Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Genetika

10. Tetrasomik — bu:
A) Bitta xromosomasi 3 dan ortiq bo‘lgan organizm
B) Gomologik xromosomalardan bittasi yo‘q organizm
C) Juft gomologik xromosomalarini yo‘qotgan organizm
D) Xromosomalaridan bittasi 3 nusxada bo‘lgan organizm
E) Xromosomalaridan bittasi 4 nusxada bo‘lgan organizm
V B O B. Odam genetikasi (antropogenetika)
Odam genetikasi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini
normal va patologik belgilar irsiyatlanishining o‘ziga xosliklarini, 
kasalliklarning irsiyatga va muhit sharoitlariga bog‘liqligini inson 
populyatsiyalarida o ‘rganadigan fandir.
Odamlarda belgilar irsiylanishi masalalarini 
o ‘rganish 
mendelizm ta ’limoti vujudga kelishidan ancha oldin boshlangan 
edi. Ingliz biologi F. Galton 1865-yilda o ‘zining «Talant va xarak- 
terning irsiylanishi» asarida birinchi marta odam genetikasining 
asosiy prinsiplarini bayon qildi. F. Galton shaxsning ishchanligi
intellekti, tashqi qiyofasi kabi ko‘p xususiyatlarini genealogik, 
egizaklar, statistik ussullar bilan o‘rganish mumkin deb hisoblagan.
Odam genetikasini o ‘rganish quyidagi qiyinchiliklarga 
bog‘liqdir:
1. Insonlarda duragaylash usulini qo‘llash mumkin emas.
2. Avlodlar almashinishi juda sekin kechadi.
3. Oilada farzandlar uncha ko‘p bo‘lmaydi.
4. Insonlar kariotipi ancha murakkab, birikish guruhlari ko‘p.
Shunga qaramasdan odam genetikasini o ‘rganishning quyidagi
qulay tomonlarini ta ’kidlash mumkin:
1. Inson populyatsiyalarining ko‘p sonli ekanligi.


76
Genetika
2. Inson populyatsiyalarida genetik olimlarni qiziqtiruvchi bel- 
gilarga ega bo ‘lgan oilalarni ko‘plab uchratish mumkinligi.
3. Insonlar populyatsiyalarida m a’lum mutatsiyalarning chas- 
totalari ancha yuqori ekanligi.
4. Insonlar fiziologiyasi va biokimyosi boshqa organizmlarga 
qaraganda ancha mukammal o‘rganilganligi.
Odam genetikasini o ‘rganish usullari
Odam genetikasini o‘rganishda asosan quyidagi usullardan foy- 
dalaniladi.
1. Genealogiya
2. Egizaklar usuli
3. Sitogenetika
4. Immunogenetika
5. Biokimyoviy usul
6. Dermatoglifika
7. Populyatsion statistika usuli
8. Molekular genetika
9. Biologik modellashtirish.
20-§. Genealogiya va egizaklar usullari

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin