Elektron elementar zarracha bo`lib, u ye-Har fi bilan belgilanadi. Uning
Rentgen nurlari. 1895 yilda nemis olimi Rentgen shishaning katod nurlari
ostida shu'lalanishini tekshirar ekan, nurlanishning yangi turini -X- nurlarni kashf
magnit maydonida o`z yo`nalishini o`zgartirmaydi, demak, ular elektroneytral
zarrachalardir. Rentgen nurlarining asosiy xossalaridan biri - karton, yog`och, mato
va inson organizmidan, yengil metall plastinkalardan o`tib ketadi. Ular faqat og`ir
Element atomlarining tashqi valent pog`onachalaridagi elektronlar ishtirokida
Unda energiyaning kvantlanishi, mikrozarrachalar (atom, elektronlar) harakatining
to`lqin xususiyatiga ega bo`lishi va ularda elektronlarning yadroga nisbatan
11
Energiya (E)ning kvantlanish xususiyati 1900 yilda M. Plank tomonidan
ta’riflandi va 1905 yilda A. Eynshteyn uni asoslab berdi. Energiyaning bir jismdan
ikkinchisiga uzatilishi, yutilishi, tarqalishi uzlukli (diskret) xolda, ayrim-ayrim
kvantlar ishtirokida yuz beradi. Mikrozarrachalar energiyasi ham kvantlardan
tashkil topgan.
Mikrozarrachalarning kvant energiyasi to`lqin tabiatli bo`lgani uchun
elektromagnit to`lqin chastotasi (υ) bilan quyidagicha bog`langan:
E = hυ
bu erda h — Plank doimiysi (h=6. 626
.
10
-34
J
.
s). Bu tenglikka binoan
mikrozarracha tarkatayotgan yoki yutayotgan nur chastotasi qanchalik katta bo`lsa,
kvant energiyasi ham shuncha katta bo`ladi. Har qanday elektromagnit nurlanish
(yorug`liq γ, rentgen nurlari)ning diffraksiyasi ularning to`lqin tabiatli ekanligini
tasdiqdaydi. Shu bilan birga elektromagnit to`lqin fotonlar oqimidan iborat.
Boshqacha aytganda, har qanday mikrozarracha harakati to`lqinsimondir. Lui de
Broyl (1924 yil) taklifiga binoan massasi m, harakat tezligi v bo`lgan
mikrozarrachaning to`lqin uzunligi λ quyidagicha ifodalanadi:
mv
h
V. Geyzenbergning noaniqlik prinsipiga binoan mikrozarrachaning ayni
vaqtda fazodagi urnini va uning tezligini aniq topish mumkin emas, yoki
boshqacha aytganda, zarracha xolati aniq topilganda ham uning tezligini
aniqlashda yo`l quyilgan xato kattalashadi va aksincha. Кvant mexaniqasining
asosiy xolatlari (energiyaning kvantlanishi, mikrozarrachaning to`lqin tabiatga ega
bo`lishi, ular tezligini va fazodagi xolatini bir vaqtning uzida juda aniq topib
bulmasligi) asosida elektron yadro atrofidagi fazoning ma’lum xajmida bo`lish
extimolligi to`g`risida fikr yuritish mumkin.
Elektron harakati to`lqin xususiyatiga ega bo`lganligi sababli kvant mexaniqasi
uning harakatini to`lqin funksiyasi ψ yordamida ifodalaydi. Fazoning turli
nuqtalarida bu funksiya turli qiymatlarni qabul qiladi. Bu funksiyaning kvadrati -
12
ψ
2
atom yadrosi atrofidagi fazoning ma’lum qismida elektron bo`lish extimolligini
aks ettiradi.
Elektron yadro atrofidagi fazoni bir tekisda ishg`ol etmaydi, yadroga yaqin
masofada elektron bulutining zichligi kam, ma’lum masofagacha elektron bulut
zichligi maksimal qiymatgacha ortib boradi (fazoning bu qismlarida elektronning
bo`lish extimolligi 1 ga intiladi), masofa ortib borishi bilan elektron bulut zichligi
yana kamaya boradi. l-rasmda vodorod atomida yagona elektron uzoq vaqt
davomida bo`lgan xolatlari nuqtalar orqali (bulut) va 2-rasmda 1s-, 2s- va 3s-
orbitallarda ψ
2
dv ning yadro oraliq masofasi ortib borishi bilan bog`lanishi aks
ettirilgan.
Har safar atom orbitallarining shaklini bulut zichligi sifatida ifodalash noqulay
bo`lganligi sababli, bulut yuzasini uzluksiz chiziq (orbita) bilan ifodalash qabul
qilingan.