Ega va uning ifodalanishi



Yüklə 98,43 Kb.
səhifə1/6
tarix02.02.2023
ölçüsü98,43 Kb.
#82312
  1   2   3   4   5   6
6-Gapning bosh бўлаклари.

GAP BO`LAKLARI VA ULARNING TURLARI. EGA VA UNING IFODALANISHI

Reja:

  • Gap bo`laklarning ta’rifi va xususiyatlari.
  • 2. Gap bo`laklari va so`z turkumlari.

    3.Gap bo`laklarini belgilash.

    4. Eganing ta’rifi va ifodalanishi.

GAP BO`LAKLARNING TA’RIFI VA XUSUSIYATLARI

Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan va o‘zaro tobe bog‘langan so‘z lar yoki so‘z birikmalari gap bo‘lagi deb ataladi:

U Ochil buvani o'z xonasiga yetakladi.

Gap bo`laklarning ta’rifi va xususiyatlari

Gap bo‘laklari gapda egallagan mavqeiga qarab ikki turli bo‘ladi: bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklar. Ega va kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular o‘zaro faqat tobe bog‘lanadi. Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil etadi.

Gap bo‘laklari tuzilishiga ko‘ra ham ikki turga bo‘linadi:

1. Oddiy (sodda) bo‘laklar yakka so‘z bilan ifodalanadi (qo‘shma, juft so‘zlar bilan ifodalansa ham, oddiy bo‘lak hisoblanadi): Dars boshlandi. U sekin javob berdi. Qo‘lidagi uzuklar qosha-qo‘sha.

2. Murakkab bo‘laklar turg‘un bog‘lanmalar (to‘g‘ri ma'noli va ko‘chma ma'noli), erkin bog‘lanmalar bilan ifodalangan bo‘laklardir: Aravani quruq olib qochish (nima? turg‘un bog‘lanma) sizga yarashmaydi. Uch og‘ayni (kim? erkin bog‘lanma)) shirin suhbat qurishyapti.

  •  

Gap bo`laklari va so`z turkumlari

Gap bo`laklari bilan so`z turkumlari quyidagicha farqlanadi:

  • So`z turkumlari morfologik kategoriya bo`lsa, gap bo`laklari sintaktik kategoriyadir.
  • 2. So`z turkumlarining morfologik xususiystlsri doimiydir, gap bolaklarining sintaktik xususiyatlari o`zgarib turadi.

    3. Gap bo`laklari so`z turkumlaridan kengroqdir.


Yüklə 98,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin