Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Italiya



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə51/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Italiya.
Reja:
1.Italiyaning siyosiy tarqoqligi va iqtisodiy ahvoli.
2.Monax Savonarolaning ta’limoti.
3.Neapolda Mazanyello qо‘zg‘oloni.
4.XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr birinchi yarmida Italiya madaniyati.
Tayanch iboralar:
Gumanizm; Mons Vatikanus; gertsog; bank; gil’diya; jirobanklar; veksel; banknot; monopoliya; utopik; ekyu; ‘’Renessans’’; Italiya urushlari; gersoglik;Gabsburglar sulolasi;’’talon-taroj kuni’’; kapella; dukat; arena; avliyo Pyotr saroyi; barokko.
Italiya geografik о‘rniga kо‘ra Appenin yarim oroli, Padan tekisligi, Alp tog‘larining janubiy yonbag‘irlari, Sardiniya va Sitsiliya orollari hamda qator kichik orollar hududini egallaydi. Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Sloveniya, San-Marino kabi davlatlar bilan chegeradosh. Ma’muriy jihatdan 20 viloyat, 110 ta provinsiya (ma’muriy birlik) hamda 8100 dan ortiq kommuna (kommuna.lot.umumiy- о‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada feodaldan о‘zini-о‘zi boshqarish huquqini qо‘lga kiritgan jamoa bо‘lib, IX-XII asrlarda Venetsiya, Genuya, Siyena, Lukka, Ravenna va Bolonya shaharlari kommunalarga aylangan) larga bо‘lingan.
Uyg‘onish va Gumanizm (lot.humanus.insoniy- XIII-XVI asrlarda sxolastika va cherkovning ma’naviy hukmronligiga qarshi turgan hurfikrlilik) ning vatani bо‘lmish Italiya sо‘nggi о‘rta asrlar davrida siyosiy tarqoqlik va iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotgan edi.
XVI asrdayoq Italiyaning siyosiy tanazzulidan foydalangan Fransiya va Ispaniya bu yerda bosqinchilik urushlarini olib bordi. Uzoq davom etgan (1494-1559) bu urushlar mamlakatning siyosiy tarqoqligini va iqtisodiy tanazzulini yanada kuchaytirdi.
Mayda bо‘laklarga ajralib ketgan tarqoq Italiya muttasil fitnalar, yashirin diplomatik makrlar, о‘zaro mayda adovat, janjal va urushlar maydonidan iborat edi. Bularning hammasi boshqa yirik chet mamlakatlarning Italiya ishlariga aralashuviga sabab bо‘lardi. 1494 yildan Italiyaga fransuz feodallari bostirib kira boshladi. Italiya bilan Fransiya о‘rtasidagi urush tо‘xtab-tо‘xtab 60 yildan ortiqroq davom etdi va faqat 1559 yilda tо‘xtadi.
Fransuzlardan tashqari XVI asrda gabsburglar (1273-1556 yillarda Germaniyani boshqargan sulola bо‘lib, ular Rudolf I (1273-1291), Albrext I(1298-1308), Fridrix Avstriyskiy (1314-1330), Albrext II (1438-1439), Fridrix III (1440-1493), Maksimilian I (1493-1519), Karl V, imperator(1519-1556, ispan qiroli Karl I ni о‘zi) lar boshqarishgan. dinastiyasining vakili bо‘lgan imperator Karl V hukmronligi ostida qolgan ispan va german feodallari ham Ita­liyaga bosib kirdilar. Fransuz, ispan va german qо‘shinlari Italiyani taladilar va xonavayron qildilar. XVI asrning birinchi yarmida hali ham qudratli bо‘lgan Turkiya imperiyasiga qarshi kurashda Venetsiyaga katta kuch sarflashga tо‘g‘ri keldi.
Noqulay xalqaro vaziyat va chet davlatlarning tо‘g‘ridan-tо‘gri intervensiyasi Italiyani yanada kuchliroq iqtisodiy va siyosiy tushkunlikka olib keldi.
1559 yilgi Kato-Kambreziya sulhi Italiyaning siyosiy tarqoqligini va Ispaniyaga qaramligini mustahkamladi. Janubiy Italiya, Sitsiliya, Sardiniya, Milan gersogligi Ispaniya tarkibiga kirdi. Venetsiya, Savoyya gersogligi, Pemont va Papa viloyatidan tashqari hamma hududlar Ispaniyaga qaramlikni tan olishdi. Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq harakatlari ham tо‘xtamadi. 1559 yilgi Janubiy Italiyada Kampanella tomonidan tayyorlangan qо‘zg‘olon fosh qilindi.
Italiya XVI asrda siyosiy jihatdan ilgarigidek tarqoq mamlakat bо‘lib qolaverdi. Davlatlardan kattaroqlari: shimolda-Venetsiya, Genuya, Milan hamda Savoyya va Pemont gersogliklari, о‘rta Italiyada (1531 yilda Toskaniya gersogligiga aylantirilgan) Flo­rensiya va papa davlati; janubida- Sitsiliyani ham о‘z ichiga olgan Neapol qirolligi bо‘lgan. Bundan tashqari, о‘nlab mayda «mustaqil» yerlar bо‘lgan.
Papa davlati-ya’ni butun dunyo katoliklarining rahnomosi bо‘lgan Rim papasining qarorgohi hisoblangan hozirgi Vatikan davlati joylashgan bо‘lib, bu davlatning umumiy maydoni 0,44 kv.m. yoki 44 gektar, doimiy aholisi 800 kishiga yaqin. Ushbu kо‘rsatkichlarga kо‘ra u dunyodagi eng kichik davlatdir. Vatikanning nomi hududidagi tepalik- Mons Vatikanus (Mons Vaticanus) dan olingan bо‘lib, u lotinchada “fol ochadigan yer” degan ma’noni bildiradi. Qadimda Vatikan hududida hech kim yashamagan, chunki bu hudud muqaddas sanalgan. 326 yilda xristianlikning kirib kelishi bilan Konstantin ibodatxonasi qurilgan va shu vaqtdan buyon bu yerda odamlar yashay boshlagan.
Hozirgi kо‘rinishida Vatikan 1929 yil 11 fevralda Italiya hukumati bilan imzolangan Lyuteran bitimiga binoan yuzaga kelgan. Vatikan absolyut monarxiya davlati bо‘lib, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati Rim papasiga tegishli.
Respublika tuzumi deyarli hamma yerda monarxiya tuzumi bi­lan almashtirildi. Milanda Sfors oilasi Gersog (о‘rta asrlarda Yevropada yirik feodal, mulk egasi, о‘rta asr oxirlaridan dvoryanlik unvonlaridan biri) unvonini oldi. Florensiyada medichilar avlodi Toskaniya gersoglari unvoniga ega bо‘ldi. Papa viloyatida papalar mutlaq monarxga aylanib, ular о‘z chegaralarini kengaytirish uchun mumkin bо‘lgan hamma vositalarni ishga soldilar. Aleksandr VI Borjia (1492—1503), Yuliy II (1503—1513) va Lev X Medichi (1513—1521) degan papalar о‘zlarining dabdabali hayotlari, harbiy va diplomatiya sohasida yurgizgan murakkab siyosatlari, italyan dinastiyalari bilan nasabiy aloqalariga qaraganda yepiskoplardan kо‘ra kо‘proq dunyoviy hokim edilar.
Italiya urushlari tufayli Ispaniya va Portugaliya bilan munosabatlarning mustahkamlanishi ham Italiya uchun yangi jahon savdo bozorlariga yо‘l ochdi.
XV asrda zamonaviy kо‘rinishdagi ilk bank (ital.banko,kursi,о‘rindiq) Genuyadagi muqaddas Georgiy banki paydo bо‘ldi. XVI- XVII asrlarda Shimoliy Italiya shaharlaridagi savdogarlar gildiya (nem.korporatsiya, uyushma-Yevropa mamlakatlarida о‘zaro yordam, siyosiy, diniy uyushmalar) lari о‘zlarining doimiy mijozlariga xizmat kо‘rsatadigan maxsus jirobanklar (giro.ital.-doira, aylana) tashkil qilardilar. Metall pullarning yetishmasligi va aylanish uchun noqulayligi XVII asrda veksellar (nem.wechsel-ayirbosh-muayyan miqdordagi qarzni belgilangan muddatda qat’iy tо‘lash majburiyati yuklangan qarzdorlik tilxati, qimmatbaho qog‘oz) va dastlabki banknotlar (ing. bank-note-markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog‘oz pullar) ning paydo bо‘lishiga olib keldi. Bu davrdagi banklar 4 ta asosiy funksiyani bajargan: 1) Kreditda vositachilik qilish; 2) Tо‘lovlarda vositachilik qilish; 3) Omonatlar va pul daromadlarini safarbar qilish orqali ularni kapital (sarmoya) ga aylantirish; 4) Pul aylanishini yengillashtiruvchi kredit vositalarini (banknot, chek) yaratish bо‘lgan.
Italiya iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bо‘lgan tо‘qimachilik fransuz, nemis va ingliz tо‘qimachilarining raqobati tufayli inqirozni boshdan kechirayotgan edi. Italiya sanoatining rivojlanishiga Italiya urushlari davrida kо‘plab mablag‘larning yer sotib olishga yо‘naltirilganligi ham salbiy ta’sir kо‘rsatdi.
Italyan urushlari davrida mamlakat iqtisodi yangi sharoitga moslashishga majbur bо‘ldi: vayronagarchilik, aloqalarning uzilishiga qaramasdan iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari barham topmadi va XVI asrdan boshlab ba’zi sohalarda о‘sish kuzatildi. Bunga 1559 yilgi shartnomadan keyin mamlakatda о‘rnatilgan tinchlik bilan birga raqobatchi mamlakatlar ahvolining о‘zgarishi ham sabab bо‘ldi: Fransiyada fuqarolar urushi boshlandi, Niderlandiyada inqilob va Ispaniya zulmidan ozod bо‘lish uchun kurash boshlandi.
XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Pemont, Bergamo, Venetsiya kabi shaharlarda tо‘qimachilik hajmi kengaydi. Ayniqsa, Venetsiyada ishlab chiqarishning о‘sishi kuzatiladi: 1521 yili bu yerda 3500 ta toy mato tо‘qilgan bо‘lsa, 1569 yili 26500, 1602 yili esa 29 mingta toy ishlab chiqarildi. 1553-1572 yillar mobaynida mahalliy kompaniyalar tomonidan mato ishlab chiqarish ikki barobarga oshdi.
Genuya, Venetsiya, Milan, Paviya, Komo, Mantuya, Bolonya, Florensiya shaharlarida ipak gazlamalar tо‘qish ancha taraqqiy qildi. Yevropada urf bо‘lgan gazlamalar Angliya, Fransiya, Germaniya, Polsha va Vengriya kabi mamlakatlarga chiqarilardi. Asosiy ipak yetishtiruvchi о‘lka Neapol qirolligi edi.
Ishlab chiqarishning tashabbuskori ilgarigidek sexlar doirasida faoliyat kо‘rsatuvchi kompaniyalar edi. Ular erkin tadbirkorlikka yо‘l qо‘yishmasdi. Bu yerda sex va kompaniyalarga qaram bо‘lgan usta hunarmandlar va yollanma ishchilar ishlar edi. Shu sabablar tufayli iqtisodiy о‘sish vaqtinchalik edi. XVII asrga kelib chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi. Masalan, Milanda tо‘qimachilik korxonalarning soni besh marta, mato tо‘qiydigan ustaxonalarning soni 70 tadan 15 taga kamaydi. Faqat Toskaniya gersogligida sanoat va savdo ma’lum darajada rivojlangan.
Ammo sanoatdagi inqiroz Italiyadagi savdo va bank ishlariga ham ta’sir etmasdan qolmadi. XVI asr boshlarida Venetsiya, Genuya, Florensiya xalqaro savdo va moliya markazlari edi. Italiyaning yirik shaharlari Ispaniya, Angliya, Fransiya bilan savdoda aktiv edilar. Turkiya tomonidan о‘rnatilgan tо‘siqlargava qaramasdan Venetsiya О‘rta Yer dengizining savdosida о‘z mavqeini saqlab qoldi. Yaqin Sharq mamlakatlaridan keltiriladigan shirinliklarga bо‘lgan Venetsiya monopoliya (iqtisodiyotning biror sohasida tanho hukmronlik) sini Portugaliya yо‘q qila olmadi.
Italiya dehqonlarining aksariyati shaxsan ozod bо‘lsalar-da, yangi davr boshlaridayoq yerlaridan ajralib, ijarachilarga aylana boshladilar. Italiyada cherkov va davlat soliqlaridan ruhoniylar zodagonlar tо‘liq ozod qilingan edilar, ushbu soliqlarni tо‘lash dehqonlar zimmasida edi. Shunga qaramasdan, Italiya qishloq xо‘jaligida XVI asrning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatlarga erishildi. Bо‘sh yotgan yerlarni tozalash hisobidan haydaladigan yerlar maydoni kengaydi, Toskaniya va Lombardiyada melioratsiya va irrigatsiya ishlari olib borildi, hamma joyda donli va xashakli ekinlar ekildi. Yangi joriy qilingan makkajо‘xori tezda ommaviylashib ketdi, sholi, kanop ekish, sitrusli daraxtlar ekish, shakarqamish yetishtirish kо‘paydi. Pilla qurti boqishda foydalaniladigan tut daraxtini о‘stirishga katta e’tibor berildi. Chorvachilikda ham muvaffaqiyatlarga erishildi; mollarni poda qilib boqish joriy qilindi. Janubiy Italiyada qо‘ychilik rivojlandi. Yaylovlar va ovchilikka mо‘ljallangan qо‘riqxonalar kо‘paydi.
XVII asrning ikkinchi yarmida Italiyaning iqtisodiy inqirozi va siyosiy qaramligi yanada kuchaydi. Sanoat ishlab chiqarish keskin pasaydi: tо‘qimachilik Florensiyada 20 marta, Venetsiyada esa 30 marta kamaydi. Sanoat ishlab chiqarish uchun tо‘siqlar bu kapitalning yо‘qligi, ichki bozorning nihoyatda torligi va chet el raqobati edi. Ichki va tashqi savdoning susayishi bu yerda Avstriya va boshqa savdogarlarning hukmronligiga olib keldi.
Italiyada fransuz urushlari boshlangani munosabati bilan Florensiyada davlat tо‘ntarishi yuz berdi. Fransuzlar bostirib keladi, degan ovozalar tarqalishi bilan, xalq ommasi Medichilarning zulmiga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tardi. Florensiyada birmuncha vaqtgacha (1494y.) respublika qaytadan tiklanib turdi.
Dominikanlik monax Savonarola (1452—1498) respublika ishlariga g‘oyat katta ta’sir kо‘rsatdi. Florensiyadagi о‘rta va xonavayron bо‘lgan mayda hunarmandlar kayfiyatini aks ettirib, Savonarola о‘z va’zlarida boylarniig dabdabali va turmush bekorchiligidan kelib chiqayotgan bema’nigarchilikdarni qattiq qoraladi va bir qancha mо‘tadil ijtimoiy islohotlar-daromad solig‘ining ijobiy formasini joriy qilish, kambag‘allarning qarzlarini bekor qilish, sudxо‘rlarni haydab yuborish, shaharlarda qarz beruvchi kassalar tashkil etish va h.zolarni talab qildi. Savonarola Rim papasini ham qattiq qoralab, papa saroyiga, undagi dabdaba va boylikka la’nat о‘qidi. Savonarola fransuzlarni «gunohga botgan Italiyaga» qarshi «xudo yog‘dirgan qahr-g‘azab» oqibati deb hisoblaydi.
Fransuz bosqinchilari о‘zlarining talonchiligi va jabr-zulmlari bilan tezda italyan jamiyatining hamma sinflarini о‘zlariga qarshi qо‘zg‘atdilar. Florensiyadan tashqari yana Neapolni ham bosib olgan fransuz qiroli Karl VIII ning dastlabki muvaffaqiyatlari italyan davlatlarining unga (qarshi birlashuviga olib keldi. Fransuzlar shoshilinch ravishda Italiyadan chiqib ketishga majbur bо‘ldilar. Fransuzlarning chiqib ketishi bilan Savonarolaning mavqei ham bо‘shashdi. U 1498 yilda papaning amri bilan qamoqqa olindi va sud qilinib, gulxanda kuydirildi. Qochib ketgan Medichilar 1512 yilda ispanlar yordami bilan qaytadan-hokimiyat tepasiga chiqib oldilar.
XVI asr boshida Italiya urushqoq qirol Fransisk I Valua boshchiligidagi fransuz feodallari bilan nomi tilga olingan imperator Karl V Gabsburg rahbarligidagi ispan-german feodallari о‘rtasida shiddatli urush maydoniga aylandi. 1525 yilda Paviya shahri yonida bu ikki dushman о‘rtasida qattiq jang bо‘ldi. Bu jangda Fransisk I batamom yengilib, Karl V uni asir oldi. Papa Kli­ment VII Gabsburglarling juda kuchayib ketishidan qо‘rqib, imperatorga qarshi Fransiya bilan Angliya ishtirokida Italiya davlatlarining koalitsiyasini uyushtirishga harakat qildi.
Karl V buni bilib qolib, 1527 yilda о‘z qо‘shinlarini Rimga yubordi. Papa asir olindi, Rim esa yanada shafqatsiz tarzda talandi. О‘n minglarcha Rim aholisi va shu jumladan, juda kо‘p xotin-qizlar va bolalar о‘ldirildi. Landoknextlar papa saroyi- Vatikanga kirib, uni ham taladilar va kо‘p joylarni vayron qildilar. 1527 yil 6 maydagi «talon-toroj kuni» italyanlar xotirasida uzoq vaqtlargacha dahshat va benihoya katta milliy baxtsizlik kuni bо‘lib qoldi.
XVI asrning oxirlari va XVII asrning boshlarida yashagan dominikanlik monax Tomazo Kampanello(1568—1639) Italiyaning atoqli mutafakkirlaridan biri edi. Kampanella 1600 yilda ispan Gabsburglarining zulmiga qarshi Kalabriyada kо‘tarilgan qо‘zg‘olonda qatnashdi. Kampanella qо‘zg‘olon vaqtida qamoqqa olinib, salkam 25 yil umrini har xil turmalarda о‘tkazdi. U turmada ekanida utopik (yunon.yо‘q joy,xayoliy taxminlarga kо‘ra, farovon joy) xarakterdagi «Quyosh shahri» («Civitas Solis») degan asarini yozdi. Tommazo Kampanelli “Quyosh shahri” asarida kambag‘allar ochlikdan о‘layotgan bir paytda Neapolda senyorlar “о‘z pullarini ov itlari-yu otlarga, qiziqchi artistlar-u aysh-ishratga sarflaydilar” deb yozgan edi. Senyorning 100 ekyu (frans.qalqon-fransuz tangasi bо‘lib, 1266 yilda qirol Lyudovik IX tomonidan zarb ettirilgan. XIII asrdan 1653 yilgacha oltindan, 1653 yildan to 1793 yilgacha kumushdan zarb qilingan, 1834 yil muomaladan chiqarilgan) daromadi bо‘lsa, unga qaram kishilarning yillik daromadi 3 ekyudan oshmas edi.
Ispaniyaga qaram bо‘lgan Neapol qirolligi Italiyaning boshqa mamlakatlari ichida eng ogir ahvolda qolgan mamlakat edi. Bu mamlakat iqtisodiy jihatdan nihoyatda zaif edi. Shaharlari va sanoati tanazzulga uchrab, qishloq tobora qashshoqlashib bordi. Ispan hukumati esa soliqlarni oshiraverdi. 1558 yilda 1 million 770 ming dukat barobarida soliqlar solingan bо‘lsa, 1620 yilda soliqlarning miqdori 5 million dukatga yetdi. 1647 yilda keng iste’mol mollariga (kambag‘allarning asosiy ovqati bо‘lgan meva va sabzavotga) yangi soliq joriy qilinishiga javoban, Neapolda qо‘zg‘olon kо‘tarildi. Bu qо‘zg‘olonda hunarmandlar, mayda savdogarlar va ishchilar qatnashdi. 1647 yil 7 iyuldagi qо‘zg‘olon natijasida Neapol xalq ommasi qо‘liga о‘tdi. Mazanello laqabi bilan mashhur bо‘lgan Tomazo Anello boshchiligida demokratik hukumat tuzildi.
Shahar rasmiy jihatdan ispan koroliga sodiq bо‘lib qoldi. Faqat uning amaldorlariga qarshi hujum qilindi, xolos. Neapolni о‘zining qarorgohi qilib о‘tirgan qirol noibi qо‘zg‘olonchilarga birmuncha yon berishga majbur bо‘ldi. Jumladan, xalqning ayniqsa g‘azabini qо‘zg‘atuvchi soliqlar bekor qilindi. Mazanello shahar lashkar boshlig‘i, general-kapitan sifatida tanildi. Ammo, oradan kо‘p о‘tmay, ispan hokimlari tomonidan yollangan kishilar xalq yо‘lboshchisi Mazanelloni о‘ldirdilar.
Biroq Mazanelloning о‘limidan keyin ham harakat tо‘xtamadi. Butun viloyat Neapolga qо‘shildi. Neapol respublika deb e’lon qilindi. Miltiq ishlab chiqaruvchi manufaktura egasi Jennaro Anneze degan kishi demokratik hukumatga bosh bо‘ldi. Neapol dvoryanlari ispanlar tomonida edi. Harakat rahbarlari bu vaktda Ispaniya bilan urush holatida bо‘lgan Fransiyaga tayanib ish kо‘rmoqchi bо‘ldilar. Ular Lotaringiya Gersogi Genrix Gizni qirollikka taklif qildilar va u Nea­polga keldi. Lekin Fransiyaning kardinal Mazarini hukumati Neapoldagi ishlar uchun yetarli darajada harbiy kuch ajrata olmadi. 1648 yil bahorida ispan ma’murlari qо‘shin bilan Neapolga qaytib keldilar va harakatning demokratik qatnashchilarini shafqatsiz jazoladilar. Anneze osib о‘ldirildi. Gersog Gizni esa turmaga qamadilar, ammo oradan kо‘p vaqt о‘tmay, fransuz hukumatining talabiga muvofiq u turmadan ozod qi­lindi. Yangi tuz solig‘i joriy qilinishi munosabati bilan 1647 yilda Sitsiliyada ham hukumatga qarshi xuddi shunday harakat boshlandi.
1656 yildan boshlab Neapol shahri aholisiga “kambag‘allarga, gadoylarga homiylik qilish, boshpana va ovqat berish” ta’qiqlab qо‘yildi. Avval gadoylarni ovqatlantirishgan bо‘lsa, endi ularni qamchi bilan savalab, surgun qilib, ishga yaroqlilaridan og‘ir ishlarda foydalanishgan. Bu voqea о‘z navbatida boshqa Yevropa mamlakatlaridagi ahvolga ham ta’sir qilgan.
Mamlakatda iqtisodiy tushkunlik boshlanganiga va siyosiy vaziyatning og‘ir bо‘lishiga qaramasdan, Italiya XVI asrning birinchi yarmida uyg‘onish va gumanim markazi bо‘lib qolaverdi. О‘tmishda tо‘plangan moddiy «boyliklar hamda XVI va XV asrlarda yetishib chiqqan olimlar, «yozuvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar, arxitektorlar va “Renessans” (Uyg‘onish) davrining boshqa namoyandalari xuddi mana shu vaqtda yetuk samaralarini berdi.
Renessans” (Uyg‘onish) atamasini birinchi bо‘lib italyan gumanisti, rassom va san’atshunos J.Vazari (1511-1574 yillarda yashagan) muomalaga kiritadi, XVIII asrdan boshlab bu atama ishlatilgan.
Italiyada ilk uyg‘onish va gumanizmning dastlabki vakili shoir Franchesko Petrarka (1304-1374) edi. U “Qо‘shiqlar kitobi”, “She’riy maktublari” kabi lirik she’rlar tо‘plamlarida shoir о‘zining yuksak darajadagi insonparvarlik g‘oyalari bilan yangi madaniyatning yaratilishiga asos soldi.
Jovanni Bokachcho (1313-1375) uning “Dekameron” asari zamondoshlari orasida katta muvaffaqiyat qozonib, kо‘p tillarga tarjima qilingan.
Kolyuchcho Salyutati (1331-1406) Florensiyada yashagan va yirik davlat lavozimida ishlagan. U о‘zining xatlari va nutqlarida Petrarka va Bokachchoning yangi renessans madaniyati dasturini yanada rivojlantirdi.
Florensiyaning eng mashhur siyosiy arbobi Nikkolo Makiavelli (1469—1527) ulkan mutafakkir, tarixchi, huquqshunos va faylasuf bо‘lgan, Makiavelli «Florensiya tarixi»ning muallifi hamda qadimgi Rim tarixchisi Tit Liviy va antik davrdagi boshqa mualliflar yozgan asarlarning sharhlovchisidir. Ammo u ayniqsa о‘zining «Podshoh» degan (taxminan 1512 yilda yozgan) kitobi bilan shuhrat qozongan.
Makiavelli bu kitobida Italiyaning о‘sha davrdagi ilg‘or sinflarining milliy birlik yо‘lidagi intilishlarini yaqqol ifodalab bergan. Makiavelli о‘z zamonasidagi italyan shahar respublikalari siyosiy tuzumining inqirozini aks ettirsa ham, respublikachilik qarashlardan voz kechadi. U butun umidini mo­narxiyaga bog‘laydi va monarxiya Italiyaning tarqokligiga barham berib, uni Ispaniya va Fransiyaga о‘xshash markazlashgan yagona davlatga aylantirishi kerak, deb umid qiladi. Makia­velli «Podshoh» asarida katta tarixiy tajribani umumlashtirdi.
Makiavelli XV—XVI asrlardagi g‘arbiy yevropa qirollari va hukmronlarining (ayniqsa Fransiyadagi Lyudovik XI va Italiyadagi Sezar Borjianing) amaliy ishlarini о‘rganib, yevropa olimlari orasida birinchi о‘laroq о‘z kitobida absolyutizm nazariyasini beradi, u absolyutizmni shunday bir davlat deb qaraydiki, unda huquqning negizi zо‘rlikdir, unda monarxlar hech qanday prinsiplarga yoki axloq qoidalariga amal qilmaydilar, balki faqat о‘z manfaatlari nuqtai nazaridangina ish qiladilar. Keyinchalik Makiavellining «Podshoh» asari Yevropadagi va hatto Sharqdagi kо‘pgina monarxlar uchun uzoq vaqtgacha dasturilamal bо‘lib qoldi, monarxlar о‘z absolyut va mustabid siyosatida Makiavellining maslahatlarini amalda qо‘llanib keldilar.
Keyingi italyan Uyg‘onish davrida tabiiyot va matematika fanlari sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Italyan matematigi Nikkollo Tartalya (1499-1527) snaryadlarning uchish yо‘lini hisoblab chiqdi va quyuvchi ustalarga maslahatlar berdi. Shu tariqa tо‘plar takomillashib bordi.
Mashhur Leonardo da Vinchi (1452—1519) eng ajoyib olim-injener, fizik, matematik, astronom va geolog bо‘lish bilan |birga tarix, falsafaga qiziqar, mexanika va harbiy ishni yaxshi bilishi bilan birga rassom ham bо‘lgan.
Leonardo 18 yoshdaligida uning otasi Florensiya respublikasi hukumatiga ishga о‘tadi va Florensiyada u о‘g‘lini haykaltarosh va rassom Andrea Verrokoga shogirdlikka beradi. Tarixchi va san’atshunos Vazarining yozishicha, Verroko 1476 yili “Isoning chо‘qintirilishi” asarida farishtalardan birini chizishni shogirdi Leonardoga topshiradi. Uning chizgan rasmini kо‘rgan Verroko surat chizishni tashlab, faqat haykaltaroshlik bilan shug‘ullana boshlagan deb yozadi.
Leonardoning dastlabki asari Florensiyadagi San-Donato monastirida “Volxvlar ta’zimi” asari bо‘lib, bu asar uning Milanga yuborilishi tufayli tugallanmay qoladi. Florensiya hokimi Lorenso Medichi Leonardoni Milan gersogi Lyudovik Sforsa huzuriga topshiriq bilan yuboradi. Hayotining keyingi 1482-1499 yillardagi eng unumli davrini u Milanda, gersog saroyida о‘tkazgan. Santa Mariya Della Gratsiya monastirida u о‘zining mashhur “Pinhoniy tanovul” rasmini chizdi. Uning loyihasiga binoan Milan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan katta kanal qurildi.
Leonardo do Vinchi 1499 yili Milandan Venetsiyaga va 1503 yili Florensiyaga qaytdi. Bu yerda u kanallar, uchar apparatlar loyihalarini chizdi. Olim, shuningdek, anatomiya, geologiya, gidravlika va mexanika sohalarida tadqiqotlar olib bordi. Xuddi shu paytda Leonardo “Mona Liza” (Jakonda) portreti ustida ish boshlagan.
Fransiya qirolining Lombardiyadagi noibi Sharl de Ambuaz taklifi bilan Leonardo da Vinchi 1516 yili Milanga keldi. Uni “birinchi rassom, me’mor va mexanik” lavozimiga tayinlashdi. Fransiya qiroli Fransisk I Leonardo uchun Ambuazda 2500 oltin ekyuga Klo Lyuse qal’asini olib bergan, xuddi shu yerda u to umrining oxirigacha yashab, ushbu qal’ada о‘zining eng buyuk asari “Mona Liza” (Jakonda) portretini chizib tugatdi. U 1519 yil 2 mayda vafot etdi.
Leonardo do Vinchini yaxshi bilgan odamlarning yozishicha, u о‘zining tashqi qiyofasi bilan ham yuksak gо‘zallikning namunasi edi: bо‘yi baland va qomati kelishgan, juda kuchli, u hatto о‘ng qо‘li bilan temir xalqani yoki taqani xuddi qо‘rg‘oshindek egardi. Leonardoning о‘limidan sо‘ng 7 ming sahifa yozuv, suratlar, chizmalar meros bо‘lib qolgan. U rasm chizishni afzal kо‘rib, uni san’atlar malikasi deb hisoblagan bо‘lsa-da, undan rasmlar juda kam qolgan.
Leonardo da Vinchi yaratgan «Pinxoniy tanavvul», «Madonna Litta», «Jakonda» singari kartinalar Uyg‘onish davridagi italyan san’ati ravnaqining buyuk namunalari sifatida bu­tun dunyoga mashhurdir.
Leonardo da Vinchidan uning san’atdagi raqibi Mikelanjelo Buanarotti (1475—1564) qariyb yarim asr yashagan. Uning yasagan 5,5 metrlik Florensiyadagi «Dovud» haykali grek va rim haykallaridan ham о‘zib ketdi. Zamondoshlari uni “Gigant” deb atashardi. Mikelanjelo bu haykalda dahshatli maxluqni tosh bilan urib о‘ldirgan afsonaviy chо‘pon yigitni tasvirlagan. Florensiyaning markaziy maydonida о‘rnatilgan “Dovud” haykali о‘sha vaqtdan buyon shaharning homiysi hisoblanib keladi.
Rim papasi Sikst IV davrida Rimda yangi cherkov Sikstin kapella (ital.kichik ibodatxona-katolik va anglikan me’morchiligida uncha katta bо‘lmagan inshoot yoki ayrim zodagonlarning oilaviy ibodati uchun mо‘ljallangan kichik ibodatxona) si qurildi. Kapellaning ulkan zali eng muhim cherkov marosimlariga mо‘ljallangandi. Sikstin kapellasini bezatish Uyg‘onish davrining eng mashhur rassomlariga topshirilgan edi. Ularning orasida bir о‘zi, yordamchisiz tо‘rt yil davomida 600 kv.m. shiftni Injil afsonalari ruhidagi rasmlar bilan bezagan Mikelanjelo ham bor edi.
Mashhur rassomning Sikstin kapellasidagi suratlarining soni 700 ga yaqin bо‘lib, u uzunligi 40metr, eni 13 metr va balandligi 20 metrli xonada chizilgan. Rassom ishi uchun Rim papasi Yuliy II unga dastlab 3 ming oltin dukat (G‘arbiy Yevropa davlatlaridagi kumush va oltin tanga bо‘lib, dastlab 1140 yilda Venetsiyada zarb qilingan) maosh tayinladi, keyin uni 6 ming dukatga yetkazdi. Sikstin kapellasidagi suratlardan biri- “Odam atoning yaratilishi”. Yaratuvchi- Xudo qо‘lini yerda yotgan birinchi odamga chо‘zib turibdi, ana shu qо‘l tegizish unga hayot ato qiladi.
Mikelanjelo loyihasiga kо‘ra Kapitoliy balandligida saroylar kompleksi barpo etilgan, hozir ularda muzeylar mavjud.
Rafael Santi (1483—1520) kichikroq bо‘lgan Urbino gersogligida rassom oilasida tug‘ilgan. Ota-onadan erta yetim qolgan Rafael 1494-1499 yillari mahalliy rassom Timeteo Vite ustaxonasida, 1500-1504 yillari Perudja shahrida Petro Perudjino qо‘lida saboq oldi. U 1504 yili “Mariyaning unashtirilishi” suratini chizdi.
Rafael 1504 yili Florensiyaga keladi. Shu yerda u о‘zining qator mashhur suratlarini chizdi. Oradan tо‘rt yil о‘tib u Rimga boradi. Rimda u papaning buyrug‘i bilan Vatikanda xonalarni va tantanali marosim zallarini bezatdi, Rimda Avliyo Pyotr cherkovining loyihasini chizdi. Papa Yuliy II ning topshirig‘iga kо‘ra uning shaxsiy xonalarini rasmlar- stanslarlar bilan bezadi. «Rafael stanslari» deb nom olgan bu rasmlar rassomning nomini abadiylashtirdi. U «Afina maktabi», «Iliadorning quvilishi» va «Borgoda yong‘in» kabi asarlari bilan mashhurdir. Vatikanda ishlash bilan birga, u qator tasviriy san’at asarlari, portretlar chizdi. “Madonna Alba”, “Kursidagi Madonna”, “Madonna di Foli” va nihoyat u Sikst monastri uchun 1513-1514 yillarda yaratgan «Sikst madonnasi» ni yaratdi. Uning bu asari Rafael Santi ijodining chо‘qqisi hisoblanadi. Bu asar rasmning alohida nafisligi va nozikligi bilan ajralib turadi. Rassom unda odamlarning baxt-saodati uchun о‘zining eng aziz va sevimli farzandini qurbonlik qila oladigan mard insonni-onani ulug‘ladi. “Injil” dan olingan bu sahna tasviri hozirgi kunda Germaniyaning Drezden shahri galeriyasida saqlanmoqda.
