Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Chiziqli-funksional tuzulma



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə30/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Chiziqli-funksional tuzulma boshqaruv ishining shunday taqsimotini ta’minlaydiki, bunda chiziqli rahbarlar boshqaradilar, funksional rahbarlar esa maslahat beradilar.
Menejer ishining mohiyati va xususiyatlari uning lavozimi taalluqli bo‘lgan faqat iyerarxiya pog‘onasiga emas, balki o‘zi boshqaradigan bo‘linmaning ixtisosiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ular qanday bo‘linmaga boshchilik qilishiga qarab rahbarlar yakka­boshchi­lik asosida ishlaydigan va tashkilotning holati hamda uning butunligicha va bo‘linmalari bo‘yicha rivojlantirilishi uchun javob­gar bo‘lgan chiziqli rahbarlar (direktor, direktor o‘rinbosari) va boshqaruvning ma’lum tizimchasi (kadrlar, iqtisodiyot, marketing, moliya va boshqalar) uchun javob beradigan funksional rahbarlarga bo‘linadilar. Ular funksional bo‘limlar va xizmatlarning jamoalariga boshchilik qiladilar.
Iyerarxik tuzulmalarning turli modifikatsiyalari tashqi muhit­ning o‘zgarishlariga moslashishdagi hozirgi zamon muammolarini hal qilish imkonini bermaydi. Bundan muxtasarroq bo‘lgan, dinamik o‘zgarishlarga yaxshiroq moslashgan tuzulmalarga o‘tish zarur. Bunday tuzulmalar, odatda, cheklangan resurslar bilan va mahsulotning sifatiga yuqori talablar qo‘yilganda aniq muammo­larni hal qilish uchun vaqtinchalik asosda shakllantiriladigan organik tuzulmalardan iborat bo‘ladi. Yirik farmatsevtika tashki­lotlarida matritsali tuzulmalar ko‘proq uchraydi.
Matritsali tuzulma avval ko‘rib chiqilgan tuzulmalarning uzviy kombinatsiyasidan iborat bo‘lib, aniqroq aytganda — bu resurslar atrofida va natija ishlarni guruhlashtirish o‘rtasida muvoza­natga keltirilgan kelishuvdir. Matritsali tuzulma ijrochi­larning ikki yoqla­ma: bir tomondan funksional xizmatning bevo­sita rahbariga, ikkinchi tomondan rejalashtirishgan muddatlar, resurslar va sifatga muvofiq boshqaruv jarayonini amalga oshirish uchun zarur vakolatlarni olgan loyiha (maqsadli dastur) rahbariga bo‘ysunuvi tamoyili asosida qurilgan tashkiliy boshqaruv tuzulmasining zamonaviy samarali turini o‘zida namoyon qiladi. Bu tizim ikki — funksional va mahsulot negizlari kombinat­si­yasiga asoslanadi. Har bir matritsa tashkilotdagi 3 turdagi vazifa­lardan tarkib topadi:
1) ikki yoqlama bo‘ysunuv tizimida muvozanatni saqlovchi bosh rahbar;
2) matritsa yacheykasidagi bo‘ysunuvchi xodimni o‘zaro „bo‘ladigan“ funksional va mahsulot bo‘linmalarining rahbarlari;
3) matritsa yacheykalarining rahbarlari, ular funksional va mahsulot rahbarlari oldida birdak hisobot beradilar.
Matritsali tashkilotning eng katta afzalligi, uning tashqi muhitini o‘zgarishlariga resurslar va natijalar, funksiyalar va mahsulot, oraliq va umumiy maqsadlar orasidagi muvozanatga oddiy tuzatishlar kiritish yo‘li bilan yuqori darajada moslashish qobilyatidan iborat. Vertikal va gorizontal bog‘lanishlarning uzviy va doimiy birikmasi xodimlarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi va ular qarorlarni qabul qilish jarayonining ishtirokchilariga aylantiradi.
Matritsali yondoshuvda xuddi o‘sha ikki yoqlama bo‘ysunuv tizimi tashkilot uchun salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi, xodimning ishi ikki tomondan baholanishi tufayli, bu ijro intizomining pasayishiga olib keladi va ko‘pgina nizolarning manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Matritsali tuzulma joriy etilishida ham tashkiliy nuqtayi nazardan juda murakkabdir, chunki xodimlarning uzoq tayyorgar­ligini va tegishli tashkiliy madaniyatni talab qiladi.
Tashkiliy tuzulmaning turi tashkilotning butun ishlash vaqti uchun ishlab chiqilgan doimiy tuzulma bo‘lib hisoblanmaydi, tashqi va ichki muhitning omillari jiddiy o‘zgarishlariga, tashkilotlar boshqaruvning qat’iy (iyerarxik) tuzulmalarini undan moyilroq (organik) tuzulmalarga almashtirish yo‘li bilan moslashishi mumkin.
Tuzulmani loyihalashtirishda uni modifikatsiya qilish imko­niyat­lari ko‘zda tutilishi lozim, bu bilan tashkilotni tashqi va ichki muhitning o‘zgarishlariga moslashishi va demak, uning maqbullashtirilishi ta’minlanadi.
Tuzulmani maqbullashtirishning asosiy tavsiflariga struktu­rizatsiyaning alomatlari, omillari va mezonlari kiritiladi. Bu tushunchalarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Yuqori malakali xodimlarga ega bo‘lgan katta bo‘lmagan bo‘lin­malar; boshqaruvning ko‘p bo‘lmagan pog‘onalari soni; mahsulot­larni ishlab chiqarish va sotish, iste’molchiga yo‘naltiril­gan ishlarni bajarish; o‘zgarishlarga javoban tez harakat qilish; yuqori unumdorlik; kam miqdordagi sarf-xarajatlar maqbul tuzulmaning alomatlari bo‘lib hisoblanadi.
Quyidagilar: faoliyatning turi (tayyor dori vositalari dorixonasi, ishlab chiqarish dorixonasi, davolash-profilaktika muassasasiga xizmat ko‘rsatuvchi dorixona va hokazo); dorixonaning o‘lcham­lari, ishlarning hajmi; rivojlanish strategiyasi; mavjud xodimlar; yuzaga kelgan tashkiliy tuzulma — ta’sir etishning asosiy omillari jumlasiga kiritiladi.
Strukturizatsiyalash mezonlari quyidagilar: funksional maqsadi (faqat aholiga xizmat ko‘rsatish dorixonasi yoki kasalxonalararo dorixona, davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi); ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulot; iste’molchilar (bemorlar kontingenti va boshqalar) guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi; xizmat ko‘rsatiladigan mintaqa; ishlash vaqti (ish vaqtining intervali — navbatchi dorixona, dam olish kunlarida ham ishlaydigan dorixona bo‘lishi mumkin va hokazo); bo‘ysunuvchi xodimlar soni, boshqa­ruvchilik me’yorlari; xizmat ko‘rsatiladigan jarayondan iborat bo‘ladi.
Tashkilot tuzulmasini maqbullashtirish bir nechta bosqichda o‘tkaziladi:
· dastlabki (obyektning tavsiflari, tashqi muhit bilan moddiy, axborot, texnologik, moliyaviy va boshqa o‘zaro bog‘lanishlar; farmatsevtika tashkiloti o‘zining maqsadlari va vazifalari tarkibi) axborotlarini to‘plash;
· maqbullashtiriladigan parametrlar (boshqaruv pog‘onala­rining soni; bo‘linmalar soni; bo‘ysunuvchi xodimlar soni; vazifalar taqsimoti; ishlovchilarni bo‘limlar (bo‘linmalar, depar­tamentlar va hokazo.) bo‘yicha taqsimlash; axborot harakati (yo‘­na­lishi)ning sxemasi; ishlarni mexanizatsiyalash (avtomatlash­tirish) darajasi) ro‘yxatini tuzish;
· baholash parametrlarini (masalan, mahsulotlar va xizmat­larni sotish bo‘yicha xarajatlar; ishlovchilarga mehnat va axborot yuklamasi; boshqaruvchilik me’yorlarini) aniqlash;
· maqbullashtirishning yakuniy (masalan, xizmat ko‘rsatila­digan xaridorlarning soni; faoliyatning rentabelligi; tashkilotning sarf-xarajatlari va boshqalar) tavsiflarini belgilash.
· iyerarxiyaning barcha pog‘onalaridagi menejerlar tashkilot­ning tuzulmasini shakllantirish tamoyillari va uslublariga, uning turini tanlash hamda hal qilinayotgan vazifalar va maqsadlarga nisbatan muvofiqligini baholashga katta ahamiyat beradilar. Ular tashkiliy loyihalashtirishni amalga oshiradilar.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin