E qosimov, M. Akbarov


Yashil xromli qo‘rg‘oshin



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə141/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156
Yashil xromli qo‘rg‘oshin — lazur hamda sariq kronni kukun to‘ldirgich bilan obdan aralashtirib hosil qilingan yashil rangli pigment. Uning berkituvchanligi va ranglash kuchi yuqori, shuningdek, zanglashga chidamli. Yashil xromli qo‘rg‘oshinni ishqor reaksiyasi sodir bo‘ladigan pigmentlar bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi, chunki ishqor ta’sirida uning rangi buziladi.
Xrom oksidi (Cr2O3) — zararli muhit (ishqor, kislota va hokazo) ta’siriga chidamliligi bo‘yicha boshqa pigmentlardan farq qiladi. Bundan tashqari, uning rangi yorug‘lik hamda issiqlik ta’sirida o‘zgarmaydi. Barcha turdagi bog‘lovchilar bilan osongina qorishadi. Shu sababli yuqori harorat va ayrim zararli muhit ta’sirida bo‘ladigan har xil konstruksiyalar uchun bo‘yoq tarkiblar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Bo‘yoqchilikda ishlatiladigan sof lazurga mos keladigan kronni aralashtirib yashil rux pigmenti tayyorlanadi. Yuqoridagilar singari, ishqor ta’siriga chidamsiz. Yelimli bo‘yoqlarga aralashtirib, suvoqli devorlarni pardozlashda ishlatiladi.
Sanoatda 3 xil qo‘rg‘oshinli yashil pigment chiqariladi. «Yaxlit» yashil pigment, och tusli va to‘q tusli yashil pigment. Yashil pigmentda 50 dan 75% gacha og‘ir shpat bo‘ladi.
Tarkibida qo‘rg‘oshin bo‘lgan barcha pigmentlar kabi qo‘rg‘oshinli yashil pigment rangi vodorod sulfid ta’sirida xiralashadi va ishqor ta’sirida qizaradi.
Qo‘rg‘oshinli yashil pigment ichki bo‘yash ishlarini bajarish uchun moyli va emalli aralashmalar tayyorlashda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli yashil pigment bilan faqat batamom qurigan suvoqni bo‘yash mumkin. Chunki, bu pigment ishqor ta’siriga bardosh bera olmaydi, hatto qo‘rg‘oshinli yashil pigment qo‘shilgan moyli koler bilan bo‘yalganda ham yuzada qizil dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Qo‘rg‘oshinli yashil pigmentning berkituvchanligi juda yuqori: 12 dan 42 sm2/g gacha bo‘ladi.
Ruxli quruq yashil pigment ruxli kron bilan bo‘yoq lazurini aralashtirish yo‘li bilan olinadigan sun’iy ma’dan pigmentdir. Uch xil navda chiqariladi: to‘ldirgichsiz, «yaxlit» yashil, 50% to‘ldirgich (og‘ir va yengil shpat) qo‘shilgan yashil pigment. Har qaysi navi ikki tusga, ya’ni och va to‘q tusga egadir.
Ruxli yashil pigment oftobda aynimaydi, u vodorod sulfid ta’sirida xiralashmaydi va zanglamaydigan xossalarga ega. Temir, yog‘och-taxta va suvalgan yuzalarni bo‘yash uchun moyli va emalli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Ruxli yashil bilan yaxshi qurimagan suvoqni bo‘yab bo‘lmaydi, chunki bu bo‘yoq ishqor ta’sirida buziladi.
Ruxli yashil pigmentning berkituvchanligi quyidagicha: «yaxlit» — to‘q rang berilsa — 23 g/m2 va och rang berilsa — 28 g/m2; to‘ldirgichli — to‘q rangliginiki — 40 g/m2 va och rangliginiki — 45 g/m2.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin