Dilrabo elmuratova nodira misirova



Yüklə 34,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/90
tarix01.12.2023
ölçüsü34,92 Mb.
#170895
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
384051c7064ff50b4d88ff9a746b9032 Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari

“Ha va y o ’q” 
javoblarini hisoblab, xulosa chiqarish mumkin. Agar barcha
javoblar ijobiy bo’lsa, vazminlik, o ’z-o’zini boshqara bilish, yoki o ’ziga ortiqcha 
baho berishni ko ’rsatadi. Agar barcha javoblar yoki ularning ayrim lariga salbiy javob 
to ’g ’ri kelsa, bu kishining notinchligi, o ’ziga ishonchsizligi, o ’ziga tanqidiy 
qarashidan dalolat beradi. Aralash javoblar (“Ha” ham “y o ’q” ham) o ’z nuqsonlarini 
k o ’ra bilishni k o ’rsatadi, bu esa o ’z-o’zini tarbiyalash tom on birinchi qadamdir.
O ’z-o’zini boshqarish usullari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- yaxshilik, mehribonlik va optimizimni tarbiyalash;
- o ’z xulq-atvorini nazorat qilish (mushak zo’riqishi, harakat tezligi, nutq, nafas
olish);
- faoliyatda dam olish (mehnat, musiqa, kitobxonlik, yumor, imitasion 
o ’yinlar).
N avbaldagi usullar organizm ning faoliyatini nazorat qilishga asoslanadi. 
X ususiy qayg’urishlar chuqurligini o ’zgartirish mumkin. Buning uchun tashqi ta ’sir 
zarur bo’ladi. Bunga nazoratni nimaga qaratish lozim? Albatta mimika, suyak 
muskullari, nutq tezligi, nafas olishni m o’tadillashtirish lozim bo’ladi.
Jism oniy va ruhiy jihatdan organizmni bo’shashtirish uchun autogen mashqlar 
(psixik o ’z-o’zini boshqarish) o ’ziga xos psixofizik gimnastik mashqlar bo’lajak 
o ’qituvchi uchun nafas olish va nutq ohangini tarbiyalashda xizmat qiluvchi mashqlar
3 8


qatoridan joy olmog’i lozim. Psixik o’z-o’zini boshqarish o’z tarkibiga 
relaksasiya
(bo’shashuv holati) va kasbiy zarur bo’lgan sifatlami egallash uchun o ’z-o’zini 
ishontirish formulalaridan foydalanishni qamrab oladi. Buning uchun chordona 
qurgan holda maxsus formulalar yordamida og’irlik va issiqlik sezgisini organizm 
a ’zolari - qo’l-oyoqda hosil qilish, muskullarni bo’shashtirish, tinchlanishni mashq 
qilish mumkin. Shundan so’ng quyidagi formula asosida quyidagilarni ovoz chiqarib 
aytib o ’z-o’zini u yoki bu faoliyatda safarbar etish mumkin:
“Men 
xotirjamman. 
Darsimni 
yaxshi 
o ’tyapman. 
Talabalar 
yaxshi 
linglashyapti. O ’zimni erkin his etyapman. Men darsga yaxshi tayyorlanganman. 
Dars qiziqarli. Talabalaming barchasini bilaman va ko’ryapman. Men darsni yaxshi 
o ’taman. Mening darsim ga talabalar qiziqishadi. Men o ’zimga ishonaman, 
kuchliman. Men o ’zimni yaxshi tuta olaman. Ruhiyatim yaxshi. O ’qitish qanday 
yaxshi. Talabalar meni hurmat qilishadi, tinglashadi va mening talablarimni ijro 
ctishadi. O ’qituvchilik kasbi menga yoqadi. Men - o’qituvchiman!”.
Biroq pedagogik faoliyatning boshida ro’y beradigan qiyinchiliklami yengib 
o ’tish uchun katta bardosh, iroda, sabr-toqat talab etilishini yoddan chiqarmaslik 
lozim.

Yüklə 34,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin