Ta
rt
ib n
o
m
eri
Ins
trukt
a
j
o
lg
a
n
sha
x
sni
n
g
fa
m
il
iy
a
si
,
is
m
i
o
ta
si
ni
n
g
is
m
i
Si
nf
Sa
n
a
Ins
tr
ukt
a
jn
ing
m
a
zm
uni
Ins
trukt
a
j
o
`tk
a
zg
a
n
sha
x
sni
n
g
F
.I.
sh
Ins
trukt
a
j
o
`tk
a
zg
a
n
sha
x
sni
n
g
i
m
zo
si
Es
la
tm
a
Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta`minlashga qaratilgan chora – tadbirlar
ishlab chiqishga;
- Hayot o`chun xavf bo`lgan ish yoki mashg`ulotlarni to`xtatib qo`yib, bu
haqda
maktab direktoriga aytishga;
- Ruy bergan har bir baxtsiz hodisa to`g`risida darhol maktab direktorini
xabardor qilishga;
- O`z vazifalarini bajarmasliklari oqibatida sadir bo`lgan baxtsiz
hodisalar uchun javob berishga majburlar.
49
Bir soatlik dars konspektasi
Mavzu:
O`zgarmas tok elektr zanjirlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
Dars maqsadi:
Wquv kursi bwyicha umumiy tushuncha berish. Talabalarda
elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi, wzgarmas tok elektr zanjirlari, elektr
zanjirlarining asosiy qonunlari, elektr tokining ishi va quvvatiga oid bilimlarni
shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish
Dars turi: aralash
Ta`lim berish usullari: Ma`ruza, kwrgazmali, suhbat, “B-B-B”,
“Tushunchalar tahlili” ta`lim texnologiyalari
Ta`lim berish shakllari: Ommaviy, jamoaviy
Ta`lim berish vositalari: Komp`yuter, proektor, slaydlar
Monitoring va baholash: Og`zaki
nazorat, savol-javobli swrov
Darsning borishi:
Yangi mavzuni tushuntirish rejasi:
1.
Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi
2.
O’zgarmas tok elektr zanjirlari
3.
Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
4.
O’tkazgich qarshiligini hisoblash
5.
Elektr tokining ishi va quvvati
Elektrotexnika-elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va
magnit energiyalarining hosil bwlish va wzgarish qonuniyatlarini wrganadigan fan
va texnika sohasidir.
Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi
Elektrotexnika tarixi wz ildizlari bilan qadim zamonlarga kirib ketgan. U
musbat va manfiy zaryadlangan elektr zarrachalar va ohangrabo temirlar
(magnitlar) xususiyatlarini wrganishdan boshlangan. Ammo shunga qaramay, XIX
asrning boshlariga qadar, 300-400 yil mobaynida, hech kim elektr va magnit
hodisalarini bir-biri bilan chambarchas bog`langanligini aytib berolmagan. Aynan
50
elektr va magnit hodisalari yagona tabiatli elektromagnit maydonining ikki turli,
ikki tomonli xususiyati ekanligi isbotlanganidan keyin elektrotexnika qudratli
texnika sohasiga ay Birinchi izlanishlar - elektr va magnit hodisalarini
wrganishdagi dastlabki yutuqlar sababchilari sifatida ingliz fizigi U.Gil`bert (1544-
1603 y.,), rus olimlari M.V. Lomonosov (1711-1765 y.) va F. Enipus (1724-1802
y.), frantsuz fizigi Sh.Kulon (1736-1806 y.) va boshqalarni kwrsatish wrinlidir.
Ular tufayli insoniyat hayoti bilan chambarchas bog`langan tabiatning vujudi twla-
twkis elektromagnit hodisalardan iboratligi isbotlandi. Qolaversa, bu olimlar
ochgan qonun-qoidalar hozirgi zamonaviy fundamental fanlarga ham asos bwldi.
1735 yilda Sh.Kulon har qanday ikkita q
1
va q
2
elektrlangan zarrachalar
(zaryadlar) wrtasida elektr maydon kuchlari hosil bwlishini isbotlab, ular
wrtasidagi wzaro tortishish (yoki itarilish) kuchi shu zaryadlarning massalariga
twg`ri proportsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari
proportsionalligini kwrsatib berdi. Undan tashqari Kulon elektr zaryadlarini tok
wtkazgichlarining faqat sirtidagina joylashishini aytib berdi. Magnit momenti va
zaryadlarning qutblanishi twg`risidagi ma`lumotlarni ham ushbu olim qoldirgan.
1820 yilda Daniyalik fizik X.Ersted (1777-1851 y.) harakatdagi zaryad (yoki
elektr toki) wz atrofida magnit maydoni hosil qilishini isbotladi: bu hodisa elektr
va magnit maydonlarining wzaro bog`langan holatda vujudga kelishini tajribada
tasdiqladi.
Xuddi wsha 1820 yilda frantsuz olimi A.Amper (1775-1836 y.) dumaloq
g`altak (solenoid) atrofida, wzgarmas tok wtishi natijasida, hosil bwlgan magnit
maydoni tabiiy temir magnitlarining maydonidan farq qilmasligini kwrsatdi.
Demak wzgarmas magnitlar maydoni ham ular tarkibidagi molekulyar toklar
oqimi natijasida vujudga keladi deb xulosa qildi olim. Shunisi qiziqarliki, er
magnetizmi twg`risidagi zamonaviy nazariyalar ham er atrofidagi magnit
maydonini er yuzidagi toklar bilan bog`laydi.
Keyingi wta muhim kashfiyot - 1831 yilda topilgan elektromagnit induktsiya
hodisasi, ya`ni magnit maydonida harakat qilayotgan wtkazgich sim chekkalarida
elektr yurituvchi kuch hosil bwlishi hisoblanadi. Bu fizikaviy fundamental qonunni
51
yaratgan ingliz olimi M.Faradey (1791-1867 y.) yana bir bor magnit va elektr
hodisalari bir-biridan ajralgan holatda mavjud bwla olmasligini isbotladi.
1833 yilda rus olimi E.X.Lents (1804-1865 y.) elektr toki hosil qilgan
magnit maydoni kompas milini harakatlantirishi va magnit maydonida harakatda
bwlgan wtkazgichda e.yu.k. hosil bwlishi qonuniyatlariga yagona elektromagnit va
wzaro teskari jarayonlar deb baho berdi. Ammo shu bilan birga bu izlanishlar
X.Ersted va M.Faradey yaratgan qonunlarning bir-biriga bog`liqligini namoyish
etgan.
Elektr manbalari yaratishda va ular energiyasining iste`mol qilinishi, boshqa
turli energiyalarga aylanishi nazariyasini ishlab chiqishda yana bir guruh olimlar
faol ijod qilganlar. Bular ichida: ital`yan fizigi A.Vol`ta (1745-1824 y.) wzining
kashfiyoti bilan dunyoda birinchi elektr kimyoviy generator yaratgan (1799 y.); rus
akademigi V.V. Petrov (1761- 1834 y.) tarixda birinchi bwlib (1822 y.) elektr yoy
kashf etgan; nemis fizigi G.S. Om (1787-1854 y.) elektr tokining kuchini zanjir
qarshiligi bilan bog`lagan (Om konuni - 1826 y.); nemis olimi G.R. Kirxgof
(1824-1887 y.) wz vatandoshi G.S. Omning gal`vanik elektr zanjirlariga
bag`ishlagan nazariyasini muvaffaqiyat bilan davom ettirib, 1847 yilda wzining
mashhur “I va II Kirxgof qonunlari” ni yaratdi. Natijada XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab elektrotexnika ham nazariy, ham amaliy jihatdan juda rivojlanib
ketdi. Evropaning deyarli xamma yirik davlatlarida (Frantsiya, Angliya,
Germaniya, Rossiya, Italiya va x.k.) sanoat energetikasi oyoqqa tura boshladi:
elektr mashinalar, transformatorlar, elektr uzatuvchi liniyalar va boshqa energetika
texnikasi yaratilishi avj oldi. Shu bilan bir qatorda elektr aloqa texnikasi (telegraf,
telefon va x.k.) va avtomatika elementlari paydo bwla boshladi.
Elektrotexnika nazariyasi esa yildan-yilga boyib bordi va nihoyat buyuk
ingliz olimi J.K. Maksvell (1831-1879 y.) bu fanning twla-twkis g`alaba
qozonishiga asosiy sababchi bwldi. M.Faradey asoslagan elektromagnetizmga
tegishli porloq g`oyalar J.Maksvell ijrosida yangi kuchli sifatlarga ega bwldi.
Natijada tabiatning boshqa sohalariga ham elektromagnit qiyofa berildi; shu
jumladan yorug`lik tarqalishi qonuniyatlariga ham elektromagnit sayqal berildi.
52
Xullas, kwp yillar mobaynida har xil ilmiy ywnalishlarda twplanib qolgan talay
muammolar Maksvell nazariyalari yordamida echila boshladi. Fizika tarixida
birinchi marta ”Elektromagnit maydoni fazoning shunday bir qismiki, u wzini va
wz ichiga olgan moddalarni (narsalarni) elektrlangan yoki magnitlangan holatda
ushlab turadi“ - deb xulosaga kelindi. J.Maksvellning mashxur bwlgan twrtta
differentsial tenglamasi elektrodinamika fanining yanada rivojlanishiga asos bwldi.
Chuqur tushunchalar berib twxtalmaganda, bu tenglamalar tegishlicha: Gauss
teoremasi, elektromagnit induktsiya hodisasi, magnit kuch chiziqlari uzluksizligi
va twla tok qonunlarini differentsial kwrinishda aks ettiradi.
J.Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlarida buyuk olimlar Genrix Gerts (1857-1894 y.), P.N.Lebedev
(1866-1912 y.), A.S.Popov (1859-1906 y.) tomonidan amaliy tasdiqlanib,
elektromagnit twlqinlar (radio twlqinlari) hisobiga elektrotexnika, radio va
televidenie vujudga kelishiga sababchi bwldi.
Elektrotexnikaning rivojlanishi XX asrning boshlarida fan va texnikaning
yirik va amaliy soxalarini kashf qilish bilan nishonlandi. Elektr energiyasini
ishlab chiqarishda katta-katta elektrogeneratorlar, uni masofaga uzatishda esa yirik
va yuqori kuchlanishli transformatorlar kashf etildi. Elektr yuritgichlar (motorlar)
zavod va fabrikalarda bug` mashinalarining wrnini egalladi va sekin-asta
transportda elektor yuritma vazifasini ham bajara boshladi. Bu esa
elektrotexnikadan ”elektr mashina va transformatorlar“, ”elektr yuritma“, ”korxona
va shaxarlarni elektrlashtirish“, ”elektr stantsiyalar, elektr tarmoqlar va sistemalar“
kabi yangi ywnalishlar ajralib chiqib, ularning mustaqil fan sohalariga aylanishiga
olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |