Dilrabo elmuratova nodira misirova


Tayanch iboralar: pedagogik nazokat



Yüklə 34,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/90
tarix01.12.2023
ölçüsü34,92 Mb.
#170895
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
384051c7064ff50b4d88ff9a746b9032 Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari

Tayanch iboralar: pedagogik nazokat
-
о ‘qituvchi axloqining ijodiy ко ‘rinishi,
pedagogik nazokat m e 'yori: burch, pedagogik adolat, ixtisosga doir vijdon, izzat-
nafs, pedagogik oriyat, nazokat va taktika, A.Avloniy pedagogik nazokat haqida,
inprovizisiya - oldindan mashq qilish, tashabbus, qobiliyat.
Pedagogik odob — bu pedagog (o‘qituvchi) oldiga uning o ‘ziga, kasbiga, 
jamiyatga, bolalarga va o ‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan 
munosabatda samimiy, ochiq bo‘lishiga nisbatan qo‘yiladigan axloqiy talablar tizimi.
Pedagogik nazokat - bu o ‘qituvchi axloqining ijodiy ko'rinishi hisoblanadi. 
Har bir o'qituvchi nazokatli va odobli b o lish i lozim. Talabani odob-axloqqa, 
nazokatlilikka o ‘rgatish uchun avvalo o ‘qituvchi tarbiyalangan boMishi kerak. Buyuk 
olim M.Monten aytganidek: «Birovni o ‘rgatishing uchun, o'zing o ‘rganishing uchun 
lozim bo'lgandan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak». 0 ‘qituvchi pedagogik nazokatga ega 
boMishi uchun unda o ‘z ixtisoslik sohasidagi burchi nima ekanligini bilmog‘i va o ‘z 
ixtisosligi ustida tinimsiz izlanmog‘i darkor. Pedagogik nazokat me’yorlaridan yana 
biri u pedagogik jihatdan adolatii, talabaga qo'yiladigan bahoni xolisona belgilay 
olishi kerak. O'qituvchi oriyatli, vijdonli boMishi, izzat-nafsini tiya olishi ham 
pedagogik nazokat me’yorlaridir. Pedagogik nazokat dars va darsdan tashqari holatda 
talabalar bilan ijobiy psixologik muhit yaratishdir. Pedagogik nazokat o ‘zi va 
talabalar bilan muloqotda, talabalar va talabalar o'rtasida muammoli vaziyatlardan 
ustalik bilan chiqa olishdir.
0 ‘qituvchi kishilar (talabalar, o ‘qituvchilar,ota-onalar va boshqalar) bilan 
munosabatlar o ‘matishi uchun pedagogik nazokat katta ahamiyatga ega.
A.Avloniyning «Turkiy guliston yohud axloq» asarida pedagogik nazokatlilik
xushmuomalalik, xushfe’llik haqida ko‘pgina ibratli so‘zlar keltiradi. Abu Nasr
45


Forobiy har bir hodisa o ‘rtacha m e’yorda boMgani m a’qul, deb hisoblaydi. Saxiylik, 
d o ‘stlik, xushmuom alalik va boshqa fazilatlar ham o ‘rtacha m e’yor saqlanishi kerak 
deydi.
O 'quv tarbiya jarayonida talabalarning bilimi va hatti-harakatlarini baholash 
yangi mavzuni tushuntirishda, talabalam i mustaqil ishlarini tashkil etishda, darsdan 
tashqari vaqtlarda o ‘qituvchi nazokati va odobi barchaga o ‘mak bo'ladigan darajada 
bo‘lm og‘i lozim.
Zero, uning har bir harakati talabalar ongida muhrlanadi. SHu o ‘rinda, buyuk 
olim R.Dekartning shunday so ‘zlarini keltirib o ‘tmoqchimiz: qimki nasihatga o ‘tar 
ekan, o ‘git tinglovchiga (talabaga) nisbatan o ‘zini tadbirkor his etm og‘i lozim: kichik 
bir xatosi ham ishni buzadi.
Odoblilik va nazokatlilik to ‘g ‘risida donishmandlar ham qimmatli fikrlar 
aytganlar.
Bir donishmanddan so‘radilar:
- odam uchun yarashadigan liboslar ichida eng g o ‘zali qanday kiyim?
Donishmand javob berdi:
- odam uchun yarashadigan eng g o ‘zal libos bu odob-axloq libosidur. Kishi 
qiyofasini bezaydigan, uning husniga husn qo‘shadigan bundan go‘zal libosni topish 
qiyin.
Pedagogning hatti-harakati, dars olib borish jarayoni, sahnadagi aktyor- 
artistning faoliyatigajuda o ‘xshaydi.
Shuning uchun bo 'lsa kerak o ‘qituvchilik kasWni «bitta aktyorning teatri» deb 
nom laydilar. Shu bois ham pedagog teatr-aktyor san’atiga oid hatti-harakatlami, 
mahoratni, qonun-qoidalami va tam oyillam i yaxshi o'zlashtirish kerak. Teatr 
san’atida, kinoda o ‘chmas iz qoldirgan Nabi Rahimov, Abror Hidoyatov, Sohib 
X o'jaevlarning o ‘ynagan rollarining tom oshabinga ta ’sirchanligi va hayotiyligi bilan 
tom oshabinni o ‘ziga rom qiladi. M ashhur rejissyor K.S.Stanislavskiy sahnada 
kechadigan ijodiy jarayonni ongli ravishda boshqarishning o ‘ziga xos tizimini 
yaratgan. U aktyor uchun talant zarurligini bayon etib: «Talant - shaxsdagi ko ‘pgina 
ijodiy qobiliyatlarning baxtli to ‘plami va ijodiy irodasidir», deb yozadi. «Aktyorning 
ijodiy qobiliyati uchun kuzatuvchanlik har narsadan zarurroq b o ‘lib, bundan tashqari 
san’atkorga zarur vaqtda hayajonlana olish, o ‘tkir xotira, temperam ent, fantaziya, 
xayol, musiqiy qobiliyat, aql, did, shuningdek ritm va tempni sezishdek ko‘pdan-ko‘p 
sifatlar zarur», - deb ta ’kidlaydi. K.S.Stanislavskiy aktyorlik mahorati haqida, 
«aktyorda ta ’sirchan, yodda qoladigan ovoz, yurakka ta ’sir etadigan ko ‘z, yuz, 
mimika, gavdaning harakatchanligi», - kabi xususiyatlarni k o ‘rsatadi. N im a uchun 
ba’zi aktyorlarni tomoshabinlar sevadi, intikib kutadi? «Chunki, bu aktyorlarda so‘z
46


bilan tushuntirib berib bo'lrnaydigan darajadagi yoqimtoylik, o ‘ziga tortuvchanlik 
mavjud», - deb javob beradi muallif.
Muallifning fikricha: «aktyor uchun eng muhim narsa (hatto talant va 
temperamentdan ham muhimroq) uning sahnada uzini tutish va kayfiyatini 
boshqarishidir». Agar aktyor bu malaka va ko‘nikmalari bilmasa, uning muskullari 
zo'riqadi. Hatto, ba’zi bir muskullarida tortishlar yuz beradi, bu esa o ‘z navbatida 
ijodiy fikrlashga va sahnada estetik his-tuyg‘uni namoyon qilishga xalaqit beradi. 
Talantli, qobiliyatli pedagoglar o ‘z nutqi va hatti harakatlarini bemalol boshqara 
oladi. Bu o ‘qituvchilar talabalarni har tomonlama idrok etadi va dars jarayonini 
shunga qarab boshqaradi.
Afsuski, ba’zan uzoq vaqt pedagoglik kasbida ishlagan o ‘qituvchilarda 
talabaning kayfiyatini, holatini, munosabatini idrok etish qobiliyati sustlashib qoladi. 
Bunday o ‘qituvchilarda talabalar dunyosiga qiziqish qobiliyati yo‘qolib boradi. 
Pedagogik faoliyat his-tuyg‘u bilan sezish, intuisiya (ichki tuyg‘u) bilan ko‘ra olish, 
pedagogik o‘quv vazifalariga ijodiy yondashish yutuqlarning garovidir.
San’atkoming tomoshabinlar diqqatini jalb etishining beshta bosqichi mavjud:
San’atkor sahnaga chiqadi, tomoshabinlami ko‘zdan kechiradi va ularning 
orasidan o‘ziga ta’sir obektini tanlaydi.
Fikran o ‘sha obektga yaqinlashadi va uning diqqatini o ‘ziga jalb etadi.
Obektning (bitta yoki ikkita tomoshabinning) qalbini ko‘zi va ongi bilan 
«paypaslab» ko‘radi.
0 ‘zining fikrini va tushunchalarini shu obektga berishga (etkazishga) harakat
qiladi.
Obektning javobi - tomoshabin o‘rtasida o'zaro fikr almashish bamisoli 
(qalblararo nur berish va nur qabul qilish) jarayoni kechadi.
Tomoshabinning va talabalaming diqqatini jalb etishning bir necha metod va 
usullari mavjud:
Sust (passiv) metod - bu o ‘qituvchi asta-sekinlik bilan, o ‘z fikrini mantiqiy 
asoslash bilan talabalaming diqqatini asosiy maqsadga qaratadi.
Agressiv metod - bunday o ‘qituvchi his-tuyg‘u va iroda, intellekt kuchi bilan 
talabalaming diqqatini qamrab oladi. Bu asosan kuchli, ekspressiv o‘qituvchilarga 
xos. Bunday o ‘qituvchilar o ‘ziga ishonch bilan tinglovchilarni go‘yoki gipnoz 
qiladilar. Gipnoz qisqa bo'lishi mumkin, ammo o ‘qituvchi har xil usullar bilan bu 
holatni istaganichatuzishi mumkin.
Pedagogning o ‘z hatti-harakatini boshqarish qanday kechadi? Jamoani 
boshqarish uchun avvalombor, o'qituvchi o ‘z hatti-harakatini boshqarishni o'rganishi 
kerak. Buning uchun ayrim mashqlari deb ham ataladi. Bularquyidagilar:
Gavda, gavda a ’zolarining hatti-harakatlari koordinasiyasini shakllantirish.
0 ‘z kayfiyatini, mimikasini boshqara olishi va buni tinmasdan mashq qilish.
47


0 ‘z tana a ’zolarining harakatini idrok etishi.
M aqsadga erishganligini sezishi.
Bu m alaka k o ‘nikmalarga erishish uchun quyidagi hatti-harakatlar va mashqlar 
bajarilishi lozim:
N afas, muskul va gavda, gavda a ’zolarining mashqlari bajariladi. Lekin, bu 
mashqlar quruq takrorlash boMmasdan, balki ongli ravishda maqsadli, his-hayajonli, 
hatti-harakatlar b o ‘lm og‘i lozim.
M im ika, nutqning noverbal shakllari, nutq va ovoz m odulyasiyasi (ritm, tem br 
va boshqalar) talab etiladi.
Ritm ni sezish, fazoni - muhitni idrok etish, muhitdagi harakat va bu harakat 
dinamikasini tahlil eta olish.
Hozirgi davr yoshlariga har tomonlama tinim siz m a’lumotlar, xabarlar, 
yangiliklar yog'ilib turganda, o ‘qituvchi uning diqqatini qanday qilib dars jarayonida 
m untazam saqlay oladi? Qanday qilib va nim a bilan darsga qiziqish uyg‘ota oladi?
M ashhur allomalarimiz, klassik pedagoglarimiz, milliy tarbiya sohasida katta 
yutuqlarga erishgan m ualliflam ing m a’lumotlariga ko‘ra aktyor mahorati tizimi va 
tam oyillari yuqoridagi m uam m olargajavob beradi.

Yüklə 34,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin