Dilrabo elmuratova nodira misirova


Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi



Yüklə 34,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/90
tarix01.12.2023
ölçüsü34,92 Mb.
#170895
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
384051c7064ff50b4d88ff9a746b9032 Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari

1. Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi
Ustoz - pedagoglar erishgan muvaffaqiyatlaming sirini bilishga harakat qilar 
ekanmiz, biz ularning pedagogik ta’sir usullaridan ustalik bilan foydalangan holda 
turli-tuman amaliy ta’lim-tarbiyaviy vazifalami ustalik bilan hal etishlariga guvoh 
bo’lamiz. Bunda muhim rolni maxsus ko’nikmalar egallaydi: o’quvchilarni ijrimoiy 
foydali o’quv faoliyatiga safarbar eta bilish, muammo qo’ya bilish, jam oa va alohida 
shaxs bilan til topish, kuzata bilish, o ’z kechinmalarini boshqacha bilish: ovoz, nutq, 
mimika, harakatlarini erkin boshqara bilish va h.k.
Pedagogik texnika 
- o ’qituvchi faoliyatining botiniy mazmunini hamda 
zohiriy ifodasining garmonik birligidan iboratdir. Pedagog mahoratining ma'naviy 
madaniyati hamda pedagogik jihatdan maqsadga muvogiq bo’lgan zohiriy ifodasi 
sintezidan iboratdir. (N.N.Tarasovich)
Shunday qilib texnika - usullar majmuasidir. Uning vositalari esa - nutq va 
muloqot vositalaridir. “Pedagogik texnika” tushunchasi o’z ichiga 2 guruh tarkibiy 
elementlami oladi:
1. O ’qituvchining 
odob-axloqiy ko’nikmalari 
bilan bog’liq bo’lgan 
elementar: o ’z jismini (mimika, pantomimika) boshqara bilish; his-tuyg’u, hayajon, 
ta’bini boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zo’riqishlardan osonlik bilan xalos bo’la olish, 
ijobiy muhitni to’g ’richa bilish): diqqat qila bilish, kuzatuvchanlik, tasaw urning 
kengligi; nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, diksiya, nutq tezliqi (tempi)).
2. 
Shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsata bilish texnikasi 
ta’lim-tarbiyaning 
texnalogik tomoni bilan bog’liq bo’lib, bularda: didaktik, tashkiliy, ijodiylik, 
muomala ko’nikmalari; talab qila bilish, pedagogik muloqotni boshqara bilish, 
jamoatchilik ijodiy faoliyatini tashkil eta bilish va boshqalar kiradi.
Quyida biz pedagogik texnikaning, pedagogning odob-axloqi bilan bog’liq 
bo’lgan jihatlarini qarab chiqamiz.

Yüklə 34,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin