unsurlar, vositalar haqida tushunchaga ega boMish zarur.
She’riy nutq haqida gapirganda, awalo, uning muayyan vaznga
solingan ritmga egaligi ta’kidlanadLRitm juda keng tushuncha boMib,
u borliqdagi juda ko‘p narsa-hodisalarda kuzatilishi mumkin. Shunga
ko‘ra, keng ma’noda ritm deganda, muayyan boMaklarning ma’lum
vaqt oraligMda tartibli takrorlanib turishi tushuniladi. Bu ma’nodagi
ritm borliqdagi juda ko‘p narsa-hodisalarda, jumladan inson
organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchilab turgan
tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvining maromli shildirab
oqishida, yil fasllarining, kun bilan tunning almashinuvida,
insonning yurak urishi, nafas olishi, ma’lum bir harakatni bajarishi
— bularning barida ritm kuzatiladi. Tabiiyki, kundalik muloqot nutqida
ham ma’lum bir ritm mavjud. Awalo, har bir odamning gapirishida
o ‘ziga xos ritm boMib, bu ritm uning fiziologik imkoniyatlari (mas.,
har bir odamda nafas olish o ‘ziga xos, nutq ritmi esa shunga ko‘p
jihatdan bogMiq) bilan belgilanadi. Kundalik muloqot nutqidagi ritmga
ichki va tashqi omillar (kasallik, ruhiy holat — ichki; biror narsadan
ta’sirlanish, tez harakat qilish, — tashqi) ta’sir qilishi hamda uni
o‘zgartirishi mumkin. Og‘zaki nutqda kuzatiluvchi bu ritm tabiiy
ravishda yozma nutqqa ham ko‘chadi, zero, yozganimizda «miya»da
gapiriladi, o ‘qiganda «tasawurda» eshitiladi. Demak, o ‘z-o ‘zidan
ayonki, nasriy asarda ham ritm mavjud va u asarning o‘qishli, ta’sirli
boMishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Agar badiiy nasrdagi nutq
ritmi umuman nutq ritmi bilan izohlansa, she’riy nutq ritmi maxsus
hosil qilingan hodisadir.
She’riy nutqning ritmik qurilishini yaxshiroq tasawur qilish
uchun ritmik boMak va ritmik vositalami belgilab olishimiz zarur. Ritmik
Dostları ilə paylaş: |