Rimdagi avliyo Pyotr sobori keyingi Uyg‘onish davridagi Ita­liya arxitektura san’atining g‘oyat buyuk yodgorligidir. Bu sobor butun asr davomida qurilgandir (1506 yilda boshlanib, 1590 yilda qurilib bо‘lgan). Uning balandligi 132 metr bо‘lib, 15 ming kv. metr maydonni egallaydi (ayo Sofiya esa 6800 kv. metr maydonni egallaydi). Qurilishni 70 yoshdan oshgan Mikelanjelo tugatdi. Soborning asosiy bezagi qilib Mikelanjelo ulug‘vor gumbazni yasadi, u kо‘pgina Yevropa cherkovlari uchun namuna vazifasini о‘tadi. Avliyo Pyotr sobori oldiga qachonlardir sirk arena (Qad.Rim tomashoxonalarining amfiteatr о‘rtasidagi qum sepilgan aylana maydoni) sida turgan qadimiy yodgorlikni tikladi. Afsonalarga kо‘ra о‘sha yerda Avliyo Pyotr qatl qilingan ekan. Yodgorlikning chо‘qqisiga xoch о‘rnatilgan. Sobor Uyg‘onish davrining arxitek­tura uslubida boshlanib, shundan ancha keyingi barokko (ital.ajib, g‘alati- Yevropa san’atidagi asosiy uslublardan biri bо‘lib, bu uslub mayda me’moriy bezaklarga mо‘lligi va yagona g‘oyaga bо‘ysunishi bilan ajralib turadi) uslubi elementlari bilan chatishib ketgan.
Vatikan hududida butun dunyoga taniqli me’moriy durdonalar-Muqaddas Pyotr ibodatxonasi, Vatikan muzeyi, Sikstin kapellasi va mashhur Vatikan kutubxonasi joylashgan. Oval shaklga ega 240 metr kenglikdagi mahobatli Muqaddas Pyotr maydoni atrofiga tо‘rt qatordan iborat 240 ta ustun va 140 ta haykal о‘rnatilgan. Maydonning markazidan mil.avv. I asrda Misrdan Rimga olib kelingan qilich shaklidagi tosh yodgorlik joylashgan.
XVI asrning ikkinchi yarmida ham Italiyaning iqtisodiy tushkunligi davom etdi. Italiya yangi jahon savdo markazlaridan tobora chetlasha bordi. Gabsburglarning Valua bilan bitim tuzishi natijasida Italiya 1559 yilgi Kato-Kambreziya sulhiga muvofiq uzil-kesil Ispaniya hukmronligi ostiga о‘tadi (Neapol, Milan va boshqalar). Xorijliklarning og‘ir zulmi hukmronlik qilgan uzoq davr boshlandi.
Mamlakatning ichki savdo va sanoati yana pasayadi. Ayrim shaharning aholisi bir necha baravar kamayib ketadi. Feodal dvoryanlarning ahamiyati kuchayadi. О‘z pomeshchiklariga tо‘laydigan soliqlar dastidan ezilgan dehqonlar yana buning ustiga juda kо‘p va og‘ir davlat soliqlari ham tо‘lashga majbur bо‘ladilar, bu soliqlardan keladigan daromad Italiyadagi mayda va juda mayda davlatlarning xarajatiga, qisman chet el feodallari foydasiga sarf qilinadi. Bu sharoitda italyan madaniyati pastlab ketadi. Mashhur italyan shoiri Torkvato Tasso (1544—1595) salib yurishlari syujetini о‘z ijodining mavzusi qilib oladi («Ozod qilingan Iyerusalim» dostoni) va ritsarlikni hamda diniy jо‘sh-xurujni kо‘klarga kо‘tarib maqtaydi. Ilmiy tekshirishlar endi Italiyada quvg‘in ostiga olinadi.
Kopernik ta’limotini targ‘ib qilgan italyan olimi as­tronom Galileo Galiley (1564—1642) buyuk olim, astronom, fizik, shoir, komediyalar muallifi edi. U osmonni teleskop bilan kuzatgan yevropalik birinchi olim edi. Galiley geliotsentrik nazariyani asosladi. U osmon jismlarini 32 marta kattalashtirib kо‘rsatadigan teleskop yasadi. Shu teleskop yordamida u quyoshdagi dog‘larni va ma’lum bо‘lmagan yulduzlarni kashf etdi. U Oy ustidagi tog‘ga о‘xshash jismlarni, Yupiterning 4 ta yо‘ldoshini, Veneraning fazalarini ham kashf qildi. Inkvizitsiya uning ishlarini qoraladi. 1616 yilda Kopernikning ta’limotini rasman ta’qiqladilar. Rim papasi uni Rimga chaqirib, 70 yoshli olim inkvizitsiya sudi oldida javob berishi kerak edi. Sо‘roq besh oy davom etdi. 1633 yil 22 iyunda Muqaddas Minevra monastirida sudning barcha a’zolari ishtirokida hukmga bо‘ysunib, tavba qilayotgan gunohkor kiyimida Galiley tiz chо‘kib о‘z qarashlaridan voz kechishi sо‘zini aytdi. Uning gunohi kechirildi va unga kitob yozish man qilindi. Inkvizitsiya Galileyni umrbod qamoqqa hukm qilib, bu hukmni qishloqqa surgun qilish bilan almashtiradi. Galiley umrbod inkvizitsiya ta’qibi ostida bо‘lib, qishloqda vafot etadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin