- atrofida kechayotgan ikki yoki bir necha voqelikni birdek qabul qilish (bir
talabaning m a’ruzasini eshitgani holda, boshqa talabalarning faoliyatlarini kuzata
olish);
- o ‘ta qiziquvchanlik (tabiat va jamiyatda kechayotgan har bir voqea-hodisa
(garchi ular eng ahamiyatsiz, e ’tiborga tashlanmaydigan bo‘lsa-da) mohiyatini
bilishga intilish, haddan ziyod ko‘p savollarga javob topishga intilish);
- miya faoliyatining biokimyoviy va elektrik faolligi (miya deyarli to‘xtovsiz
faoliyat ko‘rsatib, nihoyatda kam vaqt “dam oladi”, bilish jarayonida noaniqliklar
ko‘zga tashlansa, ular tezda bartaraf etiladi; uyquchanlik qobiliyatli pedagoglarga xos
xususiyat emas);
- nutqi va fantaziyasining boyligi (qobiliyatli o‘qituvchilaming aksariyati
nihoyatda boy nutqqa ega, ularda fantaziya (tasaw ur qilish) qobiliyati beqiyos
darajada kuchli);
- kuchli xotira (yirik hajmdagi matnni, m: dostonlami bir marta o‘qish bilan
to'laligiga yodlab olib, uni so‘zma-so‘z qayta hikoya qilib berish qobiliyati)ga egalik
kabilar alohida o ‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: