Aksincha, bu xil usullar zamonaviy nasrchilikda nisbatan kam qo'llanadi, aksariyat epik asarlarda «obyektiv tasvir» yo'lidan boriladi, ya’ni yozuvchi xolis kuzatuvchi mavqeida turadi va o'zining bosh vazifasi deb o'z-o'zicha sodir bo'layotgan voqealami tasvirlab berishni tushunadi. Epik asarlar tahlilida e’tibor qaratish muhim bo'lgan unsurlar sirasida obrazlar sistemasini ajratish zarur bo'ladi. Obrazlaming bir- biri bilan mazmuniy munosabati asosida asarning mazmuni ochiladi. Obrazlar sistemasi kompozitsiyaning muhim elementi bo'lib, u muallifning ijodiy niyatiga muvofiq tarkiblanadi. Obrazlar sistemasi deyilganda, xususan, yirik epik asarlar haqida gap borganda ko'proq undagi personajlaming jami tushuniladi (biroq obrazlar sistemasi asardagi boshqa obrazlar narsa-buyumlar, tabiat, jonivorlar va h.k.lami ham o'z ichiga olishini har vaqt yodda tutish zarur). Epik asardagi obrazlar asar voqeligida egallagan mavqei, syujet rivojida o'ynagan roli, muallif badiiy konsepsiyasini ifodalashdagi ahamiyati kabi jihatlardan bir-biridan farqlanadi. Shunga ko'ra, odatda
qahramon, ikkinchi darajali personaj va yordamchi personajlar obrazlari ajratiladi. Qahramon deganda asar syujetida, muallif badiiy konsepsiyasini ifodalashda yetakchi ahamiyat kasb etuvchi personajlar tushuniladi. Ikkinchi darajali personajlar asar qahramonlari tegrasida harakatlanib, syujet rivoji va badiiy konsepsiyaning ifodalanishida ma’lum rol o‘ynagani holda, asosan qahramon xarakterini ochishga, u harakatlanayotgan muhitning xususiyatlarini, uning taqdirini ko'rsatishga xizmat qiluvchi vosita sifatida namoyon bo'ladi. Yordamchi personajlar yuqoridagilaming har ikkisiga nisbatan yordamchilik