1.2. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o`quv yurtlarida kimyo
fanini davlat ta’lim standartlari asosida o`qitilishi.
Kimyo fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'quvchiga qiziqarli, sodda,
ravon til bilan oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich o'rgatib borishda
har bir o'qituvchi o'ziga xos usullardan foydalanishi kerak. Qo'llanmalarda umumiy
o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari talablariga binoan tuzilgan umumiy o'rta
ta'lim maktablarining ish rejasi vahar bir darsning asosiy bosqichlari qisacha bay
on qilingan. Darsning maqsad va vazifalari asosida mavzular yakuni bo'yicha
amaliy mashg'ulotlar, masalalar yechish, test sinovlari, nazorat ishlari orqali
o'quvchilar bilimlarini aniqlashga e'tibor qaratildi.
Kimyo ta'limi standartidagi "O'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga
quyiladigan minimal talablar" o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi shart bo'lgan
ko'rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o'quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni
bajara oladigan ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlarini ta'minlash va ularning
sifatini anilashga imkon beradi. Belgilangan ko'rsatkich talablar kimyo ta'limining
asosiy sifatlarini baholashda o'lchov bo'lib xizmat qiladi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyodan davlat ta'lim standartida
keltirilgan ko'rsatkich va talablar maktab kimyo ta'limi mazmunini to'liq qamrab
oladi va o'zaro bog'lanuvchi uch yo'nalishga bo'linadi: Anorganik kimyoning
nazariy tushunchalari Organik kimyoning rivojlanishi va moddalar tuzilish
nazariyasi Anorganik va organik kimyoning o'zaro genetik bog'lanishi.
O'quvchilarni bilim va ko'nikmalarini oshirishda kimyo darslarida interfaol,
muzyorar, aqliy hujum, klaster kabi usullarning ahamiyati juda katta. Biz quyida
dars usullaridan bir nechtasini keltirdik:
Dostları ilə paylaş: |