Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə74/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Ish yuritish — bu hujjatlashtirish va hujjat almashinuvini o‘z ichiga oluvchi faoliyat.
Farmatsevtika tashkilotida hujjatlarning tuzilishi, saqlanishi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun shaxsiy javobgarlik tashkilot rahbari zimmasida bo‘ladi. Ish yuritishni tashkil etishning asosiy tamoyili — maqsadga muvofiqlikdir.
Ish yuritishni reglamentlovchi me’yorlar turli darajali huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlanadi. Ish yuritish normativ bazasining muhim qismini ijro hokimiyatining federal idoralari (RF Davlat standarti, Rosarxiv, Adliya vazirligi va boshqalar), hamda turli muassalar tomonidan chiqariladigan reglamentlar tashkil etadi.
Farmatsevtika tashkilotlarida boshqaruv faoliyati jarayonida tuziladigan hujjatlar tashkiliy-tasarrufiy hujjatlar (TTH) deb nom­lanadi.
Hujjatlarni yaratish madaniyati 1998- yil 1- avgustdan amalga kiritilgan „hujjatlarning unifikatsiyalangan tizimlari. Tashkiliy-tasarrufiy hujjatlarning unifikatsiyalangan tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar“ davlat standartidagi me’yor­larning bajarilishini ko‘zda tutadi.
Hujjatlarni rasmiylashtirishning yagona talablarini bajarilishi hujjatlarni yuridik kuchga ega bo‘lishini; ularning o‘z vaqtida va sifatli tuzib chiqilishi va ijro etilishini; ularni tezkor izlab topilishini; tasniflanishi va saqlanishi tashkil etilishini ta’minlaydi.
Hujjatlar qog‘ozli tashuvchilarda yaratilganday ikki xildagi formatdan: A 4 (standart varaq) va A 5 (yarimta varaq) foydalanilishi mumkin. A3 va A 6 formatdagi varaqlardan kamroq foydalaniladi. Qog‘oz varag‘ining chetidagi hoshiyalar: tepadan — 20 mm, pastdan — 10 mm, chapdan — 20 mm, o‘ngdan — 10 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Hujjatlar, odatda, pechat qiladigan qurilmalar, hisoblash texnikasi vositalari yordamida tayyorlanadi va juda kam hollarda qo‘lda yoziladi (masalan, bildirgi, ariza).
Hujjatlar ikki va undan ko‘p varaqda tayyorlanganda ikkinchi va undan keyingi varaqlarga varaq raqami qo‘yiladi.
Hujjatlar Respublika adliya vazirligi qarorlari bilan tasdiqlangan unifikatsiyalangan shaklga ega bo‘lishi (masalan, kadrlarni hisobga olish hujjatlari) yoki ixtiyoriy shaklda yaratilishi mumkin. Biroq ikkala holatda ham hujjat rekvizitlarning ma’lum to‘plamiga ega bo‘lishi kerak.
Amaldagi standartga muvofiq rekvizitlar ikki xil variantda: bo‘ylama va burchakli joylashtirilishi mumkin. Rekvizitlarni joylashtirishning bo‘ylama usulida hujjatning sarlavha qismidagi rekvizitlarni (tashkilotning nomi, tashkilot haqidagi ma’lumot­nomaviy ma’lumotlar, hujjat turining nomi, hujjatni tuzish yoki nashr etish joyi, hujjatning sanasi, ro‘yxatga olish raqami) varaqning tepa qismi bo‘ylab markazlashtirish bilan, ya’ni har bir satrni chap va o‘ngdagi hoshiyadan bir xil masofada joylash­tirilishini ko‘zda tutadi. Ushbu rekvizitlar burchakli joylashtiril­ganda, ular varaqning tepa chap qismiga joylashtiriladi.
Tashkiliy-tasarrufiy hujjatlar 3 guruhdagi hujjatlarni: tashkiliy, tasarrufiy, axborot hujjatlarini o‘z ichiga oladi.
Tashkiliy hujjatlar tashkilot va uning alohida bo‘linmalari ishini tartibga solish imkonini beradi. Ayrim tashkiliy hujjatlarni tuzish tartibini (bo‘linma haqidagi nizom, funksional lavozim yo‘riq­nomasi) biz avvalroq, mazkur bo‘limning 2-va 3-boblarida ko‘rib chiqqan edik.
Tasarrufiy hujjatlar boshqaruv qarorlarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan. Tashkilotdagi tasarrufiy hujjatlarning asosiy turlariga buyruqlar, bayonnomalar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar kiritiladi.
Buyruq — tashkilotning yakkaboshchilik asosida amal qiladigan rahbari tomonidan asosiy va tezkor masalalarni hal qilish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.
Buyruqlar ikki turga bo‘linadi: asosiy faoliyat bo‘yicha va shaxsiy tarkib bo‘yicha. Asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqlarga tashkilotchilik, moliyalashtirish, rejalashtirish, hisobot, faoliyatni nazorat qilish, hamda ta’minot va farmatsevtika mahsulotlarini sotishning asosiy masalalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini aks ettiruvchi huquqiy hujjatlar kiradi.
Shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlar, xodimlarni ishga qabul qilinishi, boshqa ishga o‘tkazilishi, ishdan bo‘shatilishi, barcha turdagi ta’tillarni taqdim etilishi, xodimning xizmat safariga yuborilishi, uning rag‘batlantirilishi yoki intizomiy jazolanishini rasmiylashtirish hollarida rahbar tomonidan chiqariladi. Shaxsiy tarkib bo‘yicha ko‘pgina buyruqlar bilan tasdiqlangan unifika­- t­siyalangan shakllar ishlab chiqilgan.
Buyruqning sarlavha qismini rekvizitlari jumlasiga, asosiyla­ridan tashqari, qo‘shimcha ravishda matnning „haqida“ so‘ziga ega bo‘lgan sarlavhasi kiritiladi (masalan, „qaydlov haqida“, „...chora-tadbirlarini amalga oshirish haqida“).
Buyruqni rahbar imzolaydi. Buyruqni imzolash sanasi buy­ruq­­ning sanasi bo‘lib xizmat qiladi. Buyruq agar matnda uni amalga kiritishning boshqa muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, imzolangan vaqti­dan boshlab kuchga kiradi. Buyruqlarni raqamlash bir kalendar yili davomida, asosiy faoliyat va shaxsiy tarkib bo‘yicha alohida ketma-ket amalga oshiriladi. Buyruqlarning ushbu xilma-xilligini tuzulmasi ham turlicha bo‘ladi.
Asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqning matni ikki qismdan: qaydlovchi va tasarruf etuvchi qismlardan tarkib topadi. Qaydlovchi qismda tayinlanayotgan harakatlarni maqsadlari va vazifalari, buyruqni chiqarish sabablari bayon qilinadi, buyruqni tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatga izoh beriladi. Тasarrufiy qismning matnida buyruq fe’li shaklidan foydalaniladi, u alohida satrda pechat qilinadigan „Buyuraman:“ so‘zi bilan boshlanadi.
Tasarrufiy qism, odatda, bandlarga ajratiladi. Har bir band aniq bir harakatning ko‘rsatilishiga bag‘ishlanadi (masalan, „....tayin­lansin“, „...o‘tkazilsin“, „....yuborilsin„), unda ijrochilar va ijro etish muddati ko‘rsatiladi. Agar buyruq avval chiqarilgan buyruq­lar­ni va ularning alohida bandlarini to‘ldirsa, bekor qilsa yoki o‘zgartirsa, bu buyruqning matnida aytib o‘tiladi. Buyruqning tasarrufiy qismining oxirgi bandida buyruqning ijrosini nazorat qilish vazifasi zimmasiga yuklatilayotgan mansabdor shaxs ko‘r­satib o‘tiladi.
Shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqning matnida qaydlovchi qism bo‘lmaydi. Buyruqning tasarrufiy qismida harakatni bildiruvchi fe’l: „...tayinlansin“, „...o‘tkazilsin“, „....taqdim etilsin“, „...tashakkur e’lon qilinsin“ va hokazolar yozilib, unda xodimning ismi, sharifi, familiyasi, lavozimi, tuzulmaviy bo‘linma, sana ko‘rsatiladi. Shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq — buyruqni chiqarishga asos bo‘lib xizmat qilgan hujjat ko‘rsatilgan asosga ega bo‘ladi. Buyruqda qayd etib o‘tilgan shaxslar, buyruqning bitta nusxasiga qo‘l qo‘yib, u bilan tanishtirib chiqilishi lozim.Shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlardagi axborot, odatda, mehnat daftarchalarida qayd etiladi.
Joriy tezkor masalalar bo‘yicha rahbarlar buyruqlarga o‘xshab tuziladigan farmoyishlar, ko‘rsatmalar chiqarishi mumkin. Ulardagi matnning qaydlovchi qismi tasarrufiy qismdan: „...taklif etaman“, „...zimmasiga yuklayman“, „... tavsiya etaman“, „...zarur deb hisoblayman“ so‘zlari bilan ajratiladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin