—to‘plamlar ustidagi an’anaviy (TpaziHUHOH) operatsiyalar, ya’ni
to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi). kesishmasi (ko‘payt-masi).
toldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi. bo‘lishmasi;
—maxsus relatsion operatsiyalar, ya’ni proyeksiyalash, boglanish
(qo‘shilish). birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Har bir ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi
ushbu operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining
qanchalik qulayligibilan aniqlanadi. Relatsion MBBTda munosabatlar
ustida operatsiyalar bajarish uchun moljallangan tillami ikki sinfga
ajratish mumkin: relatsion algebra tili (RAT) va relatsion hisob tili
(RHT).
RAT relatsion algebraga (Kodd algebrasiga, a-algebraga)
asoslangan. Ma’lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalami ketma-
ket y t yozish asosida xohlagan natijaga erishish mumkin. Shuning uchun
RATni protsedurali til deyishadi.
RHT predikatlami hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan.
Ular foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma’lum qoidalar
to‘plamini beradi. Bunday so‘rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi
axborotlar bo‘ladi, xolos. Ushbu so‘rov asosida MBBT yangi
munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani
beradi. Shuning uchun RHTni protseduralimas til deyishadi.
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishda relatsion model bilan
ishlash ancha noqulayliklarga olib keladi. Shu sabab ma’lumotlar
bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi.
Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga —ER modeli deyiladi. Bu
model inglizcha «Entity—relation» deyilib, ma’nosi «Mohiyat—
bog‘lanish» demakdir.
226
ER —modelining asosiy komponentalari mohiyat, boglanish va
atribut (xossa) bolib hisoblanadi.
Mohiyat —bu ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanishi kerak
bolgan biror real yoki tasawur qilingan obyektdir. ER modeli
diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib,
uning ichiga mohiyat nomi qo‘yiladi.
Masalan: _____________
Mohiyat aniq ma’noga ega bolgan nomga ega bo‘lib. u yagona
bolishi kerak. Mohiyat turini uning nusxasi bilan farq qilish kerak.
Mohiyat nomi uning nusxasiga emas, turigaberiladi. Mohiyat nusxasi
—bu aniq bir xil turdagi narsalar, hodisalar va boshqalardir.
Masalan, yuqoridagi «0‘quvchi» mohiyatida «0‘quvchi» mohiyat
turining nomi, mohiyat nusxasi esa aniq bir o‘quvchidir. Masalan,
Ahmedov, Toshmatov va boshqa.
Bog‘lanish —bu ikki yoki bir necha mohiyatlar birikmasidir.
Boglanish faqat ikkita har xil mohiyatlar orasida mavjud bo‘ladi.
Oxirgi boglanishga rekursiv deyiladi.
«Mohiyat—bog‘lanish» diagrammalarini ishlab chiquvchi har xil
turdagi standart metadologiyalar mavjud. Masalan, IDEFIX, IE,
DM. Bu usullar har qaysisining mohiyat—bog‘lanishni tasvirlashiuchun
o‘z belgilari bor.
Dostları ilə paylaş: |