4. M a'ruzalar, ommaviy chiqishlar paytida tinglovchilar bilan yaqin aloqa,
muloqotni ta ’minlash. Tinglovchilaming kayfiyatini his qilib turish, bu orqali esa
ularning lektor fikrlarini faqat tushunib olishlarinigina ta’minlamasdan, bu fikrlarga
ishontira olish.
5. Har bir nutqqa jiddiy tayyorgarik ko‘rish,
jumladan, m a’ruzani nimadan
boshlashdan tortib, nima bilan tugatishgacha jiddiy o ‘ylab olish, masalalami o'rtaga
lashlash, ketma-ketligini yaxshi belgilab olish, ularning o ‘zaro bogManishini
ta’minlash, m a’lum rejalar yoki reja-konspektlar tuzib olish, o‘zi uchun alohida va
keng to‘xtalishi zarur boMgan o ‘rinlami belgilab olish va boshqalar.
Tilni yaxshi bilish, o'rinli va to‘g‘ri foydalanish malakasiga ega bo‘lish - nutq
madaniyatini egallashdir. Mavzuni chuqur bilish, masalalami to‘g ‘ri anglash,
ularga
munosabat, tushunarlilik, ta’sirchanlik, aniqlik va mantiqlilikni ta’minlash,
tinglovchilar diqqatini tortish, fikrlarni qanday bayon qilish kabilaming hammasi til
orqali uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Nutq madaniyati esa olam-olam
mazmunni go‘zal ifodalab berishga asoslanadi.
Har qanday o ‘qituvchi nutqning madaniyatli boMishini ta’minlashga harakat
qilar ekan, avvalo, o ‘z ona tilining bebaho ne’matlaridan foydalana olishi, so‘z
qadriga eta bilishi lozim. Bundan tashqari, nutqning go'zal,
latofatli, m a’nodor va
olijanob boMishi uchun kishining o ‘zi ham tabiatan samimiy, musaffo boMishi kerak.
CHunki hamma vaqt ham chiroyli so‘zlami qatorlashtirib tanlash, balandparvoz
jum lalar tuzish bilan madaniy nutqqa erishib boMmaydi.
Kaykovusning shunday fikri bor: «Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq
qobiliyatidir. Nutqni ju d a yaxshi va san’ankorona o‘rganib ol, doimo gapga chechan
boMishga harakat qil. Nutqi shirin kishining mehribon kishilari ham ko‘p boMadi».
K.o‘rinadiki, so‘zlovchi til vositalaridan o‘rinli foydalangan holda tinglovchi
ongiga, sezgisiga va kayfiyatiga ko‘tarilayotgan masalalami to‘g ‘ri, aniq va oson
anglab olishini ta’minlaydigan boMishi kerak.
SHunday qilib, notiqlik san’atini
quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin: a) ijtimoiy - siyosiy chiqishlar tili; b)
targMbotchi va tashviqotchilar nutqi; v) akademik nutq; g) suddagi nutq; d) maxsus
so‘z ustalarining chiqishlari va boshqalar.
ljtimoiy-siyosiy mavzulardagi chiqishlarga, odatda ma’lum bir mas’ul
kishilarning rasmiy nutqlari, hisobotlari kiradi. TargMbot va tashviqotchilaming
chiqishlari, odatda m a’lum bir
muammolami talabaga singdirish, talaba ongidagi
tushunmovchilik va chalkashliklarga barham berish, ulami to ‘g ‘ri yoMga solish,
talaba uchun noma’lum boMgan holatlardan ulami xabardor qilish, ayrim narsa
hodisalar mohiyatini toMa ochib berish kabi vazifalar bilan bogMiq boMadi.
0 ‘qituvchi doimo tejamkorlikka e ’tibor berishi, zarur boMmagan so'zlami
qoMlamasligi kerak. Nutqning cho‘zilib ketishi unda takrorlar boMishi, zarur
boMmagan so‘zlaming ko‘p uchrashi
nutqni siyqalashtiradi, uni zerikarli qilib
57
him oya qila boshlaydi. 0 ‘qituvchining hohish istagi haqqoniylik va insonparvarlik
xarakterida b o ‘lsagina, bunday chekinishlarga yo‘l qo‘ymasligi mumkin bo'ladi.
Pedagogik faoliyat - yoshlam i hayotga, mehnatga, vatan mudofaasiga
tayyorlash uchun xalq oldida davlat va jam iyat oldida javob beradigan bolalarga
ta ’lim -tarbiya berish bilan shug‘ullanadigan va bu ishga m axsus tayyorlangan
kishilarning m ehnat faoliyatidir. Kollej o'qituvchilarining
faoliyati respublikamizda
buyuk davlat jam iyatni quruvchi va unda yashab mehnat qiluvchi etuk erkin
fikrlovchi inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. 0 ‘qituvchining barkamol
avlodni tarbiyalash va unda yangi insonga xos sifatlarni tarkib toptirish vazifasi eng
oliy janob yuksak va shu bilan birga eng sharafli va murakkab vazifadir. H ar bir
tarbiyalanuvchi o ‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Ulami o'qitish va tarbiyalashda
ularning ana shu o 'zig a xos xususiyatlarini hisobga olish, o ‘rgatish
nixoyatda
murakkabdir. Bunda insonlar o ‘rtasida ijtimoiy m unosabatlam ing murakkabligini
o ‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatda
tayyorgarlik k o ‘rsatgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim.
O 'qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogram m asida o ‘z ifodasini
topadi:
1. 0 ‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari;
2.0 ‘qituvchining pedagogik-psixologik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;
3. M axsus tayyorgarlikning hajmi va tarkibi;
4. Ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlik mazmuni.
Dostları ilə paylaş: