Nazorat uchun savollar: 1.Elektr maydoniga kiritilgan dielektrikning holati.Qutblangan va qutblanmagan dielektriklar.
2.Qutblanish vektori kattaligi bog‘langan zaryadlarning sirt zichligi va tashqi elektr maydon kuchlanganligi bilan qanday bog‘langan?
3.Elektr siljish vektorini ta’riflang. Siljish vektorini elektr maydon kuchlanganligi bilan qanday bog‘langanligini tushuntiring. Bog‘langan va erkin zaryadlarining sirt zichliklari qanday bog‘langan .
4.Elektr maydoniga kiritilgan o‘tkazgichni holati (o‘tkazgichda bo‘ladigan o‘zgarishlar ).Zaryadlangan o‘tkazgich ichidagi elektr maydonning kuchlanganligi qanday bo‘ladi?
5.Qanday sharoitda o‘tkazgichlarda zaryadlar muvozanatda bo‘ladi.Zaryadlangan o‘tkazgichda zaryadlar qanday taqsimlanadi .Metallarda potensiallar taqsimoti qanday bo‘ladi?
6.O‘tkazgichning elektr sig‘imini tushuntiring. U nimaga bog‘liq? Yakkalangan sharni elektr sig‘imi qanday aniqlanadi ? Turli geometrik shakldagi kondensatorlar. Kondensatorlar tizimi , ularni ketme-ket va parallel ulash .
7.Zaryadlar tizimining energiyasi qanday aniqlanadi? Zaryadlangan o‘tkazgichning energiyasi, kondensatorning energiyasi.
8.Nima uchun zaryadlangan o‘tkazgichni energiyasini uning elektr maydoni energiyasiga teng deb qaraladi? Qanday qilib kondensator energiyasini elektr maydonini xarakterlovchi kattalikklar bilan ifodalash mumkin?
8-MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR Oraliq masofasi d=5∙10-3 m bo‘lgan yassi kondensator plastinkalari orasiga φ=90 V potensial qo‘yilgan. Plastinkalardagi zaryad mirdori Q=10-7 Kl. Plastinkalar yuzasi S aniqlansin.
Yassi kondensator U=1000 V potensiallar ayirmasigacha zaryadlangan. Uning plastinkalari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi F=0.04 N ga teng, oraliq masofa esa d=0.1 sm. Kondensator plastinkalari yuzasi S topilsin.
Yassi kondensator plastinkalaridagi bir tekis taqsimlangan zaryadning sirt zichligi σ=0.2 mkKl/m2 . Plastinkalar orasidagi masofa d1=1 mm. Agar oraliq masofani d2=3 mm gacha oshirsak, plastinkalar orasidagi potensiallar ayirmasi qanchaga o‘zgaradi ?
Slyudali kondensator plastinkalarining yuzasi S=6∙10-4 m2. Ular orasidagi masofa d=2.2 mm. Plastinkalar P=0.4 mN kuch bilan o‘zaro tortishadi. Plastinkalar orasidagi potensiallar ayirmasi va kondensatorning elektr sig‘imi topilsin. Slyudaning dielektrik singdiruvchanligi ε =6.
Yassi kondensator, radiuslari R=20 sm li, doira shaklidagi plastinkalardan yasalgan. Plastinkalar orasidagi masofa d=5 mm. Kondensator U=3000 V kuchlanishli manbaga ulangan. Agar plastinkalar orasida: 1) havo bo‘lsa; 2)shisha bo‘lsa, kondensatordagi zaryad Q va elektr maydon kuchlanganligi topilsin.
Shisha uchun yassi kondensatorning sig‘imi C, potensiallar ayirmasi U, plastinkalar orasidagi masofa d bo‘lsa, plastinkalar o‘zaro qanday kuch bilan tortiladi?
Radiusi R1=3 sm va zaryadi Q=10-9 Kl bo‘lgan sharni, ikkinchi R2=4 sm radiusli shar ichiga konsentrik joylashtirib qo‘yilsa, ichki sharni potensiali qanchaga teng bo‘ladi? Ikkinchi shar yerga ulangan.
Yog‘ ichiga tushirilgan sharning sig‘imi, radiuslari R1=10 sm va R2=10.5 sm li va orasiga yog‘ to‘ldirilgan sferik kondensatorning sig‘imiga teng bo‘lishi uchun, sharni radiusi qanday bo‘lishi kerak? Yog‘ uchun ε=2.5 .
Ikki konsentrik metall sfera radiuslari R1=6 sm , R2=10 sm, zaryadlari esa Q1=10-9 Kl va Q2=2∙10-9 Kl . Sferalar markazidan r1=5 sm, r2=8 sm va r3=15 sm masofada yotgan nuqtalardagi maydon kuchlanganligi va potensiallari topilsin.
Radiuslari R1=2 sm va R2=6 sm bo‘lgan metall sharlar o‘tkazgich bilan bir-biriga ulangan.Ularga Q=1 nKl zaryad berilgan. Sharlardagi zaryadning sirt zichliklari σ1 , σ2 topilsin.
Radiusi R1=6 sm bo‘lgan shar φ1=600 V potensialgacha va radiusi R2=4 sm li shar φ2=500 V potensialgacha zaryadlangan. Sharlar sim orqali ulansa, ularning potensiali φ qanday bo‘ladi?
Yassi kondensatorning qoplamalari orasiga shisha plastinka (ε=7) kiritib qo‘yilgan va U1=100 V potensiallar farqigacha zaryadlangan. Kondensator qoplamalari orasidan shisha plastinka chiqarib olinsa, plastinkalardagi potensiallar ayirmasi U2 qanday bo‘ladi ?
Plastinkalari orasida havo bo`lgan birinchi kondensatorni U1=600 V potensiallar farqigacha zaryadlab, manbadan uzilgan. Keyin bu kondensatorga ikkinchi xuddi shunday, lekin oralig`i farfor bilan to‘ldirilgan, lekin zaryadlanmagan kondensator parallel ulangach, potensiallar ayirmasi U2=100V gacha kamaygan. Farforni dielektrik singdiruvchanligi ε aniqlansin.
Sig‘imi C1=0.2 mkF bo‘lgan kondensator =320 V kuchlanishgacha zaryadlangan. Unga =450 V kuchlanishgacha zaryadlangan ikkinchi kondensator parallel ulangach, ikkinchi kondensatorning kuchlanishi =400 V bo`ldi. Ikkinchi kondensatorning sig‘imi C2 aniqlansin.
Uchta bir xil kattalikdagi simob tomchilari φ1=20 V potensialgacha zaryadlangandan keyin, ularni qo‘shib bitta tomchi hosil qilingach, uning potensiali φ2 qanday bo‘ladi?
Ikkita shar, birini diametri d1=10 sm va zaryadi q1=6∙10-10Kl. Ikkinchisini diametri d2=30 sm va zaryadi q2=-2∙10-9 Kl. Ular ingichka uzun sim bilan bir-biriga ulangan. Simdan qanday Q zaryad oqib o‘tadi?
Radiusi R1=20 sm bo‘gan shar φ1=100 V potensialgacha zaryadlanib, ikkinchi zaryadsiz shar bilan ulanganda, potensial φ2=300 V gacha tuchgan. Ikkinchi sharning radiusi topilsin .
Yassi kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligi σ=3∙10-7 Kl/m2 ga teng, sig‘imi C=10 pF . Plastinkalar yuzasi S=100 sm2 . Elektron plastinkalar orasidagi masofani otganda erishgan tezligi topilsin.
Plastinkalarining yuzasi S=150 sm2 va ular oralig‘i d=5 mm ga teng bo`lgan yassi kondensator elektr yurituvchi kuchi ε=9.42 V ga teng bo‘lgan akkumulyatorga ulanib, kerosinga tushirilsa (ε=2), simdan qancha Q o‘tadi ?
Yassi kondensatorni kuchlanishi U=200 V bo‘lgan manba orqali zaryadlab, keyin manbadan uzib qo‘yilgan. Plastinkalar oralig‘i d1=0.2 mm dan d2=0.7 mm gacha kengaytirilsa va slyuda bilan to‘ldirilsa, ular orasidagi kuchlanish qanday bo‘ladi?
Sig‘imlari C1=1 mkF va C2=2 mkF bo‘lgan kondensatorlar mos ravishda U1=20 V va U2=50 V potensiallar ayirmasigacha zaryadlangan, so‘ngra ular bir jinsli uchlari bilan bir-biriga ulangan. Umumiy potensiallar ayirmasi qanday bo‘ladi ?
Sig‘imi C1=4 mkF bo‘lgan kondensatorni U1=10 V gacha, sig‘imi C2=6 mkF bo‘lgan kondensatorni esa U2=20 V gacha zaryadlab, ular parallel ulansa, birinchi kondensator plastinkalaridagi zaryad qanday bo`lib qoladi (kondensator qarama-qarshi ishorali zaryadga ega bo‘lgan plastinka uchlari bilan ulangan)?
Radiusi R1 metall sharchaga Q1 zaryad berilib, uni ingichka uzun sim orqali radiusi R2 bo‘lgan zaryadlanmagan sharga ulangandan keyin har bir shardagi zaryad va potensial topilsin. Simdagi zaryad hisobga olinmasin.
Radiuslari R1=4 sm va R2=10 sm bo‘lgan metall sharlarga Q1=+0.6∙10-7 Kl va Q2=-3∙10-8 Kl zaryad berilgan. Agar sharlarni uzun sim bilan ulansa zaryadlar taqsimoti qanday bo‘ladi? Simni zaryadi hisobga olinmasin.
Kondensatorni potensiallar ayirmasi U1=20 V gacha zaryadlab, uni sig‘imi C2=33 mkF bo‘lgan va U2=4 V potensiallar ayirmasigacha zaryadlangan ikkinchi xuddi shunday kondensatorga ulanganda, kondensatorlardagi potensiallar ayirmasi U=2 V gacha tushib qolgan. Birinchi kondensator sig‘imi C1 aniqlansin. Kondensatorlar turli ishorali zaryadlarga ega bo‘lgan plastinkalar orqali ulangan.
Sig‘imi C1=1 mkF bo‘lgan kondensator U1=1000 V ga teng potensiallar ayirmasigacha zaryadlangan. Ikkinchi C2=2 mkF sig‘imga ega bo‘lgan kondensator potensiallar ayirmasi U2 gacha zaryadlangan. Kondensatorlarni turli ishorali plastinkalar uchlari bilan bir-biriga ulanganda umumiy kuchlanish U=200 V bo‘lgan bo‘lsa, U2 kuchlanish qanday bo‘ladi?
Radiusi R1=10 sm bo‘lgan shar φ1=20 V potensialgacha, radiusi R2=5 sm ga teng shar esa φ2=10 V potensialgacha zaryadlanib, ular o‘zaro ulansa, sharlardagi zaryadlarning sirt zichligi qanday bo‘ladi?
Radiuslari R1=1 sm , R2=2 sm , R3= 3 sm bo‘lgan uchta zaryadlangan sharlar o‘zaro ulansa, umumiy zaryad Q sharlarda qanday taqsimlanadi?
Radiuslari bir-biridan 5 marta farq qiladigan ikkita shar bir xil ishorali zaryadlar bilan teng miqdorda zaryadlangan. Agar ularni sim bilan bir-biriga ulasak, ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi necha marta o‘zgaradi?
Zaryadlangan yassi kondensator qoplamalari orasiga dielektrik singdiruvchanligi ε bo‘lgan dielektrik kiritilgan. Dielektrik plastinkalar oralig‘ini zich egallab, ular yuzasini yarmisigacha egallaganda, plastinkalar orasidagi kuchlanish U necha marta o‘zgaradi ?
Yassi kondensator plastinkalarini yuzasi S=25∙25 sm2 , oraliq masofasi d1=0.5 mm . Kondensator U1=10 V gacha zaryadlanib, manbadan ajratilgan. Agar plastinkalar oralig‘ini d2=5 mm o‘zgartirilsa, hosil bo`lgan potensiallar ayirmasi U2 ni aniqlang.
Radiusi R1=6 sm li shar φ1=300 V potensialgacha zaryadlanib, u φ2=500 V gacha zaryadlangan ikkinchi shar bilan o‘tkazgich yordamida ulangandan keyin umumiy kuchlanish φ=380 V gacha tushgan. Ikkinchi sharning radiusi R2 aniqlansin. O‘tkazgich sig‘imi hisobga olinmaydi.
Zaryadlangan yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa d=1 mm. Oraliq masofani d2=3 mm gacha o‘zgartirilsa, plastinkalar orasidagi potensiallar ayirmasi ΔU=22.6 V ga o‘zgargan. Kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligi σ topilsin.
Koaksial kabel markazidagi o‘tkazgichning radiusi r1=1.5 sm, uning tashqi qobig‘ining radiusi r2=3.5 sm. Markaziy o‘tkazgich bilan tashqi qobig‘ orasiga U=2300 V kuchlanish berilgan. Kabel o‘qidan X=2 sm masofada joylashgan nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligi aniqlansin.
Silindrik kondensatorning radiuslari R1=1.5 sm va R2=3.5 sm . Silindrlar orasiga U=2300 V kuchlanish qo‘yilgan. Shunday maydonda silindrlar o‘qidan 1=2.5 sm masofadan 2=2 sm masofagacha ko‘chgan elektron qanday tezlik oladi?
Radiuslari R1=10 sm va R2=10.5 sm ga teng bo‘lgan konsentrik sferalardan tashkil topgan sferik kondensatorning qoplamalari orasi yog‘ bilan to‘ldirilgan. Sferik kondensatorning C sig‘imiga teng sig‘imga ega bo‘lishi uchun, yog‘ga tushirilgan sharning radiusi qanday bo‘lishi kerak?
Sferik kondensatorni ichki sferasinig radiusi R1=1 sm, tashqi sferaning radiusi R2=4 sm. Ular orasiga U=3000 V potensiallar ayirmasi qo‘yilgan. Sferalarning markazidan X=5 sm masofadagi nuqtada elektr maydon kuchlanganligi aniqlansin .
Ikkita o‘tkazgichga bir xil miqdorda zaryad berilgan bo‘lib, ular φ1=40 V va φ2=60 V potensialga ega. Agar ular ingichka sim bilan bir-biriga ulansa, umumiy potensial φ qanday bo‘ladi?
Plastinkalari orasiga slyuda ε=7 joylashtirilgan yassi kondensator akkumulyator cim bilan ulangan, kondensatordagi zaryad Q0=14 mkKl ga teng. Plastinkalar orasidan slyuda chiqarilsa qancha zaryad ΔQ simdan o‘tadi?
Sig‘imlari C1=2 mkF va C2=3 mkF bo‘lgan kondensatorlar o‘zaro ketme-ket ulanib, keyin EYuK ε=30 V ga teng bo`lgan tok manbaiga ulangan. Kondensatorlardagi zaryad Q va ulardagi potensiallar ayirmasi U aniqlansin.
EYuK ε=300 V li elektr manbaiga C1=2 pF , C2=3 pF sig‘imga ega va o‘zaro parallel ulangan ikkita yassi kondensator ulansa, kondensatorlardagi zaryad Q va kuchlanish U aniqlansin.
EYuK ε=100 V li elektr manbaiga C1=0.1 mkF , C2=0.6 mkF , C3=0.15 mkF sig‘imli uchta kondensator ketma-ket uchta ulangan. Kondensatorlarning har biridagi zaryad miqdori va plastinkalar orasidagi kuchlanishlar aniqlansin.
Har birining yuzasi S= 100 sm2 ga teng bo‘lgan yassi kondensator qoplamalari orasiga U=280V potensiallar ayirmasi qo‘yilgan. Kondensator elektr maydoni kuchlanganligi E=560 V/sm. Kondensator maydoning energiyasi topilsin .
101. Manbadan uzilgan zaryadlangan yassi kondensator qoplamalari oralig‘i ikki marta kamaytirilganda, uning maydon energiyasi necha marta o‘zgaradi?
102. Izolyator vazifasini bajaruvchi parafin shimdirilgan qog‘oz (ε=2) qoplamalari oralig‘i d=2 mm bo‘lgan yassi kondensator qoplamalari orasiga kiritilgan. Qoplamalarga U=200 V kuchlanish qo‘yilgan maydon energiyasining zichligi w topilsin ?
103. Oltita bir hil sig‘imli va o‘zaro parallel ulangan kondensatorlardan tuzilgan batareya U=400 V gacha zaryadlangan. Batareya zaryadlanganda W=0.24 J issiqlik ajralib chiqadi. Bitta kondensatorning sig‘imi topilsin.
104. Ikkita metall plastinka parallel holda bir-biridan d=0.6 sm masofada joylashtirilgan. Ular orasidagi maydon kuchlanganligi E=700 V/sm. Plastinkalardagi zaryad miqdori Q=0.8 mKl . Bunday kondensatorda to‘plangan energiya miqdori aniqlansin?
105. Zaryadlangan kondensator huddi shunday zaryadlanmagan kondensatorga ulansa, maydon energiyasi necha marta o‘zgaradi?
106. Sig‘imi C=100 nF bo‘lgan kondensator U1=200 V kuchlanishgacha zaryadlanib, manbadan uzilgan, qoplamalar orasiga dielektrik kiritilsa, kuchlanish U2=100 V gacha tushgan. Dielektrikni dielektrik singdiruvchanligi ε topilsin ?
107. Qoplamalarining yuzasi S= 200 sm2 , oralig`i d=0.5 sm bo`lgan yassi kondensator ichiga parafin (ε=2) kiritilgan va U=200 V gacha zaryadlangan. Manbadan uzilmagan holda qoplamalari orasidagi dielektrik chiqarib olinsa, kondensator energiyasi necha marta o‘zgaradi?
108. Radiuslari R1 va R2 bo‘lgan sharlar bir-biridan ancha uzoqda joylashtirilgan. Ular φ1 va φ2 potensiallargacha zaryadlangach, bir-biriga ingichka sim bilan ulansa, sharlar tizimini energiyasi qancha o‘zgaradi?
109. Qoplamalari orasiga slyuda (ε=6) kiritilgan yassi kondensatorning sig‘imi C=2 mkF. Kondensator potensiallar ayirmasi U=600 V gacha zaryadlangach, manbadan uzilgan. Kondensator qoplamalari orasidagi slyudani chiqarib olish uchun qanday ish bajarish kerak ?
110. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi masofa d=1 sm. Har bir qoplamaning yuzasi S=100 sm2 , dielektr havo. Kondensatorni U=800 V gacha zaryadlab manbadan uzilgan. Zaryadlangan kondensator qoplamalarining oralig‘ini d=3 sm gacha kengaytirish uchun qanday ish bajarish kerak?
111. Radiusi R1=3 sm bo‘lgan shar =3 kV gacha zaryadlangan, radiusi R2=4 sm li sharga esa Q2=0.2 nKl zaryad berilgan. Sharlar o‘zaro sim bilan ulanib razryadlansa , qancha energiya chiqadi?
112. Yassi kondensator qoplamalari orasi oralig‘i dielektrik bilan to‘ldirilib, ularga potensiallar ayirmasi berilganda kondensator energiyasi W=20 mkJ ga teng bo‘lgan. Kondensatorni manbadan uzilgach, dielektrikni qoplamalar orasidan chiqarib olish uchun elektr maydon kuchiga qarshi bajarilgan ish A=70 mkJ teng. Dielektrikning dielektrik singdiruvchanligi ε topilsin .
113. Qoplamalari orasidagi masofa d1=1 sm bo‘lgan yassi havo kondensatorini U=700 V potensialgacha zaryadlab, va manbadan uzmay turib, qoplamalari oralig‘ini d2=2 sm gacha kengaytirilganda qanday ish bajarilgan? Qoplamalarning yuzasi S= 100 sm2 .
114. Yassi kondensator qoplamalari orasi farfor (ε=5) bilan to‘ldirilgan. Farforni hajmi V= 100 sm3 . Yassi kondensator qoplamalaridagi zaryadning sirt zichligi σ=8.85 nKl /m2 . Kondensator qoplamalari orasidan farforni chiqarib olish uchun qanday ish bajarish kerak ?
115. Radiusi R1=2 sm bo‘lgan sharni zaryadlab, uni ikkinchi zaryadsiz radiusi R2=3 sm li sharga tegizib so‘ngra ajratilganga, ikkinchi sharga W=0.4 J energiya o‘tgan. Sharlar ulangunga qadar, birinchi sharni zaryadi aniqlansin?
116. Sig‘imi C1=0.7 nF bo‘lgan kondensatorni potensiallar ayirmasi U1=1.5 kV bo‘lgunga qadar zaryadlab, manbadan uzilgach, sig‘imi C2=0.45 nF ga teng zaryadsiz ikkinchi kondensatorga parallel ulangan. Kondensatorlarni ulash paytida chaqnash tufayli qancha energiya W yo`qotiladi?
117. Sig‘imi C=1 nF ga teng bo‘lgan yassi kondensatorni U=300V potensiallar ayirmasigacha zaryadlangach, manbadan uzilgan, qoplamalar orasidagi masofa 5 marta oshirilsa, oraliq masofani kengaytirishda bajarilgan ish A topilsin ?