Donni qayta ishlashda barabanli quritgichni loyihalash reja: kirish asosiy qim



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə12/14
tarix18.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#139783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
DONLI EKINLARNI MAYDALASHDA BOLG‘ALI MAYDALAGICHNI LOYIHALASH

Nonning oziqaviy zararsizligi. Nonning ovqatlanishdagi ahamiyati shunchalik kattaligi sababli, uning inson uchun oziqaviy zararsizligi qat`iy tarzda kafolatlangan bo’lishi darkor. O’simlikning rivojlanishi vaqtida kimyoviy o’gitlar, insektisidlar va gerbisidlarning keng qo’llanilishi bu moddalardan ayrimlari inson salomatligiga sezilarli salbiy ta`sir qilishini hisobga olgan holda ularning dondagi qoldig’ini nazorat qilish shart.
Keyingi yillarda donda yadroviy parchalanishning ikkilamchi radioaktiv moddalari mavjudligi kuzatilmoqda. Bu moddalar bilan atmosfera havosi, tuproq, suv, atmosfera yog’inlarining va shundan kelib chiqib don, sabzavotlar, mevalar va sut, baliq mahsulotlarining zararlanishiga, yadroviy qurol sinovlarini o’tkazilishi, yadroviy reaktorlar va qurilmalaridagi baxtsiz hodisalar (masalan, chernobil AESidagi portlash) sabab bo’lmoqda. SHu munosabat bilan don va don mahsulotlarining radioaktiv zararsizligini nazorat qilish dolzarb muammoga aylandi. Don va don mahsulotlarini zararsizlantirish usullari ishlab chiqilgan.
Daladan yig’ishtirib olinmagan va qishda atmosfera yog’inlari ostida qolgan g’alla ekinlarining doni zaharli bo’lishi mumkin. Zamburug’larning don yog’ fraksiyasiga ta`sir qilishi natijasida, odamda alimentar septik angina kasalligi rivojlanishi mumkin. Nonning zaharlanishiga Asp.flavus zamburug’lari ajratib chiqaradigan zaharlar (toksinlar) ham sabab bo’lishi mumkin. Bu zamburug’lar ajratib chiqaradigan zaharli moddalar mikotoksinlar deb ataladi. Zamburug’lar donda, unda va nonda rivojlanishi mumkin. SHuning uchun bu zaharli moddalarning donda, unda, nonda, va mog’or zamburug’laridan olinadigan ferment preparatlarda mavjud bo’lishini nazorat qilish lozim.
Umumiy ko’rinishda ishlab chiqarish sarf xarajatlar (maxsulot, ishlar, xizmatlar tannarxi) ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilgan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, quvvat, assosiy fondler, mexnat resurslari, xamda ishlab chiqarish va mahsulotni sotishga sarflangan boshqa qolgan harajatlarning qiymatlarni aks ettiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 27.01.1995 yil N09, 5.02.1999 yili N054 qarori bilan takomillashtirilgan ‘Maxsulot tannarxi (ishlar, xizmatlar) ni tashkil qiluvchi sarflar tarkibi va maxsulot (ishlar, xizmatlar) ni sotish, moliya natijalarini kelib chiqish tartibi’’ to’g’risidagi yangi yo’riqnoma qabul qilingan.
Ushbu yo’riqnoma bo’yicha hamma sarflar maxsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan va ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan (ammo ular davr xarajatlar tarkibida qayt etilib, asosiy faoliyat foydasida inobatga olinadilar) xarajatlarga bo’linadilar.
Bundan tashqari sarflar korxona umumxo’jalik faoliyatining foyda yoki zarazi xisobida inobatga olinadigan moliya faoliyati bo’yicha xarajatlar.
Favqulotdagi zararlar (foyda yoki daromadini soliq to’lagunga qadar hisobiga olingan) dan iborat.
Shunga ko’ra sarflar moddalarining guruhlanishi quyidagicha bo’ladi.

  1. Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi;

  2. Davr xarajatlari;

  3. Moliya faoliyati xarajatlari;

  4. Favqulotdagi zararlar.

Maxsulot tannarxiga kiritiladigan sarf harajatlar tarkibi
a)Maxsulot tannarxining iqtisodiy mazmuni; Maxsulot tannarxi asosiy sarf ko’rsatkichi bo’lib , unda korxonalarning ho’jalik faoliyatlaridagi xamma nuqson va muvaffaqiyatlari ifodalanadi, maxsulotni ishlab chiqarish va sotishga ketgan sarf-xarajatlarini pul ifodadagi yig’indisidir. Maxsulot ishlab chiqarish va solishga ketgan sarflar qanchalik kam bo’lsa, shunchalik ishlab chiqarishning samaradorligi oshadi.
Tannarx- maxsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etib, uni bahosini belgilashda asos xisoblanadi. Shuning uchun maxsulot tannarxini kamayishi amalda uni narxini pasayishini taminlaydi va foydani ko’payishida manba xisoblanadi.
Foyda va maxsulot tannarxining axamiyati ayniqsa bozor munosabatlari sharoitida oshib ketdi, chunki foyda korxona foliyatining asosiy manbasini tashkil etadi.
b) sarf xarajatlarning kulkutsion moddalari iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlanishi; Sarflar va xarajatlar shakllanish boshqaruvida harajatlar turuni inobatga olgan sarflar tasnifi muxim ahamiyatga ega va u kalkutsiya moddalari hamda sarflar elementlari bo’yicha ko’riladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin