zimmasidagi vazifa faqatgina talabalaming faoliyatini nazorat qilish, tuzatishlar
kiritishdan iborat emasligini anglab etadi. Asosiy e’tibomi talabalaming yutuqlarini e’tirof
etgan holda yoki ularning xatolarini o'zlariga anglatgan holda samarali tarbiya
chorasini ko‘rishga qaratadi. Har bir talabaning yutug‘i alohida e ’tirof etiladiki, bu
esa ulami yangi zafarlarga erishishga ruhlantiradi. Ushbu uslubga asoslanib ish
ko'radigan pedagog har bir talabaning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan
holda bajariladigan ishlami to‘g ‘ri taqsimlashga harakat qiladi, faol talabalami
taqdirlab borishni faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilaydi. Pedagog
talabalar bilan muloqotni o ‘matishda iltimos, maslahatga tayanib ish ko‘radi.
3.
Liberal uslub.
Odatda bu uslub pedagog va talaba munosabtlarining
kelishuvchanlikka asoslanishini ta’minlaydigan uslub sifatida e ’tirof etiladi. Bu
uslubga ko‘ra ish yuritadigan pedagog talabalar tomonidan sodir etilayotgan salbiy
holatlarga ham e ’tibor bermaslikka intiladi. Talabalami tartibga chaqirish, vaziyatdan
kelib chiqqan holda ularning faoliyatini to‘g ‘ri baholab, jazolash zarur bo‘lgan
vaziyatlarda ham indamaslikni odat qilib oladi. Bu esa talabalaming odobsiz, yalqov,
mas’uliyatsiz boMishlariga olib keladi. Liberal uslubni ma’qul ko‘radigan pedagog
talabalar hayoti bilan mutlaqo qiziqmaydi, ularning faoliyatlariga aralashmaydi, hal
qiluvchi vaziyatlarda m as’uliyatni o‘z zimmasidan soqit qiladi. Ayrim holatlarda bir-
biriga zid boMgan fikrlarni ham birdek m a’qullaydi. Bu tahlitda ish ko'radigan
pedagog obro‘ga ega bo'lmaydi. CHunki unga ishonish mumkin emas.
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda pedagogning nafaqat o‘zi, balki uning
ijobiy ta ’siri asosida talabalar ham muloqot madaniyatini o ‘zlashtirib borishlari
lozim.
Dostları ilə paylaş: