Ega va uning ifodalanishi


Gap bo`laklarini belgilash



Yüklə 98,43 Kb.
səhifə2/6
tarix02.02.2023
ölçüsü98,43 Kb.
#82312
1   2   3   4   5   6
6-Gapning bosh бўлаклари.

Gap bo`laklarini belgilash

Gap bo‘laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini belgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat beriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas.

Eganing ta’rifi va ifodalanishi

Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo;laklarga grammatik tobe bo’lmagan bo’lak ega deyiladi. Ega kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladi:

Kishilar (kimlar?) Hakimani va boshqa qizlarni maqtashdi.

O’tloqda bedana (nima?) ko’p. Atrof (qayer?) jimjit.

Eganing ifodalanishi

Ega bosh kelishikda bo‘lib, odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1. Ot bilan: Shamol gullar hidini atrofga taratdi.

2. Olmosh bilan: Ular to‘garak mashg‘ulotlariga muntazam qatnashadilar.

3. Harakat nomi bilan: O‘qish tugadi.

4. Otlashgan so‘zlar bilan:

a) sifat bilan: Oqlar yurishni boshladi.

b) son bilan: Uchovimiz dala aylandik.

d) sifatdosh bilan: Qimirlagan qir oshar.

e) ravish bilan: Ko‘plar qatnashdi.

f) taqlid so‘z bilan: To‘plarning gumbur-gumburi eshitilardi.

g) modal so‘zlar bilan: Bor boricha, yo‘q holicha.

Eganing ifodalanishi (davomi)

  • 5. Ibora bilan: Hafsalasi pir bo‘lgani sezilib turardi.
  • 6. Sintaktik birliklar (so‘z birikmasi) bilan: Otlarning otxonaga olib o‘tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.
  • 7. Eganing gapga teng predikativ birlik bilan ifodalanishi. Ega-kesim munosabati aks etgan predikativ birlik ega vazifasida kela oladi: Bilagi zo‘r birni yiqitadi, bilimi zo‘r – mingni (Maqol).

Yüklə 98,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin