E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


  Ontogenez davrlarini tabaqalash nazariyalari



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

2.2. 
Ontogenez davrlarini tabaqalash nazariyalari
Psixologiya fanida ontogenezni davrlarga tabaqalash bo‘yicha qator 
mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai 
nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga
29


biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik 
nazariyalami kiritish mumkin.
Quyida mazkur nazariyalar va ulaming ayrim namoyandalari ifodalagan 
yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul 
qilingan, qolgan jaray on laming rivojlanishi ixtiyoriy bo‘lib, ana shu omil bilan 
o‘zaro bog‘liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi 
biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy- 
psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayonining o‘zi, dastaw al biologik yetilishning universal 
bosqichi sifatida talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.MyuIler va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun 
tana 
a ’zolarining 
rivojlanishi 
nazariyasini 
tashviq 
qilishda 
hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o ‘ynagan. Biroq 
unda tana a’zolarining individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini 
tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik konimga 
ko‘ra,. shaxs psixologiyasiniig individual rivojlanishi 
(ontogenez) butun 
insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha 
takrorlaydi.
Nemis psixologi V.Shtemning fikricha, chaqaloq (yangi tug‘ilgan bola) 
hali odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan 
oshgach, u psixik rivoji jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi; ikki 
yoshida oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarida ibtidoiy gala holidagi odamlar 
darajasiga yetadi, maktabga kiiganidan boshlab ibtidoiy davmi boshidan 
kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi o‘rta asr kishilari darajasiga, nihoyat, 
yetuklik davri (16— 18 yosh lari )dagina hozirgi zamon kishilarining madaniy 
darajasiga erishadi.
S.Xoll “rekapitulyatsiya qonuni”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) 
psixologik o‘sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez 
filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go‘dakIik 
hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalak esa asosiy 
mashg‘uloti ovchilik va baliqchilik bo‘lgan qadimgi kishilaming davriga aynan 
mos keladi. 8— 12 yoshlardagi o4sish davri yowoyilikning oxiri va 
sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir. 0 ‘spirinlik esa jinsiy 
yetilishdan (12— 13 yoshdan) boshlanib yetuklik davrigacha (22— 25 yoshgacha) 
davom etib, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar “bo‘ron 
va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo‘lib, odamda 
“individuallik tuyg'usi” vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi 
o‘z navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o ‘taydi, chunki inson 
zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi 
ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitutsion 
psixologiyasi” (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari
30


toinonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining 
negiziga bir qancha biologik omillami (masalan, tana tuzilishining tipi va 
boshqalami) kiritib, insonningjismoniy tipi bilan 
0
‘sishining xususiyati o‘rtasida 
uzviy bog‘liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta 
toifaga: sikioid (tez qo'zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta beqaror) va shizoid 
(odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan)larga ajratadi. 
Bu taxminini yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, o‘smirlar sikioid 
xususiyatli, 
0
‘spirinlar esa shizoid xususiyatliligini ta’kidlaydi. Lekin insonning 
kamol topishida biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol 
olynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga 
aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell 
va S.Xoll rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko'radilar, bu jarayonda 
muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o‘zaro almashinib turadi, degan 
xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol kokrinishi Zigmund 
Freydning shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan 
shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki 
instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog‘liqdir. 
Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki 
betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik 
nazariyaning 
qarama-qarshi 
ko‘rinishi 
sotsiogenetik 
nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlami jamiyatning 
tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro 
munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko‘ra, 
inson biologik tur sifatida tugilib, hayotdagi ijtimoiy shait-sharoitlaming 
bevosita la’siri ostida shaxsga aylanadi.
G‘arbning eng muhim nazariyalaridan biri - rollar nazariyasidir. Bu 
nazariyaga ko‘ra jamiyat o'zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb 
nomlangan xatti-harakaming barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson 
ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo'lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, 
boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
AQShda individual tajriba va bilimlami o‘zlashtirish (ko'nikish) nazariyasi 
keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqelikka 
munosabati, 
ko‘nikmalami 
egallashi 
va 
bilimlami 
o ‘zlashtirishi 
qo‘zg‘atuvchining barqarorligiga bogMiqdir.
K.Levin tavsiya qilgan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi o‘z davrida 
muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko‘ra, shaxsning xulqi (xatti- 
harakati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) 
bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining koMamida 
tayanch nuqtasiga yoknalgan boMadilar.
Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o‘zgalar 
uchun yopiq yoki maxfiy muhilning xiisusiyatlaridan kelib chiqqan holda
31


tushuntiradi, bunda u odam xohishi yoki xohlamasligidan qat’i nazar, mazkur 
sharoitga moslashmog'i (ko‘nikmog‘i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy, 
ob’ektiv shart-sharoitlari mutlaqo e ’tiborga olinmagan.
Psixologiyada psixogenctik yondashish ham mavjud boMib, u biogenetik 
va sotsiogenetik omillaming qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlaming 
rivojlanish ini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur 
vondashishni uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu 
yo‘nalishlar o‘zmohiyati, kechishi va mahsuli jihatidan keskin farqlanadi.
Psixikaning inratsional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy 
qismlari: emotsiya, mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya 
psixodinamika, deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri amerikalik 
psixolog E.Eriksondir. U insonning umrini o‘ziga xos betakror xususiyallarga 
molik 8 ta davrga ajratadi.
Birinchi davr - go‘daklikda tashqi dunyoga ongsiz “ishonch” tuyg‘usi 
vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g ‘amxolrIigi 
va jonkuyarligidir. Agar go‘dakda ishonchning negizi paydo bo‘lmay, borliqqa 
ishonchsizlik hissi tug‘ilsa, voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik 
vujudga kelishi shubhasizdir.
Ikkinchi davr - ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat 
tuygusi shakllanadi yoki, aksincha, ulaming teskarisi — uyat va shubha hissi 
hosil bo‘ladi. Bolada mustaqillikning o ‘sishi unga o ‘z tanasini boshqarish uchun 
keng imkoniyat yaratib, bo‘lg‘usi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom. 
m as'uliyat javobgarlik, hunnat tuyg'ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr - o‘yin yoshi deb ataladi va unga 5 -7 yoshli bolalar kiradi. 
Bu davrda tashabbus tuyg’usi, qandaydir ishlami amalga oshirish, bajarish mayli 
tarkib topadi. Mabodo boladagi xohish-istakni ro'yobga chiqarish yo‘li to‘sib 
qo'yilsa, buning uchun u o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, 
ya’ni guruh o‘yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat 
kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko‘rishiga, uning xayoloti o‘sishiga imkon 
yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg'usi, uni tushunish mayli tug‘ila 
boshlaydi.
T o‘rtinchi d av r - maktab yoshi boladagi asosiy o ‘zgarishlar: ko‘zlagan 
maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib 
turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu 
yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo‘lib, ular ijobiy xislatlari yetarli 
boMmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolami 
hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlami o‘zlashtirishdagi qoloqlik 
va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga munosabati shakllana 
boshlaydi.
Beshinchi davr -
0
‘spirinlik betakror xislati, olziga xosligi, boshqa 
odamlardan keskin farqlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek. o‘spirinlik shaxs 
sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat'iyatsizlik singari salbiy
32


sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolini 
kechiktirish”ning o'zgarishi hisoblanadi. U ijlimoiy hayotda bajarayotgan 
rollarning ko'lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash 
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, shuningdek, rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan 
cheklanadi, xolos. Erikson o'spirinlarda o‘zini o'zi anglashning psixologik 
mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual 
qizikish, patogen (kasallik qolzg‘atuvchi) jarayonlami va ulaming turli 
ko'rinishlari namoyon bo*lishini bayon qiladi.
Oltinchi davr - yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv 
qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy 
mayl alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va 
odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.
Yettinchi davr - yetuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida 
(mehnatda, ijodiyotda, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatish va 
boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi uzluksiz hamroh boiadi va ezgu niyatlaming 
amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim 
jihatlarda turg'unlik tuyg‘usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson sifatida o‘z burchini uddalay 
olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan 
tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidlilik, ko'ngil 
sovish tuyg'ularini aytish mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig* bo‘lish har 
bir holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash bu yoshdagi odamlarga 
xos eng muhim jihatlardir. 
л Г
' 1 '
E.Shpranger “O vspirinlik davri psixologiyasi” nomli asarida bu davrga 
13-19 yoshli qizlami, 14-22 yoshli yigitlami kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, 
bu yosh davrida yuz beradigan asosiy o'zgarishlar: a) shaxsiy “Men”ni kashf 
qilish; b) refleksiyaning (o‘zini o‘zi va o‘zgalami anglash) o ‘sishi; v) o‘zining 
individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish; g) hayotiy ezgu 
rejalaming paydo boMishi; d) o lz shaxsiy turmushini ongli xolda qurishga intilish 
va hokazolardir. 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘smirlarda o‘zlariga 
kattalaming bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg‘usi paydo 
bolishidan 
iboratdir. 
17-21 
yoshlilaming yana bir xususiyati ularda 
tengqurlaridan “ajralish” inqirozi va tanholik istagining paydo bo'lishidir. Bu 
holat tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqadi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning 
yirik namoyandalari hisoblanadilar.
Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va 
boshqalami kiritish mumkin.
J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari (vazifalari) hamda 
uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy 
funksiyalari (vazifalari) uyushqoqlik va moslashish, ko‘nikishdan iborat bo‘lib, 
aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi.
33


Muallif intellektni (aqlni) quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) 
sensomotor 
(hissiy-harakat) 
intellekti 
(tug" i lishdai 

yoshgacha); 
2) 
operatsiyalardan (fikriy harakatlardan) ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 
yoshgacha); 3) yaqqol xatti-harakat davri (7 -8 yoshdan 11-12 yoshgacha); 4) 
rasmiy sa’y-harakatlar davri.
J.Piajening g'oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini 
kognitiv-genetik 
nazariyachilarga 
qo‘shish 
mumkin. 
Bu 
yo‘nalishning 
namoyandalari L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va 
boshqalardan iboratdir.
A.Vallon (Fransiya) nuqtai nazaricha, yosh davrlari quyidagi bosqichlarga 
ajratiladi: 1) homilaning ona qornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri -
tug‘ilgandan 6 oylikkacha; 3) emotsional (his-tuyg'u) davri - 6 oylikdan 1 
yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri — 1 
yoshdan 3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan 5 
yoshgacha; 6) farqlash davri - 6 yoshdan 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va 
olspirinlik davri - 12 yoshdan 18 yoshgacha.
T u g ‘ilishdan aw a lg i rivojlanish bosqichlari.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin