Mavzuning maqsad va vazifalari: Maktab kimyo kursida Element
atomlarida elektronlarning energetik pog`onalar va pog`onachalarga taqsimlanishi
mavzusini o`qitish metodikasi mavzusini o'qitishda tarbiyaning turli shakllaridan
va tasavvur qilish va bilishni shakllantirish, milliy mafkura g'oyasi shakllangan
komil insonni tarbiyalashdir.
Ta'lim muassasalarining dars jarayonida o'quvchi-yoshlarda vatanparvarlik,
ma'naviy-axloqiy, estetik, jismoniy, ekologikva mehnat tarbiyasi elementlarini
shakllantirish.
Tabiiy fanlarni o'qitishdan maqsad shaxsni umuinsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash, aqliy, jismoniy faoliyat imkoniyatlarini ko'paytirish, ularga tabiat va
jamiat qonunlarini, ular o'rtasidagi bog'liqlik va ziddiyatlarni, tashqi olamdagi
to'xtovsiz evolyutsion jarayonlarni o'rgatish, yig'ilgan bilimlarni avloddan- avlodga
ko'chirishdan iborat.
|