B irin ch i qoida
- «Hayotiy haqiqat» - deb nomlanib, dars va darsdan tashqari
m ashg‘ulotlarda talabalarga soxta, balandparvoz, yasam a gaplar va fikrlar emas, balki
hayotiy haqiqat beriladi. Talabalarga berilayotgan bilim va tushunchalar jonli, tabiiy,
tushunarli b o ‘lishi kerak. Mavxum fikr va g ‘oyalami o'zlashtirish talabalar
tom onidan qiyin bo‘Iib, ular «quruq» gap bo‘lib qoladi.
Ik k in ch i
qoida - bu bosh vazifa bo‘lib, u mazmun va mohiyatdagi eng asosiy
maqsaddir.
Bosh vazifa asar muallifining yoki o ‘qituvchining eng aziz, muhim istagidir.
Bosh vazifa - talabalam i o'qitishdan, tarbiyalashdan ko ‘zda tutilgan asosiy maqsad
b o ‘lib, bu maqsadni darsga material tanlaganda, dars o ‘tganda va boshqa
m ashg‘ulotlarda yoddan chiqarmaslik kerak.
Har xil darajadagi bosh vazifalar ham mavjud:
U m um iy bosh vazifa - pedagogning o ‘z faoliyatiga munosabati, vijdon va
iymoni.
H ar bir darsdan, mavzudan, bobdan yoki fandan k o ‘zda tutilgan bosh vazifa.
Masalan: A.Qodiriyning « 0 ‘tgan kunlar» romanidagi katta muhabbat, tarixiy davr
ta ’siri - asosiy bosh vazifaga o ‘xshaydi. Lekin, aslida asar qahramonlari o ‘rtasidagi
insoniylik - in so n p a rv a rlik '- buyuk insoniy munosabatlar yozuvchining bosh
vazifasidir.
Adabiyot o ‘qituvchisi shu asami o'tganda yozuvchining asosiy maqsadini
yoddan chiqarmasligi kerak.
48
Shuningdek, qisman yoki vaziyat bilan bog‘iiq bosh vazifa ham bo'lishi
mumkin. masalan: asarni bir necha bo‘Iaklarga bo‘lib o‘tishda, har bir bob uchun, har
bir dars uchun alohida bosh vazifa bo‘lishi mumkin.
Uchinchi qoida - darsdagi faollik bo‘lib, dars jarayonida talabaga
etkazmoqchi boMgan obrazlar, fikrlami, his-tuyg‘u, hayajon va faollik bilan berishdir.
Ammo, o ‘qituvchi bu his-tuyg‘uning kelishini kutmasdan, faol ravishda hatti-harakat,
intilish qilsagina dars davomida zarur his-tuyg‘uning o ‘zi keladi. Demak, har qanday
pedagogik jarayonni amalga oshirishdan oldin, albatta shu fikr yoki dars mazmuni
(yoki sahna ko‘rinishi) inprovizisiya (oldindan mashq qilish) qilishi zarur.
Inprovizasiya - o‘z-o‘zidan paydo bo'lmaydi, balki mashq yordamida - treninglar
yordamida yuzaga keladi. Treninglar yordamida mustahkamlangan har qanday
harakat, mashq o'qituvchini kelajakda o‘tadigan dars jarayonida hech qanday
tasodiflardan qo‘rqmaydigan qiladi.
Insonning harakati, sezish va idrok qilishi, nutqi, fikrlash qobiliyati bir butun
tizim boMib, pedagogik jarayonda bu tizimlar majmuasidan unumli foydalanishi
uchun bu tizimlami mohirlik bilan boshqara olishi va nazorat qila olishi muhimdir.
Avvalombor pedagog o ‘z diqqatini, o ‘z muskullarini yaxshi boshqarishni
0
‘rganishi
zarur bo‘ladi.
Masalan: bugun siz reyting - sinovlarini topshirmoqchisiz yoki ko‘pchilik
oldida chiqib gapirishingiz kerak. Oyoq va qoMlar titraydi, qo‘l barmoqlari qisilgan,
ja g ‘ muskullari taranglashgan. Ayniqsa, bu holat birinchi marta auditoriyaga
kirganingizda yuz bersa, ya’ni talabalar sizning o'zingizga ishonchsizligingizni
darhol sezishadi. Ular «Ustoz tajribasiz ekan, talabalardan qo'rqar ekan», - deb
xulosaga kelishadi. Siz keyinroq o ‘zingizni tutib olasiz, tajriba orttirasiz, ammo
bugun auditoriyada, talabalar oldida shakllangan obrazingizni tuzishingiz qiyin
bo'ladi. Tasavvur qiling, auditoriyada hayajonlanishingiz, zo‘riqishingiz va muskul
tortishishlaringiz har kun davom etsa, o ‘qituvchi ish kunining oxirida charchab
qoladi, asta-sekin asabiylashish kuchayib, har xil ruhiy, asabiy, ruhiy-ichki
kasalliklami keltirib chiqarishi mumkin.
Demak: bizda ichki, ruhiy nazorat-nazoratchi bo‘lishi kerak. Nazoratchi
hamma a ’zolami birin-ketin tekshirib chiqib, agar keragidan ortiq muskul
zo'riqishlari mavjud bo‘lsa, uni olib tashlashimiz kerak.
Umuman, olganda jismoniy va psixologik treninglar orasida katta farq
bo'lmasdan, ular bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Jismoniy va psixologik
treninglarni mustaqil ravishda va maxsus treninglar yordamida egallash mumkin. Bu
esa pedagog faoliyatining samaradorligini, jismoniy va ruhiy sog‘ligini saqlashga
imkon beradi.
Aktyor (o‘qituvchilar)lardan xayol va diqqatning qanchalik rivojlanganligiga
qarab, ulami to‘rtta turga ajratish mumkin:
49
|