tushunishimiz mumkin. Biroq bu she’rdagi ramzlar qatida boshqa bir ma’no ham mustaqil holda mavjud bo'lib, bu ma’noni o'z vaqtida
shoirga ruhan yaqin kishilar tushunganlar. Sababi, ular ramzlaming ma’nosi anglashiladigan kontekstdan — shoiming hayot yo‘li, orzu- intilishlari, she’r yozilgan paytdagi ruhiy holati va h.k. omillardan xabardor bo‘lganlar. Demak, hozirda ham she’mi Cho‘lponning hayot yo‘li va ijodiy merosi kontekstida o ‘rganilsa, ramziy ma’no anglashilishi mumkin. Ramzning tabiati haqidagi fikrlami R.Parfi she’ridan olingan tubandagi parcha misolida ham ko‘rishimiz mumkin: Yana keldim mahzun go‘shaga Bunda bir nay yotibdi sinib. Qo‘y sig‘inma ortiq o ‘shanga, Qo‘y sig‘inma unga sevgilim... Parchadagi «singan nay» ramzdir. Mazkur ramzni o‘z ma’nosida ham (ya’ni o ‘sha go‘shada chindanam singan nay yotibdi degan ma’noda), shuningdek, uni lirik qahramonning yo‘qotilgan hislari, armonga aylangan orzulari ma’nosida ham tushunish mumkin boMadi. Ikkinchi holatda biz «singan nay»ni ramz sifatida qabul qilgan bo‘lamiz. Masalaning yana bir muhim tomoni shuki, «singan nay» bilan «yo‘qotilgan hislar, armonga aylangan orzular» orasida hech qanday, ya’ni metaforadagi kabi o'xshashlik yoki metonimiyadagi kabi aloqadorlik asosidagi munosabat mavjud emas. Ya’ni «singan nay» faqat shu kontekst doirasidagina shartli ravishda o ‘sha mazmunni ifodalashi mumkin. Xuddi shu gap ChoMponning «Qalandar ishqi» she’ridagi «yor», «muhabbat», «dengiz», «yulduz», «quyosh» ramzlariga ham to‘la taalluqlidir. Zero, ular ham o ‘zlari ifodalayotgan ramziy ma’no bilan o ‘xshashlik yoki aloqadorlik munosabatida emas,