Nazorat savollari.
1.Qanday sabablarga asosan asinxron mashinaning cho‘lg‘amlari keltiriladi?
2.Rotor cho‘lg‘ami keltirilgandan so‘ng uning qanday parametrlari o‘zgaradi?
3.Rotor cho‘lg‘amining ekvivalent qarshiligi nimalarga bog‘liq?
4. Rotor cho‘lg‘amidagi quvvat isroflarini sanab bering.
5. Rotor va stator cho‘lg‘amlaridagi magnit oqimlar qanday chastotada aylanadi?
Tavsiya etilgan adabiyotlar.
A.I. Voldek. « Elektricheskie mashinы». Energiya, 1974. betlar 491-502
U.Ibrohimov. « Elektr mashinalari » O‘qituvchi. 1972. betlar 115-116
Kamolov N.K. Ma’ruza matnlari. Farg‘ona 2004 yil. 21-26 betlar
ASINXRON MAShINANING KUChLANISh TENGLAMASI, ALMAShTIRISh
SXEMALARI, ENERGETIK VA VEKTOR DIAGRAMMALARI
Reja:
1. Cho‘lg‘amlari keltirilmagan va keltirilgan asinxron mashinaning kuchlanish tenglamasi
2. Asinxron mashinaning ekvivalent sxemasi
3. Asinxron mashinaning energetik va vektor diagrammalari.
Tayanch so‘z va iboralar :
Kuchlanish tenglama, keltirish koeffitsienti, tarqalish iduktivligi, konturning to‘la qarshiligi, energetik diagramma, vektor diagramma, reaktiv quvvat, aktiv qarshilik, bosh induktiv qarshilik, o‘zaroinduksiya induktivligi, ekvivalent sxema, magnitlovchi kontur, T ko‘rinishidagi, F ko‘rinishidagi, quvvat isroflari, magnitlovchi tok, mexanik quvvat, quvvat koeffitsienti, reaktiv va aktiv quvvat, qisqa tutashgan rotorli
Cho‘lg‘amlari keltirilmagan va keltirilgan asinxron
mashinaning kuchlanishlar tenglamasi
Rotori aylanayotgan uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron mashinaning bitta fazasi uchun kuchlanish tenglamasini yozamiz. Tenglamani tuzishda stator va rotordagi quvvat isroflarini hisobga olmaymiz. Rotor qisqa tutashtirilgan bo‘lganligi uchun cho‘lg‘amlari keltirilmagan asinxron mashinaning kuchlanishlar tenglamasi
1=r1 1+jx1 1+jx1 1+jx21 2 (9.1)
O=r2 2+jx2 2+jx2 2+jx12 1
Bu yerda 1, r1, 1, x1 – birlamchi va r2, I2, x2 lar ikkilamchi cho‘lg‘amlarning kuchlanishi, toki, aktiv va induktiv qarshiliklari.
O‘tgan mavzuda aytib o‘tilganlarga asosan rotor cho‘lg‘amini stator cho‘lg‘amiga keltirish uchun keltirish koeffitsientlarini qo‘llab, tarqalish induktiv qarshiliklarini hisobga olib keltirilgan asinxron mashinaning cho‘lgamlari kuchlanishlar tenglamalarini quyidagicha yozishimiz mumkin.
1=r1 1+jx1 1+jx1 ( 1+ 2 ) (9.2)
O=r/s 2+jx2 2+jx1( 1+ 2 )
Bu ifodadagi x2 ikkilamchi cho‘lg‘amning tarqalish induktivligining barcha tashkil etuvchilarini o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |