qilmoqda.Tarixdan ma’lumki, ota-bobolarimiz ham tabiiyjarayonlarni kuzatishlar,
yillararo taqqoslash, davriyligini aniqlash orqali xavfsizlikni ta’minlash uchun
ma’lum chora tadbirlarni qo‘llashgan.Bizning davrimizgacha yetib kelgan
ma’naviy durdonalar, xalq maqollari xanuzgacha hayot xavfsizligi tadbirlarini
amalga oshirishda dasturiamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, “Hushyor
bo‘lsang ofat ko‘rmaysan”, “Falokat oyoq ostidadir”, “Saqlansang – sog‘ qolasan”,
“Saqlanganni saqlayman”, “Sinch uyim-tinch uyim” va shu kabi hayotiy tajribadan
o‘tgan iboralar borki, yillar o‘tgan sari ularning qadr - qiymati ortib borsa boradiki,
aslo tushmaydi.Hozirgi vaqtda milliy ma’naviyat to‘g‘risida turli xil fikrlar
bildirilar ekan, ma’naviy kamolatga yetaklovchi axloqiy madaniyat, axloqiy
tarbiyada bebaho mulk xisoblanmish, ota-bobolarimiz hayot tajribasi va qomusiy
allomalarimizning nodir asarlarida bitilgan tarixiy merosni o‘z o‘rnida va har
tomonlama hayotga tadbiq etishimiz zarur. Zero, buyukligimizning asosi ham boy
tarixiy merosimizdadir. Muqaddas kitoblarda bitilgan sog‘lom va tinch – osuda
turmush kechirish tamoyillarini hozirgi kun talabida izohlab , har bir ishga tadbiq
etilsa, birinchidan, bizgacha bo‘lgan tarixga e’tibor, undan unumli foydalanish,
ota-bobolarning buyuk merosiga hurmatni yuzaga keltirsa, ikkinchidan, hozirgi
vaqtda murakkab jarayonlar zaminida kechayotgan hayotimizda uchrab turadigan
noxush holatlarni aql – idrok bilan yengib o‘tishga mukammal tayyorgarlik ko‘rish
hamda yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: