faqat shartli ravishdagina (shartdan, kontekstdan boxabar kishilargagina) ramziy ma’noni ifodalaydi. Shartdan, kontekstdan bexabar o ‘quvchi uchun esa she’ming faqat bevosita mazmuni, yuzadagi mazmunigina mavjuddir. Badiiy tasvir va ifoda vositalari mavzusiga to‘xtalar ekanmiz, biz mavjud vositalaming hammasini ko‘rib chiqishni maqsad qilmaganmiz.
Zero, bu vositalaming har biri alohida mashg‘ulot mavzusi bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi mulohazalar mazkur mavzuga kirish vazifasini o‘tasa kifoya. Siz endi adabiyotshunoslikka oid lug‘atlar, badiiy til xususiyatlariga oid ishlar bilan tanishish, badiiy asarlarni mutolaa qilish jarayonida til unsurlariga jiddiy e ’tibor qilishingiz, biz to‘xtalmagan yoki misollar keltirmagan vositalar mohiyatini mustaqil o ‘rganishingiz va o ‘zlashtirishingiz zarur boiadi. Tayanch so‘z va iboralar: badiiy tasvir va ifoda normadan og‘ish so ‘z tanlash k o ‘chim (trop) metafora metonimiya sinekdoxa kinoya ramz (simvol) majoz (allegoriya) Savol va topshiriqlar: 1. Tildan foydalanishda “ umumodatlangan normadan og‘ish” tushunchasiga izoh bering. Har qanday normadan og‘ish badiiyat fakti bo‘la oladimi? “Og‘ish” badiiyat faktiga aylanishining sharti nima? 2. Leksik sathdagi “og‘ish” turlarini sanang. Ulaming har birini misollar yordamida tushuntiring. 3. Semantik sathdagi “og‘ish”lar deganda nimani tushunasiz? Ko‘chimlar badiiy bo‘yoqdorligi, ta’sirdorligi jihatidan qanday darajalanadi? 4. “Xususiy muallif ko'chimlari” tushunchasiga izoh bering. Metaforaning