Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Badiiy nutqning ikki shaklga — she’riy (tizma) va nasriy (sochma)



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Badiiy nutqning ikki shaklga — she’riy (tizma) va nasriy (sochma)
ko‘rinishlarga ega ekanligi bungacha aytildi. Nasriy nutq o ‘zining
qurilishi jihatidan kundalik muloqotda qoMlaniluvchi nutqqa yaqin
bo‘lsa, she’riy nutq so‘z san’atiga xos maxsus hodisa sanaladi. Zero,
o ‘zining kelib chiqishi jihatidan ham badiiy nutqning she’riy shakli
nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog‘i, o ‘z vaqtida badiiy nutqning
yagona shakli boMgan. Sababi, she’riy nutqdagi o‘ziga xos tuzilishining
o ‘ziyoq uni odatdagi nutqdan farqlagan, she’riy nutq vositasida
aytilgan informatsiyaning san’atga aloqadorligini ta’kidlab turgan.
Bunga amin boMish uchun adabiyot tarixiga nazar solish kifoya:
milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy asarlar she’riy
yo‘lda yozilgan, nasrda yozilgan badiiy asarlaming paydo boMishi,
ya’ni nasming badiiy nutq ko‘rinishi sifatida shakllanishi esa nisbatan
keyingi davrlarga lo g'ri keladi.
She’riy nutq muayyan bir oMchov (vazn) asosidagi ritmga ega
boMgan, o ‘zining musiqiy jarangi, hissiy to‘yintirilganligi bilan
farqlanuvchi nutqdir. She’riy nutqdagi o ‘ziga hos intonatsiya,
musiqiylik ritmik boMaklar va ritmik vositalar, o ‘ziga xos fonetik tuzilish,
turli sintaktik usullar yordamida vujudga keladi. She’riy yoMda yozilgan
lirik asardagi kayfiyatning hosil qilinishi, kechinmaning o ‘quvchiga
«yuqtirilishi»da uning ritmik-intonatsion tomoni muhim ahamiyat
kasb etadi. Ya’ni she’ming ritmik-intonasion xususiyatlari uning
mazmuni bilan belgilanadi, mazmun bilan uyg‘unlik kasb etadi.
She’riy nutqning o‘ziga xosligini, o‘ziga xos tuzilishini tasavvur qilish


uchun, awalo, uning ritmik-intonatsion xususiyatlarini belgilovchi

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin