Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


she’ridan: Sahardan to oqshomga qadar



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

she’ridan:
Sahardan to oqshomga qadar,
Ko'kda porlab yonmaguncha oy,
Ertak so'ylar sarxush barmoqlar,
Ertak tinglar qizil rangli loy...
Bu o'rinda ham «ertak so'ylar» metafora bo'lsa, «barmoqlar»
sinekdoxadir. «Ertak so'ylar» deganda kulolning o'z ishiga butun mehri,
qalb qo'ri bilan berilgan ijodning sehrli onlari nazarda tutiladi. Tabiiyki,
ertak so'ylayotgan «barmoqlar» — qism va u butunni — kulolni
anglatadi. Yoki M.Yusuf «Faqat shu yer yaqin yurakka, Faqat shunda
quvonar ko'zlar» deganida ko'z odam ma’nosini bildirishi ham
sinekdoxaga misol bo'la oladi. Yakka narsa nomi bilan umumni nazarda
tutishlik ham sinekdoxa sanaladi. Sh.Rahmon bir she’rida: «Qadimda
mevalar yetilgan paytda, Savob deb yashagan komil ajdodim,
Musofir chanqog'in bossin deb atay, Buzib qo'yar ekan bog'lar
devorin» deb yozarkan, «qadim ajdodim» birikmasi ostida ajdodlami,
butun xalqni nazarda tutadi. Shunga o'xshash, «O'zbekning qorako'z
bolalariga bitta dunyo qolsin hayratlik» deganida ham o'zbek xalqi
nazarda tutilgani tayindir. Badiiy asarlarda atoqli otlaming turdosh ot
ma’nosida qo'llanilishi ham sinekdoxaning bir ko'rinishi deb qaraladi.
Masalan, shoir «faqat Jumavoyi bo'lgani uchun havaslaring kelar
robinzonlarga» deganida Robinzonga o'xshash hayot kechiruvchi
kishilami - ko'pchilikni nazarda tutadi.
Ma’no ko'chishining yana bir turi «kinoya» (ironiya) bo'lib, u
teskari o'xshatishga asoslangan ko'chimdir. Masalan, A.Qodiriy Kalvak
maxzumning badbashara qiyofasini chizib beigach, boshqa bir o'rinda
uni «husni Yusuf» deb ataydiki, bu birikmaning teskari ma’noda


qo‘llangani bizga ravshan. Kinoya qahramonlar tilida ham keng

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin