90
Genetika
Xromosomalarni bir-biridan ajratish uchun morfometriya usuli
qo‘llaniladi, qancha mikrometrligi aniqlanadi, kalta elkaning uzun
elkaga nisbati (sentromera indeksi) aniqlanadi. Xromosomalarni
o‘rganishda 1960-yilda taklif qilingan xalqaro Denver tasnifidan
foydalaniladi. Bu tasnifning asosida xromosomalar o‘lchovini va
birlamchi belbog‘ning joylanishini aniqlash yotadi.
Bu tasnifga ko‘ra odam autosomalari yetti gruppaga bo ‘linadi
va lotin harflari (A, B, C, D, E, F, G) bilan ifodalanadi. Hamma
xromosomalar o‘z tartib nomeriga ega
(16-jadval).
Jinsiy xoromo-
somalar yirik X va kichik Y xromosomalardan tashkil topgan.
Keyingi vaqtlarda xromosomalar tasnifining yangi prinsiplari
ishlab chiqildi. Xromosomalarga maxsus usulda Gimza bo‘yog‘i
bilan ishlov berilganda yaxshi bo‘yalgan va b o ‘yalmagan chiziq-
lar — disklar hosil bo ‘lishi aniqlandi.
16-j a d v a l
Dostları ilə paylaş: