4. D ars -
dram a. AQSHIik olim M oreno
1934 yilda oila, shaxsiy va ish
faoliyatida yuz beradigan nozoli vaziyatlardan chiqish, psixoloik vaziyatlar echimini
topishda dramatik teatr tajribasidan foydalanish mumkinligini qator tadqiqotlar bilan
isbotladi. Bu metod asta-sekinlik bilan oliy va o ‘rta ta ’lim tizim iga kirib kela
boshladi. Adabiyot, oila psixologiyasi, m a’naviyat va boshqa ham m a fanlardan (yoki
fanlar tarixidan) dars-dramalam i tashkil etish mumkin. Ammo, dars-dramaning
asosiy maqsadi, talabalar orasida hamjihatlik, jipslik, do ‘stlik, his-tuyg‘ularini
shakllantirish, o ‘qituvchi-talaba orasidagi munosabatbatlami yaxshilash, talaba
(talaba)ning shaxsiy hayoti, jam oadagi shaxslararo munosabat va m uloqtda ijobiy
psixologik muhitni tashkil etishga muljallangandir.
5. D ars - m u n ozara. Bunday darslami fashkil etishdan oldin m unozara
mavzusi, y o ‘nalishi talabalarga e ’lon qilinadi. SHu sohada o ‘qish zarur bo‘lgan ilmiy,
badiiy adabiyotlar bilan ishlash haqida maslahat beriladi.
Dars jarayonida uyatchan, kamgap, sust talabalam i doimo savollar berish,
ularni fikrini so‘rash bilan faollashtirib turiladi. Dars jarayonida m uhokam a
qilinayotgan mavzudan chetga chiqib ketmaslik uchun, o'qituvchi m unozaraning
borishini talabalarga sezdirmagan holda boshqarib turadi.
6. D a rs - sayoh at. Dars - sayohat oldindan tuzilgan reja asosida o ‘tkaziladi
va bu darsga katta tayyorgarlik ishlari talab qilinadi.
Bordi-yu o ‘qituvchi «O ‘zbekistonning - o ‘rmonlari» mavzusida sayohat
tashkil qilmoqchi b o is a , u oldin talabalarga o ‘rmonlar haqida, ulardagi ekologik
ahvol, daraxt va o ‘simliklarning turlari haqida tushunchalar beradi.
Sayohat jarayonida talabalar bilan daraxt va o'sim liklar turini, tabiat
manzaralarini rasmlarga, video tasm alarga ularning suratlari olinadi. Sayohatning
natijasi to ‘plangan namunalar, olingan rasm va video suratlarni namoyish etish bilan
64
lahlil qilinadi. Bu
shaklda olib borilgan darslar talabalaming xotiralarida uzoq
muddat muhrlanib qoladi.