93
va epitelial hujayralardan tashkil topgan surtma yoki periferik qon
leykotsitlari preparati m a’lum bo ‘yoqlar bilan (atsetorsein, lak-
moid) b o ‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi.
Jinsiy xromatin
tanachalarini kamida 100 ta hujayralarda sanab,
xromosoma
to ‘plamida X xromosoma sonini aniqlash mumkin. Tajribada tas-
diqlangan Layon gipotezasiga asosan to ‘plamda 2
ta X xromosoma
b o ‘lsa, ulardan bin (tasodifan) reduplikatsiyadan orqada qoladi va
giperpiknoz holida bo ‘lib jinsiy xromatin tanachasini hosil qiladi.
Bu holat embrional rivojlanishning 16
sutkasidan boshlab kuza-
tiladi, uning asosida 2 ta xromosomadan birini inaktivatsiyalanishi
natijasida “genlar dozasi kompensatsiyalanishi” sindromi yotadi.
Yirik X xromosomada 3000
tagacha genlar mavjud, kichik Y xro
mosomada esa 230 tagacha genlar bo ‘ladi shuning uchun ham 2 ta
X xromosomasi bo‘lgani uchun ayollarda faol holatdagi genlar miq
dori erkaklardagiga nisbatan ikki baravar ortiq bo‘lmasligini ta ’min-
lash uchun ayollarda 2 ta X xromosomadan bittasining nofaol
holatiga o‘tishini ta ’minlovchi mexanizm paydo bo‘lgan.
Faqat
urg‘ochi jinsiy bezlarning o ‘zak hujayralaridagina 2 ta faol X xro
mosoma bo ‘ladi. Agar X xromosomalar soni 2 dan ortiq bo‘lsa,
(ya’ni XXX yoki boshqa variantlar) jinsiy xromatin tanachalari soni
ham ortadi, chunki hamma shunday holatlarda faqat I xromosoma
faol bo‘ladi.
Shunday qilib, jinsiy xromatin soniga qarab X xromo
somalar sonini aniqlash mumkin: X xromosomalar soni n+1 ga tent
(bunda n jinsiy xromatin tanachalari soni).
Bu usul yordamida odamning jinsini genetik jihatdan tez
aniqlash (ekspress usul) mumkin (masalan,
interseksual holatidagi
bola tug‘ilganda). Shuningdek, bu usul yordamida X xromosoma
lar sonining o‘zgarishiga bog‘liq
kasalliklarga
Dostları ilə paylaş: