Nazorat savollari.
1.Iqtisodiy jarayonlarning ko'p omilli xususiyatlari va o'zgarish qonuniyatlari nimalarda namoyon bo'ladi.
2.Ekonometrik model tuzish uchun omillarni tanlash uslubiyoti nimalardan iborat?
3.Korrelyasiya koeffisientlarining turlarini tushuntiring.
4.Xususiy korrelyasiya nima va u qanday hisoblanadi?
5.Juft korrelyasiya koeffisientlari qaysi omillar o'rtasida bog'lanishlarni ko'rsatadi?
6.Multikolleniarlik nima? Multikollinearlikni bartaraf etish usullarini tushuntirish bering.
7.Ko'p omillik korrelyasiya qanchon qo'llaniladi?
8.Ko'p omilli determinasiya koeffisienti nimani ifodalaydi?
9.Ko'p omilli ekonometrik (regression) modelni xususiyatlari nimalardan iborat?
10.“Eng kichik kvadratlar” usuli yordamida ko'p omilli ekonometrik modelning koeffisientlarini qanday hisoblanadi?
11.Ekonometrik model parametrlarini iqtisodiy tahlilini tushuntirib bering.
12.Elastiklik koeffisientlarining iqtisodiy mohiyati nimalardan iborat va ular qanday hisoblanadi?
6-mavzu. Ekonometrik modellarni baholash
Reja:
1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikasiya bosqichining ahamiyati.
2. Ekonometrik modellar sifati va ahamiyatini mezonlar bo'yicha baholash.
3. Gomoskedatlik va geteroskedatlikni aniqlash uchun testlar.
4. Ekonometrik modellardagi parametrlarni iqtisodiy jihatdan baholash mezonlar
Nazorat savollari.
1.Avtokorrelyasiya qachon vujudga keladi?
2.Avtokorrelyasiyani necha xil usul yordamida bartaraf etish mumkin?
3.Ekonometrik modelni real o'rganilayotgan jarayonga mos kelishini qaysi mezon yordamida aniqlash mumkin?
4.Ekonometrik modeldagi parametrlardan birortasi ishonchsiz bo'lsa, uni nima qiilish mumkin?
5.Darbin-Uotson mezoni qiymati qaysi oraliqda o'zgaradi?
7-mavzu. Vaqtli qatorlar
Reja:
1. Vaqtli qatorlar to'g'risida umumiy tushunchalar.
2. Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi.
3. Vaqtli qatorlarni tekislash usullari.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning vaqt davomida o'zgarishi dinamika deb, shu jarayonni ta'riflovchi ko'rsatkichlar qatori esa vaqtli qatorlari deb yuritiladi.
Hodisalarning vaqt davomida o'zgarishini ta'riflovchi statistik ko'rsatkichlar qatori vaqtli qator deb yuritiladi.
Vaqtli qatorlar ikki elementdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar, ikkinchisi - ularga tegishli ko'rsatkichlar.
Vaqtli qatorlar uzoq muddatli tendensiya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal o'zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy o'zgarishlarni o'zida mujassamlashtirishi mumkin.
Vaqtli qatorlar quyidagilar bilan xarakterlanadi:
uzoq muddatli harakat yo'nalishi, ya'ni umumiy asriy tendensiya;
qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o'zgarishlar;
ayrim yillarga tegishli tebranishlar;
mavsumiy to'lqinlar;
kon'yunkturaviy tebranishlar
Vaqtli qatorlar tahlilida hisoblanadigan ko'rsatkichlar:
Dostları ilə paylaş: |