tayyorlashda bug'doy va sholi bilan bir galikda birinchi o'rinlarni egallaydi.
Qulay
sharoitlarda
yetishtirilganda,
juda serhosil o'simlik bo'lib, 1 ga maydondan 50 s gacha don olish mumkin. Makkajo'xori so'tasi g'ovak tayoqchadan va unga mahkamlangan 400-600 ta dondan iborat. Yetilgan so'ta massasining 22-25 % i g'ovak tayoqchaga, 75-78 % i don hissasiga to'g'ri keladi. Makkajo'xori donining kimyoviy tarkibi o'rta hisobda quyidagilardan: 14% suv, 9,3-11,9% oqsillar, 63,6-69,4% uglevodlar, shu jumladan 54,3-59,8% kraxmal, 4,0-5,9% yog'lar, 2,0-2,7% selluloza, 1,1- 1,6% mineral moddalardan tashkil topgan. Jahonda yetishtirilayotgan makkajo'xorining 25 % ga yaqini bevosita ovqatlanishda ishlatiladi. Makkajo'xori kraxmal-patoka sanoatida tabiiy va modifikatsiyalangan kraxmal, patoka, glukoza va boshqalarni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Tariq, sholi, grechixa qariyb butunlay yormalar olishda ishlatiladi, shuning uchun ular, odatda, yarma a'simliklari deb nomlanadi. Tariq qurg'oqchilikka chidamli muhim yorma o'simligidir. Tariqdan olinadigan yorma sa'k deb ataladi. Shuning bilan birga tariq spirt ishlab chiqarishda ishlatiladigan solod tayyorlashda qo'llaniladi. Tariq doni kichik, tuxumsimon, ba'zida qariyb yumaloq shaklda, diametri 2 mm ga teng. Tariq doni tashqarisidan silliq, ammo juda qattiq bo'lgan don massasining 16 % ini tashkil qiluvchi gul qobig'i bilan o'ralgan. Tariq o'zagi oq rangdan och-sariq ranggacha bo'lib, shaffof yoki unsimon bo'ladi. Tariq donining kimyoviy tarkibi 14% suv, 11,2 % oqsillar, 60,7 % uglevodlar, shu jumladan 50,4 % kraxmal, 3,8 % yog'lar, 7,9 % selluloza, 2,9% mineral moddalardan iborat.
Grechixa- grechixasimonlar
oilasi
ga mansub (1.6-rasm). Grechixa don olish uchun va asal olinadigan
iborat. Po'stlog'idan ajratilgan meva, mag'iz deb ataladi va yorma sifatida ishlatiladi. Grechixa yormasi juda
1.6-rasm. Grechixa mag'zining kesimi a - ko'ndalanglga; b - uzunasiga.
mazali xususiyatga ega, tarkibida yuqori miqdorda selluloza va mineral moddalar mavjud, grechixa oqsillari aminokislota tarkibiga ko'ra qiymatli bo'lib, bu uni parhezbop ovqatlanishda ishlatish imkonini beradi. Grechixa donining o'rtacha kimyoviy tarkibi 14 % suv, 11,6 % oqsillar, 59,5 % uglevodlar, shu jumladan, 54,9 % kraxmaldan, 2,3 % yog'lar, 10,8 % selluloza, 1,8 % mineral moddalardan iborat.Shali asosiy va qadimiy donli ekinlar qatoriga kiradi. Dunyo miqyosida don yetishtirishda sholi bug'doydan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Sholi, asosan, yorma (guruch) tayyorlashda, maxsus maqsadlar uchun ishlatiladigan un va kraxmal ishlab chiqarishda ishlatiladi. Guruch yormasi yuqori mazali xususiyatlarga ega va oson hazm bo'ladi. Bu esa uni parhezbop va bolalar ovqatlanishining almashinmaydigan tarkibiy qismi bo'lishini ta'minlaydi. Sholi doni pardali bo'lib, tashqarisidan don massasining 20 % ini tashkil qiluvchi qo'pol gul qobig'i bilan o'ralgan. Qobiqlarning rangi turlicha-oq-sariq, to'q jigarrang, qizil rangda bo'ladi. Sholi donining o'rtacha kimyoviy tarkibi: 14 % suv, 7,3 % oqsillar, 63,1% uglevodlar, shu jumladan 55,2 % kraxmal, 2,0 % yog'lar, 9,0 % selluloza, 4,6 % mineral moddalardan iborat. Donni saqlash. Don yetishtiriladigan hududlarda donni saqlash mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarga ega don qabul qilish maskanlarida, shuning bilan birga, donni iste'mol qilish va qayta ishlash joylarida (tegirmonlar va yorma ishlab chiqariladigan korxonalar qoshida) katta quvvatli e1evatorlarda amalga oshiriladi. Bu korxonalar donquritgichlar va faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan. O'rib olinganidan so'ng birdaniga omborxonalarga ke1tirilgan donda o'rib olishdan keyingi
yeti/ish jarayoni deb ataluvchi faol biologik jarayonlar sodir bo'ladi. Bu jarayonning davomiyligi don o'simligining turi va navi, uni saqlash sharoitlariga qarab 2-3 kundan 10-16 kungacha davom etadi. Tozalangan don quritilganda va shamollatiladigan omborxonalarda saqlanganda yetilish jarayoni tezlashadi. Yangi o'rib olingan va hali yetilmagan don kislorodni yutib, uglerod ikki oksidi, suv va issiqlik chiqarib faol nafas oladi. Bir vaqtning o'zida zaxira uglevodlar, oqsil moddalar va yog'larning shakllanishini tugallovchi jarayonlar sodir bo'ladi. Bunda qand, oqsilmas azot, erkin yog' kislotalarining miqdori kamayadi, kraxmal, oqsil va yog'lar miqdori ortadi. O'rib olishdan keyingi yetilish jarayonida chuqur sifat o'zgarishlari sodir bo'ladi. Don odatdagi unish xossalariga, uzoq muddat saqlashga yaroqli bo'ladi, uning texnologik xossalari yaxshilanadi. Quruq, toza, to'liq yetilgan don qulay sharoitlarda oziqaviylik qiymati va texnologik xossalarini yo'qotmasdan uzoq muddat saqlanishi mumkin.