Disketa va disk yu rutuvchilar


Tasma tortuvchi qurilmalar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə15/21
tarix24.06.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#134775
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
SAMANDAR DIPLOM

3.4. Tasma tortuvchi qurilmalar
Tasmani jamlovchilar (1 Mbayt yoki 1 Gbayt hisobida) ancha arzon, kattaroq sig‘imga ega va disklarning zaxira nusxalarini yaratish va katta sondagi turli fayllar bilan ishlash osonroqdir. Tasmali tashuvchi ketma-ket kirishdan foydalanadi, bu esa tasmadagi narsa eng boshidan boshlab o‘qilishi va ayrim fayllar o‘zlarining tasmaga yozilish tartibida topilishini anglatadi. Bundan tashqari, odatda ayrim fayllar modifikatsiyalanishi yoki tasmadan o‘chirilishi mumkin bo‘lmaydi; faqat butun kartrijdagi hamma narsa o‘chirilishi yoki ko‘chirib olinishi mumkin. Shunday qilib, tasmani tashuvchilar butun qattiq disklarni barcha ilovalar va ma’lumotlar bilan birgalikda qayta nusxalash uchun ko‘proq moslashgandir. Bunday qayta ommaviy nusxalash ayrim fayllarni tasmani tashuvchilarga yozilishini murakkablashtiradi. Eni 1/3 dyuym bo‘lgan tasma uchun 6x4x5/8 dyuym o‘lchamli (taxminan 15x10x1.6 sm) birinchi jamlovchi ZM kompaniyasi tomonidan 1972 yili taqdim etilgan edi. U kartrijlar uchun standart DC deb ataladi. Sig‘imi 60 Mbayt bo‘lgan birinchi QIC jamlovchi – QIC-02 da birinchi marta foydalanildi. Bu jamlovchi 1983-1984 yillarda paydo bo‘ldi. O‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalarida QIC-02 ning hajmi kichikligi muammosi paydo bo‘ldi, shu sababli katta disklar uchun standartlar ishlab chiqildi.


Tasmalar va magnitli yozuv texnologiyasi
QIC standartining zaxira nusxalash qurilmasi ma’lumotlarni magnitni saqlash va qattiq diskka yozishga o‘xshash MFM (Modofied Freguency Modulation) yoki RRL (Run length Limited) yozuv usulidan foydalaniladi.
QIS standartida va uning turli ko‘rinishlarida odatdagi audiokassetalarga yozish usulini eslatadigan chiziqli yozuv kallak mexanizmidan foydalaniladi.
QIS ning turli standartlarida turli xildagi plyonkalar uishlatiladi va tasmaga kassetaning zaruriy sig‘imiga erishish uchun turli sondagi yo‘lkalar yoziladi.
Travan tasmali jamlovchilari
1994 yil oxirida ZM kompaniyasidan ajralib chiqqan Imation kompaniyasi tasmali kartrijning QIC va QIC-Wide asosidagi mutloq yangi standartini yaratdi va u “Travan” deb ataldi. Travan an’anaviy QIC MC va QIC-Wide jamlovchilarini deyarli to‘liq siqib chiqardi. Va zaxirali nusxalash uchun nusxa va qulayligi bo‘yicha samarali vosita berdi. Bu texnologiyadan foydalanilganda siqilmagan ko‘rinishda 10 Gbaytgacha hajmda, siqish usulidan foydalanilganda esa 20 Gbaytgacha hajmda zaxira nusxalash mumkin. Travanning ishi noyob “yuritma - minikartrij” o‘zaro ta’siri usuliga asoslangan bo‘lib, unga Imation kompaniyasi tomonidan patent olingan.standart 3.5 dyuymli Travan jamlovchisini ko‘pchilik tizimlar va korpuslarga o‘rnarish mumkin. Travan jamlovchilari QIC, QIC-Wide va Travan mini-kartrijlari,bu foydalanuvchilar uchun juda qulaydir, chunki bunday mini-kartrijlardan 200 mln ga yaqin ishlab chiqarilgan. Travan mini-kartrijlalri va jamlovchilarining bir necha tiplari mavjud. Ularning har biri ma’lum QIC standartiga mos keladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin