Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
Genetika

Genealogiya usuli
eng universal, oddiy, qulay usul bo‘lib, 
belgining bir nechta avlodda irsiylanishini aniqlashga asoslangan.
Usulni amalga oshirish bosqichlari:
1. M a’lumotlar yig‘ish.
2. Shajara (genealogik xarita) tuzish.
3. Shajarani tahlil qilish.
4. Xulosa yozish.
M a ’lumotlar t o ‘plashda
so‘rab-surishtirish, anketalar to ‘ldirish 
va shaxsiy ko‘rikdan o ‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Avlodlar shajarasini tuzishni
proband haqida m a’lumot yig‘ish- 
dan boshlanadi. Proband — avlodlar shajarasi aniqlanishi kerak 
bo‘lgan, kasal yoki sog‘ belgini tashuvchi shaxsdir. Probandning 
aka-uka yoki opa-singillari sibslar deyiladi.
Avlodlar shajarasini tuzishda
juda puxta ishlash, savollarni aniq 
va to ‘g‘ri bera bilish shifokordan katta mutaxassislik mahoratini 
talab qiladi.
Shajaraning har bir a’zosi to ‘g‘risida, uning probandga qanday


77
aloqadorligi to ‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi, keyin ularni 
grafik tarzda ifodalanadi.
Avlodlar shajarasini tuzishda quyidagi standart simvollardan 
(belgi) foydalaniladi 
(20-rasm).
Uchinchi bosqichda tuzilgan shajara batafsil tahlil qilinib 
o‘rganilayotgan belgi yoki kasallik haqida xulosa yoziladi.
Genealogiya usuli quyidagilarni aniqlashga imkon beradi:
1. Belgining irsiy yoki irsiymasligini.
2. Irsiylanish tipini.
3. Mutant genni geterozigot tashuvchilar deb shubhalangan 
shaxslarni.
4. Irsiy kasalliklarning geterogenligini (genokopiyalarni).
5. Keyingi avlod prognozini.
6. Penetrantlik va ekspressivligini.

O
A

©
Erkak
Ayol
Jinsi
noma’him
Tekshiriluvchi
belgini
saqlovchi
Majruh
bola
Tekshiriluvchi
belgini
geterozigot
tashuvchi
Mikrobelgi
Bir yoshgacha 
nobud bo‘lgan
n yoshda o‘lgan 
O'lik tug‘ilgan
A

I

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin