1) bosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar bilan: O‘zbekistonning poytaxti - Toshkent. Bu sovg‘a ukamga. Uyning kaliti onamda. Bularning hammasi sevinchdan.
2) sifat bilan: Shahar go‘zal.
3) olmosh bilan: Bu narsa o‘z-o‘zimniki.
4) otlashgan son bilan: O‘nning yarmi besh.
5) ravish bilan: Dangasaning vaji ko‘p.
6) undov so‘z bilan: Buyruqni bajarmaganning holi voy.
2. Murakkab kesim kamida ikkita so‘zdan tuzilgan bo‘ladi:
1) murakkab fe'l-kesim quyidagicha tuziladi:
a) ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasidan iborat bo‘ladi: Odamlar tarqala boshladi.
b) sifatdosh va to‘liqsiz fe'ldan iborat bo‘ladi. Mashg‘ulot haftada bir marta o‘tadigan bo‘ldi. U kelgan edi.
MURAKKAB OTKESIM
Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi:
a) ot, sifat, son, olmosh, ravish hamda "bo‘lmoq" fe'li yoki to‘liqsiz fe'ldan iborat bo‘ladi: Mehnat qancha qiyin bo‘lsa, noni shuncha shirin bo‘ladi.
b) yo‘q, bor, oz, ko‘p, zarur, lozim, kerak, darkor kabi so‘zlar hamda bo‘lmoq fe'li yoki to‘liqsiz fe'ldan iborat bo‘ladi: Uzoqda ko‘ringan sharpa bir zumda yo‘q bo‘ldi.
d) harakat nomi hamda kerak, lozim kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi, bunda kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs-son qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi: Choyxona yangi solingan qishki binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.