4- rasm. R radiusli yakkalangan shar Elektr sig‘imi XB tizimida Farada bilan o‘lchanadi va bu birlik juda katta o‘lchov birligi hisoblanadi. S = 1 F deb hisoblasak, = 1 bo‘lganda
bu yerda vakuumning dielektrik singdiruvchanlik ifodasidan foydalansak:
ga teng bo‘ladi. Bu Oy bilan Yer orasidagi masofaga nisbatan 23 marta kattadir.
Farada katta o‘lchov birligi bo‘lganligi uchun quyidagi kichik birliklar ishlatiladi:
5.Kondensatorlar va ularning sig’imi Elektr sig‘imining ifodasi quyidagidan iborat bo‘lgani uchun
, (5.1)
sig‘im asosan, o‘tkazgichning shakli va o‘lchamlariga hamda muhitning dielektrik singdiruv-chanligiga proportsionaldir.
Amalda, nisbatan kichik o‘lchamlariga qaramay, yetarlicha zaryadlarni o‘zida yig‘a oladigan qurilmalar kondensatorlar deb ataladi.
Kondensator ikkita parallel o‘tkazgich qatlamidan iborat bo‘lib, ularda qarama-qarshi ishorali zaryadlar to‘planadi. Qoplamalar orasida dielektrik modda bo‘ladi.
6.Har xil geometrik shaklli kondensatorlar elektr sig’imi Kondensator qoplamalari ikkita yassi plastinkadan, ikkita koaksial tsilindrdan yoki ikkita kontsentrik sferadan iborat bo‘lishi mumkin va ular shakliga binoan yassi, silindrik yoki sferik kondensatorlar deb ataladi.
Odatda kondensatordagi elektr maydoni kuch chiziqlari bir qoplamada boshlanib, ikkin-chisida tugaydi.
5 - rasm. Yassi kondensator Kondensator sig‘imi qoplamalardagi zaryad miqdoriga to‘g‘ri proportsional va qoplamalar orasidagi potentsiallar farqiga teskari proportsionaldir.
, (6.1)
5-rasmda yassi kondensator tasvirlangan. S – yuzali ikkita yassi metall plastinkalar orasi-dagi masofani d ga teng deb hisoblaymiz, qoplamalarda esa - q va + q sirt zaryadlari induktsiya-langan bo‘ladi.
Qoplamalar orasida dielekrik singdiruvchanlikka ega bo‘lgan modda bo‘lsa, potentsiallar farqi quyidagiga teng bo‘ladi:
, (6.2)
bu yerda q = · S, - sirt zaryadi zichligi, S – qoplamalar yuzasi. Natijada, yassi kondensator sig‘imi quyidagiga teng bo‘ladi.
, (6.3)