15.5. Tashkilotdagi rasmiy munosabatlarning asosiy shartlari Tashkilot xodimlari o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar tashkiliy tuzulmaning shakllanishi bosqichida o‘rnatiladi, bunda ular har bir mutaxassisning vakolatlari doirasi, hukmronligi va javobgarligi hajmi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, rasmiy o‘zaro munosabatlarni uchta asosiy shart belgilab beradi:
· javobgarlik; · hukmronlik; · hisobot berish. Javobgarlik — bu xodimning zimmasidagi ishni bajarish va qo‘yilgan vazifalarni qoniqarli darajada bajarilishi uchun javobgarlik olib borish majburiyati.
Javobgarlik umumiy va funksional bo‘lishi mumkin. Ishlash uchun kerakli sharoitlarni yaratish yuzasidan umumiy javobgarlik rahbarning zimmasiga, aniq natija uchun funksional javobgarlik esa ijrochi zimmasiga yuklatiladi.
Javobgarlik egallangan lavozim u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlar bilan belgilanadi, u yaqqol (bevosita), yaqqol bo‘lmagan (bilvosita) va topshirilgan bo‘lishi mumkin.
Yaqqol (bevosita) javobgarlik xodimni ma’lum lavozimga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqqa va funksional lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq uning zimmasiga yuklanadi .
Yaqqol bo‘lmagan (bilvosita) javobgarlik kasbiy o‘sishning omili sifatida namoyon bo‘ladi. U har bir xodim uchun yakka tartibda o‘ziga xosligini e’tiborga olib, unga atalgan funksional lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq taqsimlanadi. Javobgarlikning ushbu turi mutaxassislarning lavozimi ko‘tarilishida katta ahamiyatga egadir.
Boshqaga o‘tkazilgan javobgarlik, odatda, bevosita rahbar tomonidan xodimga aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun topshirilgan javobgarlikdir.
Javobgarlikdan tashqari, hukmronlik va vakolatlar ham boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Hukmronlik — bu boshqa odamlarning odob-axloqiga amalda ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Minimal ravishda hukmronlikning 7 ta kanali ajratiladi:
· zo‘ravonlik — odamlarni tanbehlar berish, kamroq maosh to‘lanadigan ishga o‘tkazish va hokazo yo‘l bilan o‘z istaklariga qarshi faoliyatga bo‘lgan ishtiyoqida namoyon bo‘ladi; · ta’sir — bo‘ysunuvchi xodimlar o‘zining bevosita rahbarlari bilan muloqotda his qiladigan tuyg‘u; · vakolat — yaxshi tayyorlangan malakali rahbarlarga xos; · axborot — uning „ dozalanishi“da namoyon bo‘ladi; · lavozim mavqeyi — iyerarxiya pog‘onasiga bog‘liq: rahbarning lavozim pog‘onasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tashkilot a’zolariga ko‘rsatadigan hukmronlik ta’siri darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi; · obro‘-e’tibor, nufuz — rahbarning yetakchi bo‘la olishini namoyon qilishda katta ahamiyatga ega; · rag‘batlantirish — rahbarga tasarrufidagi xodimlarga ta’sir o‘tkazishda katta kuch bag‘shida qiladi. Vakolat — bu tashkilotning resurslaridan foydalanishni va xodimlarning kuch-g‘ayratini ma’lum vazifalarni bajarishga qaratishning tashkiliy jihatdan biriktirilgan cheklangan huquqi.