Element atomlarida elektronlarning energetikpog`onalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini o`qitish metodikasi


 1. ATOM TUZILISHI HAQIDA KLASSIK VA ZAMONAVIY



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix02.01.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#46709
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
element atomlarida elektronlarning energetik pogonalar va pogonachalarga taqsimlanishi mavzusini oqitish metodikasi (1)

2. 1. ATOM TUZILISHI HAQIDA KLASSIK VA ZAMONAVIY 

TA’LIMOT 

Atom  murakkab  sistema  bo`lib,  mikroolam  qonunlariga  buysunadigan, 

harakatdagi zarrachadir.  

Atom-kimyoviy  elementning  kichik  zarrachasi  bo`lib,  o`zida  elementning 

ma'lum xossalarini mujassamlashtirgan  bo`ladi. Atom erkin yoki birikma xolatida 

bo`ladi.  

XX  asr  boshlarigacha  atom  moddaning  oxirgi  bo`linish  darajasi  deb  kelindi. 

Bunday  tasavvurlarning  bir  tomonlama  va  cheklanmaganligini  ayrim  olimlar 

tushunar  edi.  Masalan  XIX  asrning  boshida  Moskva  Davlat  universitetining 

professori G. M. Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida manfiy va 

musbat elektr zaryadi ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surdi. Ulug` rus olimi A. M. 

Butlerov 1886 yilda quyidagicha yozgan edi: "Hozirgi vaqtda ba'zi elementlarning 

"atomlar" deb ataladigan zarrachalari, asl mohiyati bilan aytganda, balki kimyoviy 

yo`l  bilan  bo`linish  xususiyatiga  egadir,  ya'ni  ular  o`z  tabiati  jihatidan 

bo`linmaydigan zarrachalar bo`lmay, balki hozirgi bizga ma'lum bo`lgan vositalar 

bilangina ajratib bo`lmaydigan zarrachalardir. 

XX  asr  boshida  katod  nurlarining  tabiatini  fotoeffekt  va  termoemissiya, 

elektroliz,  radioaktivlikni  o`rganish  va  boshqa  ishlar  bilan  atom  tuzilishining 

murakkab, diskret tuzilganligi isbotlandi.  

Atomning ichki tuzilishini bir-biridan massalari, ulchamlari, zaryadi, yashash 

vaqti  bilan  farq  qiladigan  mayda  zarrachalar  tashkil  qiladi.  Bu  zarrachalar 

elementar  zarrachalar  deyiladi.  Hozirgi  vaqtda  bunday  zarrachalardan  200  ga 

yaqini ma'lum.  

Katod  nurlari.  Atomning  murakkabligini  tasdiqlovchi  dastlabki  tajriba 

ma'lumotini  1879  yilda,  siyraklashtirilgan  gazlarda  elektr  razryadi  hosil  bo`lish 

hodisasini tekshirish natijasida qo`lga kiritildi. Agar ichidagi havosi surib olingan 

shisha  nayning  bir  uchiga  katod,  ikkinchi  uchiga  anod  kavsharlanib  unga  yuqori 

chastotali  tok  ulansa,  katoddan  nur  tarqala  boshlaydi.  Bu  nurlar  katod  nurlari 



 

10 


deyiladi.  Elektr  va  magnit  maydonida  bu  nurlar  dastlabki  yo`nalishdan  musbat 

qutbga ogadi (1-rasm).  

Bu  esa  ularning  manfiy  zaryadlanganligini  ko`rsatadi.  Katod  nurlari  katta 

tezlik  bilan  harakat  qilayotgan  manfiy  zarrachalar  oqimidir.  Bu  zarrachalar 

keyinchalik elektronlar deb ataldi.  

 

 




Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin