14
sabablari haqida ota-onalar bilan tushuntirish
ishlarini olib borishga, oiladagi
tarbiyaning kamchiliklari alohida va ota-onalarga yordam berish masalalarini
yoritishgaalohida e‘tibor berganlar. Masalan,oilaning bemorga ijobiy ta‘siri unda
autizmni yuzaga kelishini oldini oladi deb kо‗rsatgan.
V.P.Kashenko
psixik
buzilishlarni
davolashda
oilaning
individual
xususiyatlarini, uning bemorga ijobiy ta‘sirini ham e‘tiborga olish lozimligini
kо‗rsatgan (V.P.Kashenko, 1905).
Bolani tarbiyasida ota-onalarga yordam kо‗rsatib, u birinchi navbatda ota-
onalarga ―bunday boladagi nuqsonning xarakterini va uni tarbiyalash
murakkabligini tushuntirgan, shuningdek kun tartibiga rioya qilish zarurligi haqida
ta‘kidlagan, maxsus adabiyotlarni tavsiya qilgan.
Korreksion tarbiya tizimini
amalga oshirishda ota-onalarga yordam uchun pedagog-defektologni taklif etish
kerakligini uqtirgan.
Ota-onalar
mavzusini
muhokama
etilayotgan
masalalar
jumlasiga
kiritilganligini XX asrning boshidagi mashhur psixiatr, psixologlar va
pedagoglarning ilmiy ishlarida kо‗rish mumkin. Bu mavzuni yoritishda J.Demura
tadqiqotlari qiziqish uyg‗otadi, G.I.Rossolimoning fikricha J.Demura о‗sha vaqtda,
Yevropada nuqsoni bо‗lgan bolalar bо‗yicha eng yaxshi mutaxassislardan biri
bо‗lgan. Uning Rossiida v 1909 yil nashr etilgan "Nuqsonga ega bolalar, ularni
uyda va maktabda tarbiyalash" monografiyasi ota-onalar
uchun juda qimmatli
bо‗lgan. Nemis olimi va pedagogi B.Mennelning ―Aqli zaif bolalar uchun
maktablar‖ monografiyasi 1911 yili vrach M.Vladimirskiy tomonidan rus tiliga
tarjima qilingan. Monografiyada Germaniyada aqli zaif bolalar uchun
maktablarning holati tizimli yoritilgan va ―Ota-onalar va о‗quvchining hayot
sharoiti‖ nomi bilan alohida bо‗lim ota-onalar va farzandlari muammolariga
bag‗ishlangan.
Rosssiyada oilaviy psixoterapiyaning yuzaga
kelishi davolov-tarbiyaviy
muassasalarni va ruxiy kasallar uchun oilaviy patronajni tashkil etilishi bilan
bog‗liq.
15
Bunday davolov-tarbiyaviy muassasasi 1882 yilda Peterburgda tashkil
etilgan bо‗lib, uni taniqli vrach va pedagog I.V.Malyarevskiy boshqargan.
Bu tarzdagi muassasalar tajribasi bilvn о‗sha davrda chet elda ham qiziqib
qolingan. Muassasalar haqidagi savolga javoban V.M.Bexterev ― tashkil etilgan
12ta muassasalar faqatgina davolash bilangina emas,
balki muassasadagilarni
tarbiyalashda g‗am yutuqlarga erishmoqdalar‖ deb kо‗rsatgan.
I.V.Malyarevskiy va uning izdoshlari tomonidan tibbiy ta‘sir bilan
birgalikdagi tarbiya ishlarida "oiladaigi о‗zaro munosabatlarni tashxis qilish va
ruxiy bemorlarni tarbiyasidagi xatoliklarni aniqlash‖ ga alohida diqqat qaratilgan.
Oilada tarbiyalashga alohida e‘tibor qaratib Malyarevskiy " ota-onalarning
pedagogik nо‗noqligi ouy sharoitida bolalarga egoizmni yuzaga keltiradi,
atrodagilar oldida hech qanday majburiyatni shakllanmasligiga, о‗zini
haddan
tashqari yaxshi kо‗rishga olib keladi‖ deb ta‘kidlagan.
Tarbiyadagi buzilishlar vrach tomonidan bola bilan alohida yoki lozim
bо‗lganda ota-onalari bilan birgalikda suhbat jarayonida amalga oshirilgan. Ota-
onalar uchun ―majlislar‖ о‗tkazilib, ularda oiladagi tarbiyaning kamchiliklari ochib
berilgan.
Bunday markazlarda ―idiotlikning yengil darajasidagi, asab tizimida va
hissiy a‘zolarida buzilishlari bо‗lgan, psixik buzilishlarga ega bolalarga (ya‘ni
bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning о‗sha vaqtdagi tasnifi asosida) yordam
kо‗rsatilgan [3, 64].
1912 yili Peterburgdagi Psixonevrologik institut qoshida yordamchi maktab
ochilib, unda ota-onalar uchun kurslar faoliyat yuritgan. Ushbu kurslarning
dasturiga ―bolalar psixoptologiyasi va kasalliklarining xarakteri bilan tanishish‖
bо‗limi kiritilgan. Ota-onalar va bolalar bilan birgalikdagi mashg‗ulotlar о‗tkazilib,
ularda oiladagi murakkab nizoli vaziyatlargina
muhokama etilmasdan,ularni
bartaraf etish yuzasidan maslahatlar berilgan.
1907 to 1912 yillargacha bunday ―birgalikda tarbiyalash va о‗qitish
tо‗garaklari‖ Moskvada ham tashkil etilgan va uning dasturi bilan V.M.Bexterev
ham tanish bо‗lgan.
16
Shunday qilib, oiladan tashkiliy-davolov va tarbiyaviy komponent sifatida
foydalanish Rossiyada tibbiyot va pedagogika sohasining taniqli namoyandalari
tomonidan о‗zoq vaqtgacha va turli shakllarda amalga oshirilgan. Bu fikr о‗sha
vaqtdagi taniqli psixologlar, pedagoglar, psixiatrlarning topgan (D. I. Azbuka na,
T.A.Vlasova, G.L.Vigodskaya, L.S.Vigotskiy, M.F.Gnezdilov, A.N.Graborov,
YE.K.Gracheva,
G.M.Dulnev,
S.D.Zabramnaya,
M.V.Ippolitova,
K.S.Lebedinskaya, V.I.Lubovskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova,
B.I.Pinskiy, L.I.Solnseva, I.M.Solovyev, YE.A.Strebeleva, G.V.Sikoto, J.I.Shif, va
boshqalar) ilmiy ishlarida о‗z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: