarni о‗zlari hal qilamiz deb hisoblaydilar; 
- pedagogning kasbiy kompetensiyasidan shubhalanadilar
24
; . 
Pedagoglarga bu muammoga boshqa tomondan qaraydilar: 
- ota-onalar indamasdan muammolarni tinglaydilar, lekin barcha ishlarni 
о‗zlaricha qiladilar; 
- ota-onalar bilan gaplashish qiyin, chunki ular о‗zlarini haq deb biladilar va 
farzandlarining tarbiyasiga boshqalar aralashishlarini istamaydilar; 
- kо‗p ota-onalarning yoshi pedagognikidan katta va shuning uchun ularning 
e‘tiborini qozonish va bolasining tarbiyasi bо‗yicha maslahatlar berish mushkul. 
Bularning barchasi yana bir bor oila bilan ishlashda defektolog uchun hal 
etilmagan kо‗plab masalalar mavjudligini kо‗rsatadi. Maktabning pedagogik 
jamoasi rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan ota-onalarga yordam berishlari uchun 
avval maktab, muassasa xodimlari bilan tizimli va maqsadga yо‗naltirilgan 
ishlarni, sо‗ngra esa pedagoglarning ota-onalar bilan asta-sekinlik, har tomonlama 
24
Спиваковская, А.С. Как быть родителями: (О психологии родительской любви). // А.С. Спиваковская М.: 
Педагогика, 1986.- 243с. 


28 
о‗ylab kо‗rilgan ishlarni olib borish lozim. Bolalar va ularning ota-onalari bilan 
obyektiv vaziyatni e‘tiborga olgan holda ishlashni о‗rganigsh zarur. Chet el va 
respublikamizdagi olimlar maktab oilaning ehtiyojlarini faqat tо‗liq ravishda 
―ochiq tizim‖ bо‗lganida qondira olishini isbotlab berganlar. 
Ota-onalar erkin, о‗zlarining vaqtlaridan va istaklaridan kelib chiqqan holda 
maktab hayotiga kirib borib bolaning maktabdagi faoliyati, pedagogning bolalar 
bilan muloqot qilish usuli bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‗lishlari kerak. Ota-
onalarga farzandining о‗qish va boshqa faoliyatini uzatishga ikon berib 
pedagoglarning bolalarga munosabati, g‗amxо‗rligi, diqqat-e‘tiborini kо‗rstish 
ularning maktab xodimlariga bо‗lgan ishonchini orttiradi.
Ota-onalar uchun maktabning ochiqligi ularning pedagogik bilimlarini, 
kompetentligini oshirishga yordam berishi mumkin. Pedagoglar va ota-onalarning 
hamkorligi quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: 
-bolaning maktabda va oilada hissiy, ma‘naviy va jismoniy ehtiyojdarini 
qondirish;
-maktabda va oilada tarbiyalash va rivojlantirishda birdamlik;
-bola shaxsini ota-onalar va pedagoglar tomonidan hurmat qilinishi;
- pedagoglar tomonidan oiladagi tarbiyani, ota-onalar tomonidan- jamiyatda 
tarbiyalash shartlarini e‘tiborga olinishi. 
Maktab yo pedagogik dialog bilan kirib borib oila bolaning tarbiyasi 
bо‗yicha aniq bilimlarga ega bо‗ladi, mutaxassislarning ish shakllari, usullari bilan 
tanishadi, oilada tarbiyalash mahoratiga ega bо‗ladi.
Hozirgi vaqtda ota-onalar bilan ishlash yangi darajada bо‗lib, uning vazifasi
rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolaning hayoti sifatini oshirish va maktab, oila 
sharoitida rivojlantirishdir
25

Pedagoglarning 
ota-onalar 
bilan 
hamkorligi 
pedagogning 
kasbiy 
mahoratining о‗sib natijasidagina amalga oshadi. Korreksion pedagogika, 
25
Лесгафт, П.Ф. Семейное воспитание ребенка и его значение. // П.Ф. Лесгафт М.: Просвещение, 1991.-423с. 


29 
psixologiya va boshqa sohalar bо‗yicha bilimlar bilan qurollangan pedagog ota-
onalarbilan bemalol muloqot qila oladi, ular bilan rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan 
bolani tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan muammolarni hal etishda 
sherikchilik iladi. Bunga maktabning oila uchun ochiligi imkon yaratadi: 
- ota-onalar tomonidan maktabga tizimli ravishda qatnash; 
- bayramlarni birgalikda о‗tkazish; 
- pedagoglar tomonidan tarbiyalanuvchilarining oilasiga tashrif buyurish va 
bunda ota-onalar bilan hamkorlik rejalarini tuzish; 
Suhbatlar,о‗tkazish, maslahat berish, bolalar faoliyatini kо‗rish va hokazo. 
Oila ham pedagoglar tomonidan hurmat qilinishini talab etadi
26

Hozirgi vaqtda korreksion ta‘lim bosqichida ota-onalar bilan sifatli ish olib 
borishning maqbul yо‗nalishlariga quyidagilar kiradi: 
1 yо‗nalish. Korreksion pedagogika va psixologiyaning ―klassik 
tizimi‖ining eng yaxshi tomonlarini amalda qо‗llash. Oila bilan ishlashda 
buyruqbozlik, korreksion muassasaning ―yopiqligidan‖voz kechish. Avvalgi eng 
yaxshi tajribalarni zamonaviy texnologiyalar korreksion pedagogika sohasidagi 
ishlanmalar bilan birlashtirish. 
Ikkinchi yо‗nalish. Ota-onalar bilan ishlash oilada tarbiyalashning tajribasi 
bilan tanishini nazarda tutadi, shu tarzda oiladagi tarbiya va jamoatdagi tarbiya 
yaqinlashadi. Oiladagi tarbiyaning eng yaxshi namunalaridan maktab sharoitida 
ham foydalanish zarur, maxsus muassasaning yutuqlari oila uchun kerakdir.
Maxsus muassasa va oilaning hamkorligini yangi shakliga rivojlanishida 
nuqsoni bо‗lgan bolalarni tarbiyalash masalalari bо‗yicha pedagogik adabiyotlar 
kо‗rgazmasini tashkil qilish, ota-onalarga bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni 
tashxis qilish va korreksiyalashga, pedagogik taxminlar, psmixologik testlashga 
doir fandagi yutuqlar haqida ma‘lumot berish kiradi.
26
Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. // Г.Г. Кравцов // Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12-
17. 


30 
Uchinchi yо‗nalish. Korreksion pedagogika va psixologiya sohasi bо‗yicha 
zamonaviy ilmiy hamda xalq pedagogikasidagi eng yaxshi tajribalar asosida 
mutaxassislarni tayyorlash. Hozirgi zamon korreksion pedagogikasida xalq 
pedagogikasining eng zо‗r tarbiya an‘analari am e‘tiborga olish
27
.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin