23
1 bob bо‘yicha xulosa
Biz tomonimizdan о‗rganilgan adabiyotlarning nazariy
taxlili quyidagilarni
kо‗rsatdi:
Nuqsoni bо‗lgan farzandga ega oilaning muammolari uning hayotining turli
doiralarida namoyon bо‗ladi. Insoniyatning rivojlanish tarixida bunday oilaning va
jamiyatning о‗zaro munosabatlari sotsiumning oila va uning ehtiyojlariga bо‗lgan
diqqatning turli darajalari bilan xarakterlanadi. Bunday о‗zaro munosabatlarning
turli bosqichlarini ajratish mumkin.
Turli ijtimoiy institutlar о‗rasidagi aloqa va hamkorlikni mustahkamlanishi
va rivojlanishi (maktab, oila, jamoatchilik) rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan
bolalarning hayot tarzi va tarbiyalanishini yaxshilanishiga olib keladi.
Korreksion pedagogika sohasida ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan
bolalarni tarbiyalash va о‗qitishning asosiy qonuniyatlari
va xususiyatlarini
bilishlari, tarbiya mazmuni va metodlari bilan tanishishlari, bolaning atrofdagilar
bilan munosabatlari va ijtimoiy qimmatga ega bо‗lgan xulq formalarini
shakllantirishga yо‗naltirilgan bolalar faoliyatini, muloqotini tashkil etish formalari
va metodlarini egallashlari muhimdir.
24
2 bob. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani oilasining maktab bilan
hamkorligi holatini о‘rganish
2.1. Aqli zaif о‘quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi holatini
о‘rganish metodikasi
2.2. Aqli zaif о‘quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi holatini
о‘rganish natijalari
Biz kо‗pincha ta‘limning
sifati haqida gapiramiz, ta‘limda uch birlik-
pedagog-bola-ota-ona munosabatlari ham juda muhim hisoblanadi.
Psixik jarayonlarni rivojlanishi juda murakkab va uzoq davom etuvchi
jarayon bо‗lib, kompleks va uzviy tasirni talab etadi.
Maxsus muassasalarda
mazkur jarayon bir qator mutaxassislar, jumladan,
oligofrenopedagog, tarbiyachi,
psixolog, musiqa rahbari, tor mutaxassislikga ega
shifokorlar va albatta ota-
onalarning hamkorlikdagi ish faoliyati asosida amalga oshiriladi.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar alohida yondashuvni talab
etadi.
Korreksion ish jarayoniga ota-onani hamkor hamda uquvli yordamchi sifatida
jalb etish katta ahamiyatga ega.
Aqli zaif о‗quvchilar oilasining maktab bilan hamkorligi о‗rganish ishlari
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 57- sonli ixtisoslashtirilgan
yordamchi
maktabda о‗tkazildi. Biz sо‗rovnomani 2 –sinf ota-onalari о‗rtasida о‗tkazdik.
Sо‗rovnomada 10 nafar ota-onalar ishtirok etdilar. Sо‗rovnoma natijalarini taxlil
qilishda quyidagi ma‘lumotlarga ega bо‗ldik.
Farzandlari 2-sinfda о‗qigani uchun, hamda yordamchi maktab uylaridan
ancha uzoq joylashgani uchun ular farzandlarini har
kuni maktabga olib borib va
olib ketishlarini kо‗rsatganlar.
Sо‗rovnomada ishtirok etgan 4 nafar ota-onalargina sinf rahbarining
familiyasini bilishar ekan, qolganlari faqatgina ismini kо‗rsatdilar.
Ota-onalarning barchasi о‗qituvchining ular farzandi haqida norasmiy suhbat
о‗tkazishni yozganlar.
25
Siz farzandingiz ta‘lim olayotgan muassasada о‗tkaziladigan turli tadbirlarda
ishtirok etasizmi savoliga 3 nafar ota-onalargina
doimo deb javob berganlar, 2
nafar ota-onalar ba‘zan, 5 nafari esa kо‗pincha vaqtim bо‗lmaydi deb javob
berganlar.
Dostları ilə paylaş: