xarakteri, hikoyada esa konkret hayotiy voqea turadi. Ko‘ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan mavqei, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahramon vosita, — dunyoni anglash (bunisi maqsad) vositasi, qissanavis uchun qahramonning o‘zi maqsad (voqea-hodisalar vosita), hikoyanavis uchun voqeaning o‘zi maqsad bo‘lib qoladi. Epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mezon boMolmaydi. Zero, ayrim hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin boMishi va aksincha holatlar kuzatilishi mumkin. Biroq odatda, hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda kattalashib borishi ham inkor qilib boMmaydigan haqiqatdir. Epik janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Masalan, syujet nuqtai nazaridan olinsa, roman ko‘p planli murakkab syujetga egaligi, qissa syujeti asosan bosh qahramon tevaragida uyushishi, hikoya syujeti odatda bitta yoki bir-biriga uzviy bogMiq bir necha voqea asosiga qurilishi kuzatiladi. Hikoya, qissa va roman eposning asosiy janrlari sanaladi. Shu bilan birga, epik turning asosiy boMmagan qator janrlari ham mavjud. Ulami hayotni badiiy qamrash koMami jihatidan quyidagi tartibda tasniflash mumkin: 1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse; 2) o‘rta epik shakllar: qissa (povest) 3) katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlami kiritib o‘tish darkor. Masalan, badia, etyud, ocherk kabilar sof badiiy proza namunasi boMmay, badiiy-publisistik janrlar sanaladi. Yoki hoziigi adabiyotda ommalashib borayotgan esse janri, birinchidan, badiiy-publitsistik xarakterga