2 - rasm. Qutbli molekula dipoli Tashqi elektrostatik maydon bo‘lmaganda molekulalarning tartibsiz harakati tufayli dielektrik bo‘yicha molekulalarning umumiy dipol momentlari nolga teng bo‘ladi. Agar bunday dielektrik tashqi elektrostatik maydonga qo‘yilsa, maydon kuchlari dipollarni maydon yo‘nalishiga qarab burishga harakat qiladi va noldan farqli umumiy dipol momenti paydo bo‘ladi.
Shundayqilib, tashqi elektrostatik maydon ta’sirida ikkala turdagi dielektrikda ham noldan farqli dipol momentlari hosil bo‘ladi. Bu hodisa dielektriklarning qutblanishi deb ataladi.
Demak, qutblanish deb, tashqi elektrostatik maydon ta’sirida dipollarning maydon kuch chiziqlari tomon yo‘nalishini o‘zgartirish jarayoniga aytiladi.
Quyidagi qutblanish turlari mavjuddir:
1) elektronli qutblanish;
2) orientatsiyaviy yoki dipolli qutblanish.
Elektronli qutblanish deb, qutbsiz molekulalardan tashkil topgan dielektrik, tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, atomlar elektron qobiqlarining deformatsiyasi hisobiga induktsiyaviy dipolmomentlari hosil bo‘lishiga aytiladi.
Orientatsiyaviy yoki dipolli qutblanish deb,qutbli molekulalardan tashkil topgandi elektrik tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, tartibsiz yo‘nalgan molekulalar dipolmomentlarining maydon yo‘nalishiga qarab burilishiga aytiladi. Ammo, molekulalar issiqlik harakati natijasida faqat ayrim molekulalarning dipol momentlari maydon yo‘nalishi bo‘yicha joylashadi va u maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
2.Qutblanish vektori
Dielektrikning qutblanganlik darajasini xarakterlash uchun, qutblanish vektori deb ataluvchi fizik kattalik tushunchasi kiritiladi.
Qutblanish vektori deb, dielektrikning bir birlik hajmidagi barcha dipollar elektrmo-mentlarining vektor yig‘indisiga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi, ya’ni V elementar hajmdagi n ta dipolning elektr momentlari yig‘indisini V hajmga bo‘lgan nisbatiga teng
, (2.1)
bunda – qutblangan i – molekulaning elektrmomenti.
Agar qutbsiz molekulali izotrop dielektriklar bir jinsli elektrostatik maydonga kiritilsa, dipolning elektr momenti barcha molekulalar uchun bir xil bo‘ladi:
, (2.2)
Bu yerda n0 – dielektrikning birlik xajmidagi molekulalar soni – kontsentratsiyasidir.
Demak, qutbsiz molekulada induktsiyalangan dipolning elektrmomenti quyidagicha ifodalanadi: , (2.3)
Agar deb belgilasak, – atomning qutblanuvchanligi, - dielektrikning dielektrik qabul qiluvchanligini bildiradi. , (2.4)
Dielektrik qabul qiluvchanlik deb, bir birlik hajmdagi dielektrik molekulalarining qutblanuvchanligiga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi.