Axborot obyektlari va ular orasidagi aloqalami aniqlash Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi pog‘onasi axborot
obyektlarini tanlash, har bir obyekt uchun zarur xossalarini berish,
obyektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot obyekt-lariga
qo‘yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot obyektlari orasidagi
aloqalarning turlarini va axborot obyektlarining tavsifno-malarini
aniqlashdan iborat.
Axborot obyektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob
berishga harakat qilamiz:
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlami qanday sinflarga
ajratish mumkin?
2.Har bir ma’lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?
3.Har bir ma’lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim
tavsifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish
mumkin?
4.Tanlangan tavsifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish
mumkin?
Axborot obyektlarini aniqlash —itaratsion jarayon. U axborotlar
oqimining tahlili va iste’molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida
amalga oshiriladi. Axborot obyektlarining tavsifnomalari ham xuddi
shu usullar bilan aniqlanadi.
Keyin axborot obyektlari orasidagi aloqalarni aniqlaymiz. Bu
jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:
234
2.Bir axborot obyektning tavsiflari orasida qanday funksional
boglanishlar bor?
3.Harbir tur aloqalarga qanday turdagi akslantirishlar mos keladi?
Axborot obyektlarining o‘zaro aloqasiga misol sifatida TALABA,
SINOV DAFTARI, FAKULTET, 0 ‘QITUVCHI kabi axborot
obyektlarini qarash mumkin.
Birga-bir Birga ko‘p Ko‘pga-ko‘p
TALABA, SINOV DAFTARI, FAKULTET,
0 ‘QITUVCHI axborot obyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa